Bunda «pm» qisqartmasi – «Prezidentga murojaat» tarzida talqin qilinadi.
Murojaat yuborish shakli ham o‘zgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish, pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to‘ldirish orqali yoxud Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yuborish mumkin. Virtual qabulxonaning takomillashtirilgan talqinida joriy qilingan asosiy yangiliklar esa quyidagilardan iborat:
Fuqaro virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin
Prezident virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi o‘z xohishiga ko‘ra, shaxsiy kabinet ochishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqarolik pasportida ko‘rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak. Bu – murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash (elektron guvohnoma) imkoniyati bo‘lib, katta qulaylik yaratadi.
Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan ma’lumotlarda (ism-familiya, tug‘ilgan yili, yashash manzili va hokazo) turli xatoliklar uchrab turardi. Natijada, deylik, ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelinardi. Murojaatchi bilib-bilmay o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ysa, tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi. Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami, murojaatchining to‘liq ism-sharifi, manzili, mobil telefon raqamini bazaga kiritib, izlash kerak edi. Shaxsning barcha yozishmasini bir joyda ko‘rishning iloji yo‘q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |