Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sho’rlanishga o’ta moyil yerlar bo’lib, ular doimo sug’orish va zax qochirish melioratsiyasiga muhtoj hudud hisoblanadi


Agar, amashlab ekishda bug’doy-paxta 1:2:1:2:1:2 sxemada joylashti-rilishi lozim bo’lsa, uning rotatsion jadvali quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi


Download 196.03 Kb.
bet3/14
Sana19.06.2023
Hajmi196.03 Kb.
#1603220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sh

Agar, amashlab ekishda bug’doy-paxta 1:2:1:2:1:2 sxemada joylashti-rilishi lozim bo’lsa, uning rotatsion jadvali quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
Almashlab ekishdagi yetishtirilayotgan ekindan oldin ekilgan ekin o’tmishdosh hisoblanadi. Masalan, bug’doydan keyin g’o’za ekilsa, bug’doy, g’o’za uchun o’tmishdosh bo’ladi. Ekinlarni yetishtirishda qo’llanilgan agrotexnik tadbirlar tuproqning unumdorligiga, agrofizik xossalariga va mikroorganizmlar faoliyatiga ta’sir etadi. Bu keyin ekiladigan ekinning o’sishi va rivojlanishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda o’tmishdosh ekinlarni tanlashda, ya’ni almashlab ekishni tashkil etishda ekinlarning biologik xususiyatlariga, ularga moslashgan begona o’tlar, zararkunandalar va kasalliklarga e’tibor qilish lozim.
1-jadval
1:2:1:2:1:2 tizimdagi bug’doy-paxta almashlab ekishning rotatsion jadvali

D a l a l a r




I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX




2001

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

2002

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

2003

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

2004

Bug’

G’1

G2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

2005

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

2006

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

2007

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

2008

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

2009

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

G’2

Bug’

G’1

Eslatma: G’1-g’o’za birinchi yili
Bug’ - Bug’doy
O’tmishdosh ekinlarni ta’sir etish xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: qator oralari ishlanadigan ekinlar; qator oralari ishlanmaydigan ekinlar; dukkakli don ekinlari; kuzgi don va bahorgi don ekinlari; bir yillik o’tlar; ko’p yillik o’tlar.
Qishloq xo’jaligi fani va amaliyoti bitta oilaga kiruvchi o’simliklar bir-biriga yaxshi o’tmishdosh bo’la olmasliligini aniqlagan.
Sug’oriladigan yerlarda beda o’tmishdosh sifatida katta ahamiyatga ega. Beda ildizidagi tugunak bakteriyalar biologik azot to’playdi. Uch yillik beda gektariga 300-500 kg gacha azot to’plashi mumkin..
Bedapoya haydalgandan keyin beda ildizlari chirib gumus miqdorini oshiradi. Chirindining ko’payishi tuproq strukturasini yaxshilaydi. Vilt, gommoz, o’rgimchakkanadan zararlangan paxta dalalarida beda, makkajo’xori, bug’doy kabi ekinlar ekilsa bu zararli organizmlar ma’lum darajada yo’qoladi. G’alla ekinlari ekilgan dalalarga g’o’za ekilsa qorakuya, zang kasalliklari yo’qoladi. Agar, beda, sabzi, kartosh-ka, pomidor kabi ekinlar ekilgan dalalarda zarpechak ko’payib ketsa ularning o’rniga makkajo’xori, g’o’za, jo’xori kabi ekinlar ekilsa ular zarpechakdan zararlanmaydi. Vertisillyoz zamburug’i keltirib chiqaradigan vilt kasalligiga qarshi kurashda ham almashlab ekishning ahamiyati katta.
O’tmishdoshlarni tanlashda to’g’ri yondoshish kerak, ya’ni bir yil ekiladigan ekin va uni yetishtirishda o’tkaziladigan tadbirlar kelasi yili ekiladigan ekin uchun yaxshi sharoit yaratsin.
4.Almashlab ekishni klassifikatsiyalash uchun ularning bir-biridan farq qiluvchi belgilari asos qilib olingan:
yetishtiriladigan mahsulotning asosiy turi (don, texnika ekinlari, yem-xashak, sabzavot va hokozo);
biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyasi va tuproq unumdorligiga ta’sir etishi bo’yicha ekinlar guruhining nisbati (yoppasiga ekiladigan g’alla va texnika ekinlari, ko’p yillik o’tlar, dukkakli don ekinlari, qator oralari ishlanadigan ekinlar va toza shudgor).
Birinchi belgilari bo’yicha almashlab ekish 3 ta turga ajratilgan-dala, yem-xashak va maxsus almashlab ekishlar. Bu uchta tur o’z ichiga har xil almashlab ekishlarni oladi. Ular ikkinchi belgilariga qarab aniqlanadi. Dala almashlab ekishda maydonning yarmidan ko’prog’iga don, paxta, kartoshka va boshqa texnika ekinlari ekiladi. Almashlab ekish tovar mahsulotining turiga qarab xillarga bo’linadi va asosiy ekinlar nomi bilan ataladi. Masalan: beda-paxta, beda-makkajo’xori-paxta, beda-sholi va h.k.
Yem-xashak almashlab ekishda maydonning yarmidan ko’prog’iga yem-xashak ekinlari ekiladi. Yem-xashak almashlab ekish ferma oldi va pichanzor yaylov almashlab ekishga bo’linadi.
2-jadval
Almashlab ekish klassifikatsiyasi.

Almashlab ekish turlari

Almashlab ekish xillari.

1.Dala almashlab ekish.

Don-shudgor. Don-shudgor-qator oralari ishla-nadigan ekinlar.
Don-o’t.
Don-qator oralari ishlanadigan ekinlar. Don-o’t-qator oralari ishlanadigan ekinlar.
Qator oralari ishlanadigan ekinlar.
O’t-qatororalari ishlanadigan ekinlar.Siderat-lar.

II Yem-xashak al-mashlab ekish
1) ferma oldi.
2) pichan-yaylov




III Maxsus almash-lab ekish

Don-o’t-qator oralari ishlanadigan ekinlar. Qator oralari ishlanadigan ekinlar.
O’t-dalali, (ko’p o’t dalali) shu jumladan tup-roqni himoya qiladigan ekinlar.
Don-o’t, qator oralari ishlanadigan, shu jumladan sabzavot, sabzavot – yem-xashak, sholi, poliz, tamaki, don-qator oralari ishlanadigan tuproqni himoya qiladigan.

Maxsus almashlab ekish yetishtirish uchun maxsus sharoit va agrotexnika talab qiladigan ekinlar uchun joriy etiladi. Bularga sabzavot, poliz ekinlari, sholi, tamaki va boshqalar kiradi.
Dala almashlab ekish. Ko’p dalali dala ekinlarini almashlab ekish rotatsiyasini bir-biri bilan bog’langan alohida qismlardan iborat deb qarash mumkin. Almashlab ekishning alohida qismida 2-3 ta har xil ekin navbatlanishi mumkin. Bu qismlar yaxshi o’tmishdoshlarni ekishdan boshlanishi lozim.
O’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishda tuproq xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan bo’g’in bu ko’p yillik o’tlar ekilgan dala hisobanadi.Beda-paxta almashlab ekish asosan 2 ta ekinni o’z ichiga oladi..
Agar beda bitta dalada 3 yil, paxta 6 yil ekilsa almashlab ekish sxemasi 3:6 raqami bilan belgilanadi. Beda 2 yil, g’o’za 3 yil, makkajo’xori 1 yil, yana g’o’za 2 yil ekilsa almashlab ekish 2:3:1:2 raqami bilan belgilanadi.
Chiqarilgan dalali almashlab ekish. Bu turdagi almashlab ekishni yem-xashak ekinlariga ajratilgan almashlab ekishda chegaralangan kattalikdagi maydonda joriy qilinadi. Shunindek, beda-paxta almashlab ekish tizimida ham meliorativ yoki chiqarilgan dalani qo’llash mumkin. Masalan 10 dalali almashlab ekishda bitta dalaga beda ekiladi, qolgan to’qqizta dalaga 1:2:1:2:1:2 sxemada bug’doy va paxta ekiladi. Beda uch yildan keyin haydalib almashlab ekishga qo’shiladi. Uning o’rniga hosildorligi pasaygan bitta dala almashlab ekishdan chiqaziladi.


Download 196.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling