Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sho’rlanishga o’ta moyil yerlar bo’lib, ular doimo sug’orish va zax qochirish melioratsiyasiga muhtoj hudud hisoblanadi


Download 196.03 Kb.
bet11/14
Sana19.06.2023
Hajmi196.03 Kb.
#1603220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Viloyatning Markaziy Farg’ona hududlarida tarqalgan tuproqlar sh

Fuzarioz. Fuzarioz nihol kasalliklariga xos hamma alomatlarni yuzaga chiqaradi, ildiz va poya to‘qimalarida dog‘lar rivojlanishiga, ularning ichki qismlari qo‘ng‘ir tusga kirib, chirishiga olib keladi. Nihol unib chiqqandan so‘ng, poyasining tuproq yuzasiga yaqin bo‘lgan qismida qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusli nekrotik dog‘lar paydo bo‘ladi, poyaning o‘sha joylari noziklashadi, halqasimon yara rivojlanadi va oqibatda, nihol nobud bo‘ladi. Bu kasalliklarni Fusarium monileforme, F.oxysporum, F. roseum va boshqa Fusarium turlari qo‘zg‘atadi (Nil,1956; Davis va b.q.,1981). G‘o‘za rizosferasidan 9 ta Fusarium turlari ajratib olingan va ular o‘rta va ingichka tolali navlarni zararlay olishi ko‘rsatib berilgan (Fayziyev,1980).
Fuzarioz kasalliklari g‘o‘za nihollarining dalada unib chiqishidan oldin va so‘ng nobud bo‘lishining bosh sababchilaridan biri deb hisoblanadi (Davis va b.q.,1981). Ularning kuchli rivojlanishiga g‘o‘za nihollari uchun ob-havo noqulay (past harorat, yuqori namlik) bo‘lishi, har xil stress omillar (o‘simliklarda boshqa kasalliklar ham mavjudligi, oziqa moddalari yetishmasligi, mexanik shikastlanishlar, pestitsidlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi va h.k.,) sabab bo‘ladi. Nihollar zararlangandan so‘ng harorat ko‘tarilsa ham fuzarioz rivojlanishini davom ettiraveradi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lardan bir turi, F.oxysporum, g‘o‘zada fuzarioz so‘lishning sababchichidir. Bu zamburug‘ O‘zbekistonda ko‘p uchraydi, masalan Surxondaryo viloyatida g‘o‘za maydonlarining 85 foizi zararlangan. Natijada dalada tuproq kuchli zararlangan joylarda ingichka tolali g‘o‘za nihollari 80-85 foizgacha nobud bo‘lgan (Karimov,1976).
O‘rta tolali g‘o‘za navlari nihollarining fuzarioz ta’sirida ko‘plab nobud bo‘lishi Andijon viloyatining Marhamat tumanida 1978 yilda kuzatilgan (Matveyev,1984). Xuddi shunday ahvol 1980 yillardan boshlab, deyarli barcha boshqa viloyatlarda ham kuzatilmoqda va O‘zbekistonda o‘rta tolali g‘o‘za nihollarining eng keng tarqalgan va xavfli kasalligiga aylanganligi xabar qilinmoqda (Alimuhamedov,1989; Karimov,1989; Kravsova, 1989, Haydarov,1989; Ishmuhamedov,1989).

Download 196.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling