Vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud
Download 166.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Uzumchilik - Vikipediya
vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud. Uzumlarni yig'ish Uzumlarni yig'ish 20 ta eng yaxshi uzum ishlab chiqaruvchilari (2015) Uzumchilik bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda ham koʻpgina mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Po ugaliya (252 ming ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga), Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi. Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7,4 mln.ga, oʻ acha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999-yilda 60,7 mln. t dan koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi. Oʻ a Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda Uzumchilik uzok, tarixga ega. Mil. av. 4- asrlarda ham tok ekilgani maʼlum. Uzok, yillar davomida Oʻ a Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻ a Osiyoning deyarli barcha dehqonlik mintaqalarida, ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqada o vohalarida koʻp ekilgan. Lekin moʻgʻullar istilosi davrida bogdorchilik tanazzulga yuz tutgan. Uzumchilik faqat 15-asrga kelib qayta rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda Uzumchilikning rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik jamiyatining Turkiston boʻlimi muhim rol oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy sharoitga moye keladigan eng yaxshi navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli navlarni boshqa mintaqalar (Qrim, Moldova, Zakavkazye)dan olib kelish ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va vinochilik qoʻmitasi tashkil etildi. Qoʻmita uzumchilik va vinochilikni_ ilmiy asosda rivojlantirish (kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash), uning agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan shugullandi. 20-asr boshlarida Oʻzbekiston hududida 30,6 ming ga tokzor bor edi. 20- yillarning 2yarmidan ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va uzumchilik davlat xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog va togʻ etaklari mintakalarida ham bu tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillardan 2500— 3000 ga bog va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi. Uzumchilik sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948-yilda tashkil etilgan hozirgi Bogʻdorchshshk, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va Uzumchilikning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning Samarqand lialida 100 ga maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida hamda uning viloyatlardagi liallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik instituti Oʻ a Osiyo lialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarqand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi. Bu ishlarda akademik M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va boshqa uzumshunos olimlarning, R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi. Hozirgi Oʻzbekiston Uzumchilikda 120 ming ga tokzor mavjud. Uning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Su onda o, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming ga, oʻ acha hosildorligi 63,1 s/g (2003). Respublikada Uzumchilik maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon bozori talablariga moye maxsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmokda. Uzumchilik yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu yoʻnalishda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi kabi soha tashkilotlari katta ishlarni amalga oshirmokdalar. 2) Tokning biologik xususiyatlari va oʻstirish usullarini oʻrganadigan fan (oʻsimlikshunoslikning boʻlimi). Toshkent viloyati. Parkent tumanidagi Zarkent shirkat xoʻjaligi uzumzorlari. Umumiy va xususiy Uzumchilik ka boʻlinadi. Umumiy Uzumchilik — tok biologiyasi, ekologiyasi, agrotexnikasini oʻrganadi; xususiy Uzumchilik — turli tuproqiklim sharoitida, i.ch. yoʻnalishiga qarab, tok agrotexnikasini ishlab chiqadi; ampelogra ya, tok seleksiyasi boʻlimlaridan iborat. Vinochilik Vino-arak sanoati Ribakov A. A., Gorbach V. I. vab., Oʻzbekiston uzumchiligi, T., 1969; Djavakyans Yu. M., Gorbach V. I., Vinograd Uzbekistana, T., 2001. Yana q. Adabiyot Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada O ʻ zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) ma ʼ lumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Uzumchilik&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Bu sahifa oxirgi ma a 4-Sentabr 2022, 19 57 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). "https://uz.wikipedia.org/w/index. php? title=Uzumchilik&oldid=2861559" dan olindi Download 166.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling