Virgil van dijk faoliyati haqida


Download 20.95 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi20.95 Kb.
#165846
Bog'liq
1-Amaliy ish





VIRGIL VAN DIJK faoliyati haqida

Virgil Van Dijk 1991-yil 8-iyulda Gollandiyaning Breda shahrida tug`ilgan. Ismining Gollandcha talaffuzi Van Dayk Gollandiyalik futbolchi markaziy himoyachi hozirda Angliyaning Liverpul futbolchisi va Gollandiya terma jamoasi sardori hisoblanadi. Uning otasi Ron Van Dijk televizor ustasi bo`lgan. Ron Van Dijk o`g`lini futbol jamosiga qo`shib mashg`ulotlar va uchrashuvlarga olib borgan.Onasi asli Surinamdan bo`lgan Xellen Fo Siu harbiy politsiyada xizmat qilgan. V.V.Dijk ning ukasi Jordan va singlisi Jenifer bor. Uning ota-onasi Virgil 12-yoshligida ajrashishgan ukalari onasi bilan qolgan va otasi bilan barcha aloqalarini uzishgan. Virjil klubdagi karerasini 2011-yilda Groningen klubida boshladi.Shu klubda o`zing profisional futbolchi sifatidagi dastlabgi gollarini kiritdi.2013-yilda Virgil SHotlandiyaning Seltik klubi bilan 2.6 mln yevro miqdoridagi 4 yillik shartnoma imzoladi.U o`zing Seltikdagi debyut golini 2013-yil 9-noyabr kuni Seltik Park stsdionida Ross County jamoasi darvozani ishg`ol qildi.Seltikdagi o`zining ajoyib o`yinlaridan keyin oradan 2 yil o`tib Angliya Primer ligasida Ronald Kuman qo`l ostidagi Southampton jomasi Vigil Van Dijk 13 million yevroga sotib oladi.O`zing yangi klubiga ham yaxshi kirishib ketgan Virgil 2016-yil 11-sentabrda Swansea City jamoasiga qarshi o`yinda Southamptondagi debyut golini urishga erishdi. 2016-2017-yillardagi muvaffaqiyaqli o`yinlardan keyin Virgilga Mersissaydning Liverpul jamoasi o`z safiga qo`shib olish niyatida unga rasmiy taklif bilan murojat qilishadi. Virgilning o`zi ham klubidan ketish niyatida ekanni aytib o`zini trasferga qo`yishini klub rahbarlardan so`raydi. 2017 yil 27-dekabrda Virgil qishgi trasferlar oynasi ochilishi bilan Liverpul jamoasiga 75 million yevro evaziga o`tishi haqida kelishib oladi. 2018 yil 1 yanvarda ushbu transfer rasman amalga oshirildi.2018 yil 5 yanvar kuni Virgil Mersissayd derbisida Liverpul va Everton jamoalari bahsida o`z debyutini o`kazdi va ushbu o`yinda o`z jamoasiga muhim bo`lgan golni urishga erishdi va jamoasi 2:1 hisobida g`alabaga erishdi aynan g`alaba golini Virgil urdi.Virgil Chempionlar Ligasini atigi yarmidan o`ynayotganiga qaramasdan UEFA ramziy jamoasi tarkibiga kirgan.UEFA texnik kuzatuvchilari esa Van Dijk Liverpulga keldi va musobaqaning yuqori bosqichlarida o`z jamoasi bilan hotirjam va barqaror futbol ko`rsatdi deb fikr bildirishgan.Virgil Van Dijk UEFA chempionlar ligasi 2018 yilgi finalda Liverpul 1:3 hisobida Real Madrid jamoasiga mag`lub bo`lgan o`yinda 90 daqiqada maydonda to`p surgan.Vigil Van Dijk klub bilan bir mavsumda barcha musobaqalarda 22o`yin o`tkazdi va bir marta gol urishga erishdi. 2018 yil 20 avgust Virgil Van Dijk BBC Sport va Sky Sports tomonidan Crystal Palace ustidan Liverpul jamoasi (0:2) hisobidagi g`alaba qozongan uchrashuvda eng yaxshi o`yinchi deb topildi.2018 yil 2 dekabr kuni Liverpulning asosiy ham shahar raqibi Evertonga qarshi bahsda Virgil Van Dijk hal qiluvchi daqiqalarda sherigiga golli uzatmani amalga oshirdi Divok Origi es 90+6 daqiqada g`alaba golini kiritdi.Gollandiyalik futbolchi oxir-oqibatda PFA ning talqiniga ko`ra 2018 yil noyabr oyidagi Angliya Primer ligasida eng yaxshi futbolchi deb topildi.2019 yil 27 fevral kuni Virgil Van Dijk Watford jamoasiga qarshi (5:0) hisobdagi bahsda 2 ta gol urishga erishdi UEFA chempionlar ligasida ham Myunxenning Bavariya jamoasiga qarshi (3:1) hisobidagi g`alabada ham birinchi golni urgan. 2019 yil 28 aprelda PFA tomonidan Yilning Eng Yaxshi o`yinchisi mukofatini qo`lga kiritdi.2019 yil 1 iyun kuni UEFA CHempionlar Ligasi finalida Liverpul Tottenxem ustidan (2:0) hisobida qozonilgan g`alabadan keyin Virgil Van Dijk UEFA ning 2019-2020 yil mavsumining Eng Yaxshi O`yinchisi deb topildi.2019 yil 23 sentabr kuni FIFA ning THE BEST sovrinini ham qo`lga kiritdi.2019 yil oktabr oyida Virgil Van Dijk Oltin To`p uchun nomzodlar orasiga qo`shildi. 2019yil dekabrda bo`lib Oltin To`p taqdirlash marosimida Virgil Van Dijk Barcelona hujumchisi Lionel Messidan keying o`rinni egalladi.Yakunlangan 2019-2020 yil Angliya Primer ligasida Virgil Van Dijk va jamoasi Liverpul raqiblaridan 18 ochlik farq bilan mamlakat Chempioniga aylanishdi.Bu voqea Liverpul tarixida 30 yildan keyin yana shohsupaga qaytdi oxirgi marta Liverpul jamoasi 1990 yil mamlakat chempioni bo`lgan edi.Boshlangan 2020-2021 yilgi Angliya Primer Ligasing dastlabgi o`yinida 2020 yil 12 sentabrda bo`lgan Leeds United jamoasiga qarshi bahsda ham Virgil Van Dijk o`zini ko`rsatib gol urishga erishdi jamoasing (4:3) hisobidagi g`alabasiga o`zining munosib hissasini qo`shdi. Ammo 2020 yilning 17 oktabr kuni Liverpulning ashaddiy raqibi Everton jamoasiga qarshi (2:2) hisobida yakunlangan bahsning 6-daqiqasida Vigil Van Dijk raqib darvozaboni Jordan Pikford bilan to`qnashib ketishi oqibatida jiddiy jarohat oldi va zahiraga olindi. O`yin tugaganidan keyin shikoforlar ko`rigidan o`tgan uning o`ng oyog`i tizzasidan jiddiy jarohat olgani malum bo`ldi.Shifokorlarning tashxislariga ko`ra Vigil Van Dijk ning tuzalib o`z jamoasiga qaytishiga va yana futbol o`ynashiga 7-8 oy vaqt ketishini aytishgan uning tezroq yana maydonga qaytishiga umid qilaman.Virgil Van Dijk Gollandiya terma jamoasida ham o`z o`yinlari bilan jamoasini Lideri hisolanadi.2018-yil Gollandiya terma jamoasi bilan UEFA millatlar ligasi musobaqasida finalgacha yetib borgan ammo afsuski finalda Portugaliya terma jamoasiga (0:1) hisobida mag`lub bo`lib 2-o`rinni qo`lga kiritdi va bu muvaffaqiyati tufayli Gollandiya terma jamoasi to`g`ridan to`g`ri YEVRO-2020 musobqasiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.




Download 20.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling