Virtual o`yinlarning yoshlar ongiga tasiri
Download 102.25 Kb.
|
XALIMOVA
Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchiBu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi.
Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar bor. Bunga misol qilib Koreyada va Yevropa davlatlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib o‘tishlikni joiz,-deb topdik. Janubiy Koreyada harbiy-strategii o‘yinlar kuliga aylangan 28 yoshli yigit olamdan o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u uch kecha-kunduz davomida o‘yinxonadan chiqmagan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining sobis hamkasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani otsibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin bandasi”ni juda oson topishdi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli darhol uyga еtib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu bos’hichini oxiriga еtkazib ko‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Birok, bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan vafot etadi. Tashxisga ko‘ra, yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi bois yuzaga kelgan. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa pul ayamay sarflanadi. Masalan, “Rgojest Yentropia ” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSh dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos. Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqat- sizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “STA”, “Snayper” va “Qotil” kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalikhaqiqiy qotilga aylanishgani fikrimiz dalilidir. —2002 yili amerikalik Shon Villi ismli 21 yoshli yigit o‘zini o‘zi peshonasidan otib o‘ldirdi. Aniqlanishicha, u “EverQuest” nomli kompyuter o‘yiniga mukkasidan ketgan ekan. Uning o‘sha o‘yinda yutqazib, yig‘gan ballari va mukofotlaridan ajralganiga chidayolmay, o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi. —2004 yili Buyuk Britaniyada 17 yoshli Uorren Leblan 14 yoshli Stefan Pakirning joniga qasd qildi. Sud jarayonida ayblanuvchi “MapNipS kompyuter o‘yini ta’siriga tushib qolganini aytadi. Bu hikoyalarning barchasining tub zamirida bizlar uchun hikmat bordir. Bularning barchasidan ibratlanishimiz kerak. Internetdan ham yaxshi tomonlama foydalanishimiz kerak. Chunki, har birimiz Qiyomat kunida qilib o‘tgan yaxshi-yu yomon ishlarimizdan so‘ralurmiz. Yaxshilik ham yomonlik ham o‘zimizning qo‘limizda. “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, Illat izlaganga illatdir dunyo” Hozir vertual o‘yinlar keltirib chiqarayotgn illatlar, yoshlarni halokatga gririftor etayotgani va nobud qilayotgani haqida so‘z yuritmoqchimiz. Shuningdek, Islom dinida bunday ishlarga berilmaslik haqidagi ko‘rsatmalariga ham to‘xtalmoqchimiz. Hozirgi kunda Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni ham rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish arafasida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli albatta. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa mamlakatlarida internetga qullik hastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar ko‘paymoqda. Ma’lum qilinishiga ko‘ra, tadqiqotchi Hilmiy Xidir Soriy “internet orqali bog‘lanishning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri” mavzuida 471 kishi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, internetga mutelik oqibatida ijtimoiy va ruhiy yolg‘izlik muammosi ko‘payayotgani aniqlangan. Sarosima, tushkunlik, xavotir, farzandlarning internet bilan mashg‘ulligi sababli yosh oilalardagi kelishmovchiliklar, yoshlarning oila a’zolari bilan aloqalari beqarorlashuvi ushbu muammoning asosiy alomatlari sifatida ko‘rsatilmoqda. Bunga Ustozimiz Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” asarida keltirilgan voqiani misol qilib keltirish mumkin. Janubiy Koreyada harbiy-strategik o‘yinlar quliga aylangan 28 yoshli yigit olamdan o‘tadi. Ma’lum qilinishiga ko‘ra, u uch kun davomida o‘yinxonadan chiqmagan ekan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining sobiq haskasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani oqibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin bandasi”ni juda oson topishadi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli darhol uyiga еtib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu bosqichini oxiriga еtkazib qo‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Biroq bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan o‘ladi. Tashxisga ko‘ra, yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi sabab yuzaga kelgan edi. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual qo‘shtirnoq ichidagi mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Mana shunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa ayamay pul sarflanadi. Masalan, “Project Entropia” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSh dollari evaziga vertual orol sotib oladi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar mavjud. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos. Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “GTA”, “Snaypir”, “Qotil”va boshqa ana shular kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalik haqiqiy qotillarga aylanishgani fikrimizga yaqqol dalil bo‘ladi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez eshitib qolamiz: G‘arb mamlakatlarida maktab o‘quvchilari, o‘smir yigit-qizlar o‘z ota-onalari, o‘qituvchilari, tengdoshlari o‘limiga sabab bo‘lishmoqda. Bunday dahshatli voqealar G‘arb bolalariga vertual olam berayotgan “tarbiya”ning zaharli mevasi ekani achchiq haqiqatdir. Kompyuter o‘yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho‘ng‘ishni Islom dini qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning imon-e’tiqodi zaiflashib, shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo‘yicha ish qiladi. Oqibatda o‘zi ham halok bo‘ladi. Shunday ekan, bu haqda tafakkur qilib, aql yuritishimiz lozim. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 102.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling