Viloyat hokimligining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati kotibiyati to’g’risida nizom


Download 66.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2017
Hajmi66.61 Kb.
#19121

Viloyat hokimligining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari 

faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati 

kotibiyati to’g’risida 

NIZOM 

 

I. Umumiy qoidalar 

 

 

1.  Viloyat  hokimligining  ma’muriy  masalalar, huquqni  muhofaza qilish organlari 



faoliyatini  muvofiqlashtirish,  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  yoshlar  siyosati 

kotibiyati  (keyingi  o’rinlarda  kotibiyat  deb  ataladi)  viloyat  hokimligi  boshqaruv 

apparatining  (keyingi  o’rinlarda  boshqaruv  apparati  deb  ataladi)  tarkibiy  bo’linmasi 

hisoblanib,  o’z  faoliyatida  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  O’zbekiston 

Respublikasining  “Mahalliy  davlat  hokimiyati  to’g’risida”gi  Qonuni  va  boshqa 

qonunlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qarorlariga, 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlariga, 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa 

qonun  hujjatlariga,  xalq  deputatlari  viloyat  Kengashining  va  viloyat  hokimining 

hujjatlariga,  Sirdaryo  viloyati  hokimligi  boshqaruv  apparati  to’g’risidagi  Nizomga, 

shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 

 

2.  Kotibiyat  o’z  faoliyatini  viloyat  hokimining  rahbarligida  amalga  oshiradi. 



Kotibiyat  o’z  vakolatiga  kiruvchi  masalalar  bo’yicha  viloyat  hokimining  birinchi 

o’rinbosariga bo’ysunadi. 

 

3.  Kotibiyat  o’z  faoliyatini  viloyat  hokimligining  boshqa  tarkibiy  bo’linmalari, 



davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlarining  hududiy  tuzilmalari,  tumanlar,  shaharlar 

hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 

 

 

II. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari 



 

 

4. Quyidagilar kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi: 



 

jamoat  tartibiga  rioya  etishni,  fuqarolar  xavfsizligini,  ularning  huquqlari  va 

erkinliklari  va  sog’lig’ini  muhofaza  qilishni,  huquqbuzarliklarning  oldini  olishni 

ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni 

ijtimoiy  reabilitatsiya  qilish  masalalarida  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  faoliyatini 

qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish; 

 

huquqbuzarliklar  va  jinoyatlar  sodir  etgan  shaxslar  bilan  ishlash  masalalarida 



huquqni  muhofaza  qilish  va  davlatning  boshqa  organlari  va  nodavlat  tashkilotlar  bilan 

hamkorlik qilishni ta’minlash; 

 

huquqbuzarliklarning  oldini  olish  bo’yicha  davlat  dasturlari  tayyorlanishi  va 



amalga oshirilishini ta’minlash; 

 

huquqbuzarliklarning  oldini  olish  bo’yicha  hududiy  dasturlar  ishlab  chiqilishi, 



tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash; 

 

huquqbuzarliklar  va  jinoyatchilikning  holatini  tahlil  qilish,  jinoyatchilikka  qarshi 

kurashish  va  jinoyatchilikni  qisqartirish  shakllari  va  usullarini,  shuningdek  chora-

tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish; 

 

jinoyatchilik,  terrorizm  va  diniy  ekstremizmga  qarshi  kurashishga  jamoatchilikni 



keng  jalb  etish  ishlarini  tashkil  qilish  yo’li  bilan  qonun  ustuvorligini  ta’minlash  chora-

tadbirlarini amalga oshirish; 

 

davlat  strategik  va  safarbarlik  zaxiralarini  shakllantirishni,  shu  jumladan  ularni 



to’plash,  saqlash  va  yangilab  borishni,  shuningdek  davlat  strategik  va  safarbarlik 

zaxiralaridan  belgilangan  tartibda  tezkorlik  bilan  foydalanishga  doimiy  tayyor  bo’lishni 

ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  chegaralarini  delimitatsiya,  demarkatsiya  va 



redemarkatsiya  qilish,  chegaralar  yaqinidagi  muammolarni  hal  etish,  nolegal 

migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni 

noqonuniy  olib  kirish  masalalari  bilan  bog’liq  tadbirlarni  belgilangan  tartibda  amalga 

oshirish; 

 

ommaviy  tadbirlarni  tayyorlash  va  tashkil  etish  masalalarini  muvofiqlashtirish, 



ommaviy  tadbirlarni  o’tkazishning  belgilangan  tartibiga  rioya  etish  yuzasidan  nazoratni 

ta’minlash; 

 

demokratik 



o’zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  joylarda  ijtimoiy-ma’naviy 

muhitning  barqarorligini  mustahkamlash,  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini 

oshirishda  mahalla  institutining  roli  va  ahamiyatini  kuchaytirish  chora-tadbirlarini 

amalga oshirish; 

 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  oldida  turgan,  shu  jumladan 



yoshlarni  ma’rifiy,  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalash,  kasbga  yo’naltirish,  kichik  va  xususiy 

tadbirkorlikni,  oilaviy  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  aholini  manzilli  ijtimoiy  qo’llab-

quvvatlash  va  ijtimoiy  faolligini  oshirish,  jamoatchilik  nazoratini  tashkil  etish,  tabiatni 

muhofaza  qilish,  hududlarni  obodonlashtirish  va  ko’kalamzorlashtirish,  jamiyatda 

tinchlik  va  osoyishtalikni  ta’minlash  sohasidagi  vazifalarni  samarali  bajarishga 

yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

 

demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal 



etishda  mahalla  institutining  ahamiyati  to’g’risida  aholini,  ayniqsa  yoshlarni  keng 

xabardor  qilish,  shuningdek  eng  avvalo,  kamol  topayotgan  avlodni  ma’naviy-axloqiy 

tarbiyalash,  oilaviy  qadriyatlarni  mustahkamlash,  yosh  oilalarni  qo’llab-quvvatlash, 

keksalarga  va  aholining  ijtimoiy  nochor  qatlamlariga  manzilli  yordam  berish,  ish  bilan 

ta’minlash,  odamlarning  ijtimoiy-maishiy  sharoitlarini  yaxshilash  va  hududlarni 

obodonlashtirishda  mahallalarning  faoliyatini  har  tomonlama  yoritish  bo’yicha  tizimli 

ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish; 

 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish 



bo’yicha hududiy kengashning samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga 

oshirish; 



 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 

davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda 

berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish; 

 

fuqarolar  yig’inlarining  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  shuningdek  davlat 



organlari  bilan  ijtimoiy  sheriklik  mexanizmlarini  shakllantirish  va  rivojlantirishga 

yo’naltirilgan faoliyatini takomillashtirishga ko’maklashish; 

 

O’zbekiston  “Mahalla”  xayriya  jamoat  fondining  viloyat  bo’limiga  uning 



vazifalarini  amalga  oshirishda,  shu  jumladan  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish 

organlariga  metodik,  amaliy  va  moddiy-texnik  yordam  ko’rsatish  sohalarida 

ko’maklashish; 

 

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va 



boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam 

tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari 

xodimlari malakasini oshirish o’quv kursi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash; 

 

fuqarolar  yig’inlari  raisi  va  uning  maslahatchilari  saylovlarini  tashkil  etish  va 



o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur 

hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash; 

 

fuqarolar  yig’inlari  ishlarini  tizimli  tahlil  qilish,  shu  jumladan  Fuqarolik  jamiyati 



shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  institutining  viloyat  bo’linmasi  bilan  o’zaro 

hamkorlik  qilish  imkoniyatlaridan  foydalangan  holda  fuqarolarning  o’zini  o’zi 

boshqarish  organlari  faoliyati  sohasida  qonunchilikni  va  huquqni  qo’llash  amaliyotini 

yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash; 

 

har  tomonlama  kamol  topgan,  qat’iy  e’tiqodga  va  qarashlarga  ega  bo’lgan, 



mustaqil  fikrlaydigan  yoshlarni  tarbiyalashga  yo’naltirilgan  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; 

 

yosh  avlodning  huquqiy  savodxonligini  va  ijtimoiy  faolligini  oshirishga, 



shuningdek  yoshlar  o’rtasida  nazoratsizlik  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olishga 

yo’naltirilgan ishlarni tashkil etish; 

 

yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb 



etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalarini hal qilish; 

 

iqtidorli  yoshlarni  qo’llab-quvvatlash,  ularning  intellektual  va  ijodiy  salohiyatini 



ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

 

bolalar  va  yoshlarni  sport  bilan  muntazam  shug’ullanishga  keng  jalb  etish, 



jismoniy  sog’lom  yosh  avlodni  shakllantirish,  sport  inshootlarining  moddiy-texnika 

bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni 

jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash; 

 

uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  jarayonini  tashkil  etish,  ta’lim  jarayoniga 



xalqaro  normalar  va  talablarga  javob  beradigan  ilg’or  pedagogik  va  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini,  ta’lim  standartlarini  joriy  etish  ishlarini  amalga 

oshirish,  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini  yanada  rivojlantirish  va 

mustahkamlash,  ularni  zamonaviy  o’quv  va  laboratoriya  uskunalari  bilan  jihozlash 



hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning 

faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; 

 

madaniyat  va  san’atni  rivojlantirish,  milliy  madaniy  va  ma’naviy  merosni 



ehtiyotlab asrash va ko’paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy 

ravishda  o’sib  borayotgan  intellektual,  estetik  va  madaniy  ehtiyojlarini  ta’minlash, 

yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va 

san’at  maktablarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash,  ularning  faoliyati 

samarador-ligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish. 

 

5.  Kotibiyat  o’ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi  funktsiyalarni 



amalga oshiradi: 

 

o’z  vakolatiga  kiradigan  masalalar  bo’yicha  axborotlarni  to’plash  va 



umumlashtirish; 

 

tegishli  tarmoqlarda  va  hududlarda  ishlarning  ahvolini  o’rganish  hamda  viloyat 



hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash; 

 

tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish 



dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish; 

 

O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 



palatalarining  qarorlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti-ning  hujjatlari  va 

topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari 

va  topshiriqlari,  shuningdek  xalq  deputatlari  viloyat  Kengashi  va  viloyat  hokimining 

hujjatlari ijrosini nazorat qilish; 

 

tegishli tarmoq va sohalar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi 



va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash; 

 

viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma 



materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash; 

 

viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va 



ularni  ishlab  chiqish,  ular  yuzasidan  zarur  tahliliy  va  ma’lumotnoma  materiallar 

tayyorlash; 

 

viloyat  hokimi  va  tegishli  o’rinbosar  tomonidan  o’tkaziladigan  yig’ilishlarga 



materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish; 

 

o’ziga  yuklangan  vazifalarga  muvofiq  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvining 



mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 

 

viloyat  hokimi  va  tegishli  o’rinbosar  boshchilik  qiladigan  tegishli  komissiyalar, 



kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul 

qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 

 

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan 



masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini 

nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish. 

Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga 

muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi. 



 

 

III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi 

 

 

6. Kotibiyat  o’ziga  yuklangan vazifalar  va  funktsiyalarni  bajarish  uchun quyidagi 



huquqlarga ega: 

 

o’ziga  yuklangan  vazifalar  va  funktsiyalarni  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan 



materiallar  va  ma’lumotlarni  boshqaruv  apparatining  boshqa  tarkibiy  bo’linmalaridan, 

davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlarining  hududiy  tuzilmalaridan,  tumanlar,  shaharlar 

hokimliklaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish; 

 

boshqaruv  apparati,  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlarining  hududiy 



tuzilmalari,  tumanlar,  shaharlar  hokimliklari,  boshqa  organlar  va  tashkilotlar  rahbarlari 

(vakillari) ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish; 

 

viloyat hokimining  (tegishli o’rinbosarning) topshirig’iga binoan davlat organlari, 



xo’jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari va 

yig’ilishlarida qatnashish; 

 

zarurat  bo’lganda  viloyat  hokimligida  ko’rib  chiqiladigan  masalalarni  ishlab 



chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari va boshqa 

tashkilotlarning rahbarlari (vakillarini) belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda 

ishchi guruhlar tashkil etish. 

 

Kotibiyatning  zarur  materiallar,  ma’lumotlar,  shuningdek  boshqa  hujjatlar  taqdim 



etish  bo’yicha  talablari  boshqaruv  apparatining  tarkibiy  bo’linmalari,  davlat  va  xo’jalik 

boshqaruvi  organlarining  hududiy  tuzilmalari,  tumanlar,  shaharlar  hokimliklari 

tomonidan kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi zarur. 

 

7. Kotibiyat: 



 

o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; 

O’zbekiston  Respublikasi  qonunlarining,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

qarorlari  va  boshqa  hujjatlarining,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmonlari, 

qarorlari  va  farmoyishlarining,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari,  farmoyishlari, 

topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun; 

viloyat hokimligiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab 

chiqishning tashkil etilishi uchun; 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

1999 

yil  


12  yanvardagi  “Ijro  intizomini  mustahkamlash  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  12-son 

qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun; 

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari  qonunchilikda  belgilangan  tartibda 

va muddatlarda ko’rib chiqilishi uchun javob beradi. 

 

IV. Kotibiyatning tuzilmasi 

 

 



8. 

Kotibiyatning 

tuzilmasiga 

kotibiyat 

mudiri, 

bosh, 


etakchi 

va  


I-toifali mutaxassislar kiradi. 

 

9. Kotibiyat mudiri va mutaxassislari hokimning birinchi o’rinbosari taqdimnomasi 

bo’yicha hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 

 

10.  Ma’muriy  masalalar,  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  faoliyatini 



muvofiqlashtirish,  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  yoshlar  siyosati  kotibiyati 

to’g’risidagi  nizom  va  kotibiyat  mudirining  funktsional  vazifalari  viloyat  hokimi 

tomonidan,  kotibiyat  xodimlarining  funktsional  vazifalari  viloyat  hokimining  birinchi 

o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 

 

V. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish 

 

 



11.  Kotibiyat  ishlari  O’zbekiston  Respublikasining  “Mahalliy  davlat  hokimiyati 

to’g’risida”gi  Qonuni  va  boshqa  qonunlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari 

va  farmoyishlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va 

farmoyishlariga,  viloyat  hokimining  qarorlari  va  topshiriqlariga,  Sirdaryo  viloyati 

hokimligi  boshqaruv  apparati  to’g’risidagi  Nizomga,  ushbu  Nizomga,  boshqaruv 

apparatida  amalda  bo’lgan  ichki  mehnat  tartibi  qoidalariga,  boshqaruv  apparatida  ish 

yuritish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq yarim yillik ish rejalar asosida tashkil etiladi. 

 

Kotibiyatning  yarim  yillik  ish  rejalari  belgilangan  tartibda  viloyat  hokimi 



tomonidan tasdiqlanadi. 

 

12. Kotibiyat mudiri: 



 

kotibiyatga  bevosita  rahbarlikni  amalga  oshiradi,  kotibiyat  mutaxassislari  ishini 

tashkil qiladi hamda kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi, ijro 

intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi; 

 

viloyat  hokimligiga  kiritilgan  kotibiyat  mutasaddilik  qiladigan  sohaga  kiruvchi 



masalalar  bo’yicha  hujjatlar  loyihalarini  va  boshqa  hujjatlarni  ko’rib  chiqadi,  mazkur 

loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi; 

 

viloyat  hokimligining  majlislarida,  viloyat  hokimi  va  uning  birinchi  o’rinbosari 



tomonidan  o’tkaziladigan  yig’ilishlarda,  tegishli  komissiyalar,  kengashlar  va  tashkiliy 

qo’mitalar majlislarida qatnashadi; 

 

kotibiyat mutaxassislari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 



 

viloyat  hokimligining  boshqaruv  apparatida  amalda  bo’lgan  Yo’riqnomaga 

muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi; 

 

vakolati doirasida chiqadigan xat-xabarlarni imzolaydi; 



 

kotibiyat  ishlarini  takomillashtirish,  mutaxassislarning  ish  malakasini  oshirish 

chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 

 

kotibiyat mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning 



malakasini  oshirish,  ularni  rag’batlantirish  hamda  ularga  tanbeh  berish  to’g’risidagi 

takliflarni viloyat hokimining birinchi o’rinbosariga taqdim etadi. 

 

13. Kotibiyat mudiri vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning vazifasini kotibiyat bosh 



mutaxassisi bajaradi. 

14. Kotibiyatning bosh, etakchi va I-toifali mutaxassislari: 

funktsional  vazifalarga  muvofiq  takliflar  va  hujjatlar  loyihalarining  sifatli  ishlab 

chiqilishi,  ishonchliligi  va  o’z  vaqtida  tayyorlanishi  hamda  funktsional  vazifalarga 

muvofiq  topshiriqlar  va  qabul  qilingan  hujjatlarning  bajarilishi  yuzasidan  nazoratning 

ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; 

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni 

va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallarni va 

ekspert  takliflarni  tayyorlaydi,  shuningdek  ularning  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi; 

materiallar  va  hujjatlar  loyihalari  to’g’risida  kotibiyat  mudiriga,  shuningdek 

belgilangan tartibda hokimning birinchi o’rinbosariga axborot beradi; 

qabul  qilingan  hujjatlar  bo’yicha  nazorat  rejasini  yoki  tashkiliy  chora-tadbirlarni 

ishlab  chiqadi  va  belgilangan  tartibda  tasdiqlash  uchun  kiritadi,  tegishli  tarmoqlar  va 

sohalar  bo’yicha  -  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  palatalarining  qarorlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  hujjatlari  va 

topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari 

va  topshiriqlari,  xalq  deputatlari  viloyat  Kengashi  va  hokimning  hujjatlari  bajarilishini 

tahlil qiladi; 

tegishli  funktsional  masalalar  va  hujjatlar  bo’yicha  tizimlashtirilgan  ma’lumotlar 

bazasi  shakllantirilishi  va  yuritilishini,  uning  muntazam  ravishda  yangilanishini  tashkil 

etadi;  

hokim  va  (yoki)  uning  birinchi  o’rinbosari  tomonidan  o’tkaziladigan  majlislarda, 

shu  jumladan  har  haftalik  apparat  yig’ilishlarida  va  o’ziga  biriktirilgan  masalalar 

bo’yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi; 

Ushbu  nizomga  va  funktsional  vazifalarga  muvofiq  boshqa  funktsiyalarni  amalga 

oshiradi. 



 

Download 66.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling