Virtual xotira tushunchasining moslashishi
-rasm. Ishchi to’plam modeli
Download 0.84 Mb.
|
17-18
15-rasm.
Ishchi to’plam modeli Agar vaziyatni chuqurroq thrashing bilan tahlil qilsak, unda sahifali tashkil etish qaysi maqsadda qo’llaniladi degan savol tug'iladi. Freymlarni taqsimlashning lokal modelidan foydalanilganda, jarayon bir lokal modeldan ikkinchisiga ko’chib o'tadi. Shu bilan birga, turli xil jarayonlarning lokal modellari bir-biri bilan kesishishi mumkin. Oddiy so'zlar bilan aytganda, thrashing (siqish) asosiy xotira uchun zarur bo'lgan mahalliy jarayonning o’lchami umumiy xotira hajmidan katta bo'lganda sodir bo'ladi. Freymlarni taqsimlashda operatsion tizimlarda bunday hodisalarga qarshi kurashish uchun ishchi to'plam modeli qo'llaniladi. ΔΔ (ishchi to’plam) orqali sahifaga fiksirlangan sondagi murojaatni belgilab olamiz. WSSi-(Pi jarayonining ishchi to'plami) - eng so'nggi sahifadagi murojaatlarning umumiy soni ΔΔ (vaqtga qarab o'zgaradi). Agar ΔΔ juda kichik bo’lsa, to’liq lokal ehtiyoj hisobga olinmaydi. Agar ΔΔ juda katta bo’lsa, u holda bir nechta lokal ehtiyojni hisobga olinadi. Agar Δ=∞Δ=∞ bo’lsa, u holda to’liq dasturni ko’rib chiqish kerak bo’ladi. D=∑WSSiD=∑WSSi - barcha jarayonlarning freymlarga ehtiyojining umumiy hajmi (soni). Asosiy xotiraning o’lchami m –bo’lsin. Agar D > m bo’lsa u holda Thrashing (m – xotiraning umumiy o’lchami). OTning thrashing’ bilan kurashish siyosati shundaki, agar D > m bo’lsa, u holda jarayonlardan birini to’xtatib turish kerak bo’ladi. Ishchi to’plam va WSSi ni hisoblashga misol 16-rasmda keltirilgan. 16-rasm. Ishchi to’plamning qo’llanilishiga misol. Windows NTda ehtiyoj bo’yicha sahifali tashkil etish Windows NT OT “ehtiyoj bo’yicha” sahifali tashkil etish va klasterizatsiyani qo’llaydi, ya’ni talab qilingan sahifaga qo’shni sahifalarni xotiraga yuklash. Jarayonlarga minimal va maksimal ishchi to’plamlar ajratiladi. Minimal ishchi to’plam – bu jarayon xotirada bo’lishi kafolatlangan sahifalar to’plami. Jarayon maksimal ishchi to’plamigacha xotirada bir nechta sahifalarga ega bo'lishi mumkin. Agar tizimdagi bo'sh xotira hajmi ma'lum bir chegaradan (threshold) kam bo'lsa, u holda OT jarayonlarning ishchi to’plamini qisqartirishni (working set trimming) amalga oshiradi. Ishchi to'plamlarni qisqartirish - bu asosiy xotiradagi "ortiqcha" sahifalarni ularning ishchi to'plamlarining minimal hajmidan yuqori bo'lgan jarayonlardan olib tashlash hisoblanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling