Viloyat iib boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro


 Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1437892
1   2   3   4   5   6   7
2. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha 
qayta koʻrish yuzasidan ish yuritishni tahlil qiling. Fikringizni amaliy misollar 
asosida bayon qiling. 
Sud o‘zi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu 
bobda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha 
qayta ko‘rishi mumkin. Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy 
kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu hal qiluv 
qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta ko‘riladi. Yangi ochilgan holatlar 


bo‘yicha apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki 
yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta ko‘rish sud hujjati 
o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga 
oshiriladi.
5
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha 
qayta ko‘rish uchun asoslar quyidagilardan iborat: 
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum 
bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar; 
2) ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, guvohning bila turib 
yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilinganligi sudning 
qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa va ular mazkur ish bo‘yicha 
qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa; 
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning 
mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, 
ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari; 
4) ma’muriy sudning yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari 
bo‘yicha sudning yoki iqtisodiy sudning mazkur ish bo‘yicha sud hujjatini qabul 
qilishga asos bo‘lgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor 
qilinganligi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha 
qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini 
qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan 
kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. 
Arizaga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda 
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova 
qilinadi. 
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan 
shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos 
bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan 
bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud 
tomonidan tiklanishi mumkin. 
5
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeks, 268-modda 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling