Virtual reallik yordamida hayot uchun xavfli kasb-hunarlar
International Conference on Developments in Education
Download 383.1 Kb. Pdf ko'rish
|
International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org 10 th July 2022 105 simsiz tasvirni uzatish uchun antenna. Ko'rish maydonining ishtirokchilariga ta'sirini o'rganish uchun ikki xil VR bosh kiyimi qo'llanildi: past ko’rish maydoni (45 gradus, HMD Sony HMZ-T1) va yuqori ko’rish maydoniga (110 gradus, Oculus Rift DK1) ega VR bosh kiyimlar. Konchilarning deyarli yarmi yuqori ko’rish maydoni bilan HMD dan foydalangan. Bunday holda, konchilar bir vaqtning o'zida real va virtual muhitda erkin harakat qilishlari mumkin, chunki ularning holati, boshi va qo'llarining holati real vaqt rejimida ko'rish tizimidan foydalangan holda hisoblab chiqilgan (harakat mashg'ulot xonasining o'lchami bilan cheklangan, taxminan 5x7 m). Shuning uchun konchilar virtual muhit bilan o'zaro munosabatda bo'lish uchun haqiqiy dunyodagi kabi harakatni bajara olishadi, obyektni ushlash uchun konchilar qo'lini harakatga keltirishi va barmoqlarini harakatga keltirishi kerak. 1-rasm: Burg’ulash jarayonining VR dagi simulyatsiyasi Yuqoridagi tajribalardan ma’lum bo’ladiki, VR texnologiyalari, agar tog’-kon sa`noatiga tadbiq etilsa, ishni xavsiz boshqarish, kasbiy salomatlik va ofatlarni simulyatsiya va vizualizatsiya qilish uchun yangi, innovatsion yechimlarni taqdim etadi. VR tizimi taqdim etadigan imkoniyatlar yordamida yer osti 3D sahnalarni vizualizaysiya qilish, xodimlarning joylashuvi, xavfsizlik monitoringi va uskunalarni boshqarish kabi jarayonlarni simulyatsiya qilish mumkin bo’ladi. Ishonamizki, ushbu tadqiqot natijalari ekstremal yer osti muhitining mumkin bo'lgan xavf-xatarlaridan qochish, ko'mir konlari ishlash xavfsizlik qoidalarini o'rgatish uchun foydali vosita bo'ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling