Virtual ta`limni boshqaruvchi tizimlarning funktsiyalari Reja
Operasion sistemaning qo’shimcha funksiyalari-
Download 76.5 Kb.
|
Amaliyot tizimlari va dasturiy ta’minotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash
- 6.Prosessor vaqti
4.Operasion sistemaning qo’shimcha funksiyalari- Berilganlarga ishlov berish, berilganlar kompyuter xotirasida turli ko’rinishda saqlanadi, bular avvaldan kelishilgan holda bo’ladi. Masalan: dastur saqlanish prinsipi bilan berilganlarni saqlashi turli bo’ladi, biron bir matn muharriri yordamida hosil qilingan ma’lumot boshqa muharrir yordamida hosil qilingan ma’lumotning ichki ko’rinishidan farq qiladi, har bir ma’lumotning ichki tuzilishi avvaldan tanlab oligan kodlash usuli yordamida xosil qilinadi, kodlar turlari va kodlash usullari turlicha ularni qanday ko’rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita sistema ijodkorlariga bog’liq.
5.Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash- kompyuterning qurilmalari normal ishlashi uchun ma’lum shart- saroitlar bajarilishi talab qilinadi, bu elektr manbayi, parametrlaru, tashqi muhit, temperaturasi va boshqalaridir, bu shart-sharoitlardan chetga chiqish kompyuter apparaturasida uzilishga yoki noto’g’ri ishlashga olib keladi. Operasion sistemada apparatura noto’g’ri ishlashi natijasida paydo bo’ladigan hatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo’lib, zaruriyat tug’ilganda sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo’lgan hatolikka ishlov beradi, bundan tashqari dasturiy resurslar noto’g’ri ishlashi natijasida hatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan foydalaniladi, bunday uslublardan biri, qo’yidagicha, operasion sistema tarkibiga mahsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so’ng tekshiriladi, shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi, agarda hosil bo’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng bo’lsa, u holda dastur to’g’ri ishlaydi yoki ishlagan talqin qilinadi. 6.Prosessor vaqti-topshiriq bajarilish uchun ketgan umumiy vaqt prosessor va kutish vaqti majmuasidan iborat bo’ladi, prosessor vaqti bevosita foydalanuvchi dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. 7.Xotirani boshqarish- operasion sistema tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi, xotira ishchi dastur bilan yuklanganda sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira ajratiladi yoki bo’lmasa topshiriqlar tilida ko’rsatilgandek joy ajratiladi shuni takidlash keraki operasion sistema asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi, uning uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish operasion sistema himoya dasturi yordamida himoyalangan. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling