Virusga qarshi vaksina va ularni ishlab chiqish
Vaksina — tibbiyot tarixida muhim kashfiyot
Download 340.92 Kb.
|
VIRUSGA QARSHI VAKSINA VA ULARNI ISHLAB CHIQISH
Vaksina — tibbiyot tarixida muhim kashfiyotBugun profilaktika yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi va tarqalishini oldini olishdan ogoh etuvchi eng samarali chora-tadbirlardan hisoblanadi. Maxsus profilaktika (vaktsinasiya) — bu aholi o'ziga profilaktik emlanish yo'li bilan u yoki bu infeksiyaga nisbatan qarshilik ko'rsatish demakdir. Oxirgi 40 yilda profilaktik emlanish qizamiq, difteriya, ko'k yo'tal, poliomielit, epidemik parotit, “V” gipateti, qizilcha, sil, gripp, epidemik parotit va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tekshirish instituti bosh ilmiy xodimi, professor Egamberdi ESHBOEV shu xususda so'z yuritdi: Maxsus profilaktika usullarini qo'llash tufayli asosiy yuqumli kasalliklar er yuzidan mutlaqo kamaytirildi, hatto tugatildi ham. Buning hammasi vaksinani qo'llash evaziga amalga oshirildi. Chinchechak (natural`naya ospa) izsiz yo'qotildi, shol (poliomielit), qizamiq, ko'kyo'tal, difteriya, tepki kabi kasalliklar esa minimal darajaga tushirildi. Darhaqiqat, har qanday yuqumli kasalliklarning oldini olish, ya'ni yo'lini qirqishda vaksina, immunzardob va immunoglobulinlar muhim ahamiyatga ega. Bular ichida eng salmoqlisi vaksinadir. Vaksina (lotinchada vaccine — sigir) terminini tibbiyotga birinchi bo'lib Lui Paster XIXasrda kiritgan. Umuman olganda ayniqsa Osiyo xalqalari orasida azal-azaldan, mexanizmini tushunmasalar ham, ko'pgina yuqumli kasalliklarga ilon, chayon zahriga qarshi emlash usullarini qo'llab kelishgan. Ingliz olimi e. Jenner birinchi bo'lib “tirik” vaksinani kashf etishga muvaffaq bo'lgan va undan odamlarni chinchechak kasalligidan himoya qilish uchun foydalandi. U emlash uchun qo'zg'atuvchini (sigirlar chechagi virusi) sigir sog'uvchi ayollarning qo'liga chiqqan pufakchalar ichidagi suyuqlikdan olgan. Sigir chechagi virusi odam chechagi virusi bilan bir-biriga juda o'xshash, lekin sigir chechagi virusining zaharlilik darajasi odamnikidan ancha past. Olim sigir sog'uvchi ayollarning boshqalarga nisbatan kasalikka chalinmasligini payqab qolgan, keyinroq sigir chechagi tirik viruslari bilan odamlarni emlash joriy qilingan. Lekin ular butun olomonni emlash texnikasini amalga oshirmaganlar. Odam va hayvonning yuqumli kasalliklarigi qarshi immunoprofilaktika va immunoterapiya maqsadida faol immunitet hosil qilishi uchun ishlatiladigan biologik moddalar “vaksinalar” deyiladi. Vaksinalar bir nechta muhim talablarga javob berishi, chunonchi organizm uchun zararsiz, unga yuborilganda tana haroratini oshirmasligi (apirogen), yuqori darajada immunogen, oson yo'l bilan olinadigan, uzoq vaqtgacha sifati buzilmay va emlashga qulay bo'lishi kerak. Vaksinalar maxsus tanlab olingan viruslarning yoki mikroorganizmlarning shtammlaridan tayyorlanadi. Bunday shtammlar vaksina shtammlari deyiladi. Ular boshqa shu turdagi shtammlardan avirulentligi (zahari past) va yuqor darajada immunitetligi (kuchli immunitet chaqiradi) bilan farq qiladi. Vaksina unchalik kuchli bo'lmagan viruslardan tayyorlanadi. Lekin ularning immunitet chaqirish xususiyati juda yuqori bo'lishi kerak. Bunday toifadagi viruslar maxsus oziqli muhitlarda, qulay sharoitda qayta-qayta ekib o'stiriladi va nazorat qilib boriladi. Viruslar bir necha bor qayta ekilganida ular o'zining patogenligini, ya'ni kasallik chaqirish xususiyatini yo'qotib boradi. Ammo kuchli immunitet chaqirish odatini kamaytirmasligi kerak. Virus zarrachalari laboratoriya sharoitida tovuq embirionlari (tuxum ichida), odam yoki maymun hujayra kul`turalarida ko'paytiriladi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar yoki viruslarga noqulay sharoit tug'dirilsa ularda spontan mutasiyalar (o'zgarish) boshlanadi. O'zgartirilgan mutantlar ichidan zaharliligi pasaygan (avirulent) turlari ajratib olinib, alohida ko'paytiriladi. Lekin ularning shtammlari antigenlik va immunogenlik (immunitetni uzoq vaqt saqlaydigan) xossalari saqlanib qolishi shart. Odatda laboratoriya sharoitida vaksinalarni tayyorlash unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Ammo uning kasallikning oldini olish xususiyati va immunitet chaqira olish xossasini tekshirishga uzoq vaqt talab qilinadi. Barcha sinov tajribalari avval hayvonlarda, yaxshi, zararsiz natija olinganidan so'ng ko'ngilli odamlarda sinab ko'riladi. Mikrobiologiya tarixidan ma'lumki, juda ko'p hollarda dastlabki vaksinani mualliflarning o'zi qabul qilgan. Chinchechak, taun (chuma), epidemik parotit, shol, kuydirgi, quturish, sil va tulyaremiya kasalliklariga qarshi olingan vaksinalar shu tariqa olam yuzini ko'rgan va millionlab odamlarni saqlab qolgan. Tirik vaksinalar (kuchsizlantirilgan) ijobiy tomonlari: organizmga kiritilgan vaksina tarkibidagi bakteriyalar tabiiy jarayonda rivojlanadigan bakteriyalar kabi kuchli immunitet hosil qiladi. Tirik vaksinalarni tabiiy kirish yo'lidan bir marta immunizasiya (yuborilsa) qilinsa kifoya, ular kasalikka qarshi kuchli, uzoq vaqt talab etadigan immunitet yuzaga keladi. Tirik vaksinalarning kamchiligi ham mavjud: darhaqiqat organizm uchun mutlaqo irsiy jihatdan begona bo'lgan nuklein kislota (oqsil) kiritiladi. Organizmdagi avirulent shtammlar patogenlik (zaharga ta'sir etuvchi) tomonga o'zgarishi va vaksina tarkibidagi shtammlari o'stirilayotgan, ekmalardagi begona mikroorganizmlar bilan moslashishi mumkin. Tirik vaksinalarni saqlash muddati juda qisqa. Undan tashqari immuntanqisligi bor odamlarda turli xil noxush asoratlar qoldirishi xavflidir. O'ldirilgan vaktsinalar. Yuqori darajada immunitet chaqiradigan zaharli shtammlardan tayyorlanadi. Buning uchun aburulent shtammlar tanlab olinib, fiziologik eritmada suspenziya tayyorlanadi va fizik (qizdiriladi yoki kimyoviy omillar yordamida undan o'ldirilib, undan vaksina tayyorlanadi. O'ldirilgan vaksinalar tirik vaksinalardan quyidagi xususiyati bilan ustun turadi. Turg'unligi, xavfsizligi, tez va oddiy uslubda tayyorlanishi, arzonligi, uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlarni qo'shish mumkinligidir. Salbiy tomonlari: mikroorganizmlarning to'liq o'ldirilganligini nazorat qilish qisqa va kuchsiz immunitet chaqirishi, shuning uchun qayta rivaksinatsiya qilish parenterial yo'l bilan kiritilgani bois mahalliy immunitetning rivojlanmasligi, immunozaif organizmga kiritilganida allergik reaksiyalar berishi mumkin. Anatoksinlar. Kasallikning rivojlanish mexanizmida enzotoksinlar (tashqi zaxar)ga ega mikroblar ko'paytirilib, ulardan ekzotoksinlar ajratib olinadi. Qizig'i shundaki, ekzotoksinlarga 0,3 foizli formalin qo'shilsa va 40 gradus issiqlikda termostatda 30 kun saqlansa, toksinning zaharlilik xususiyati mutlaqo yo'qoladi, ammo antigenlik va immunitetni saqlash xossasi saqlanib qolinadi. Anatoksinlar salkam yuz yildan beri bo'g'ma, qoqshol va vabo kabi kasalliklarning immunoprofilaktikasida keng ishlatilmoqda. Keyingi yillarda botulizm va anaerabinfeksiyalariga qarshi antoksinlar ishlab chiqarilmoqda. Kimyoviy vaksinalar. Bular kimyoviy usullar yordamida bakteriya va hujayralardan yuqori darajadagi immunogenlik xuususiyatiga ega bo'lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Bunda patogen mikroorganizmlarning virulent antigentlaridan foydalaniladi. Natijada vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga antigenlarni uzoq vaqt immun tizimiga ta'sir etib turish ta'minlanadi. Kimyoviy vaksinaning asta-sekin so'rilishi hisobiga, antigenlarni uzoq vaqt immun tizimiga ta'sir etib turishi ta'minlanadi. Kimyoviy vaksinalarning birmuncha afzalliklari bor. Jumladan ular uzoq muddat kiritilgan joyda saqlanadi, organizmda allergik reaksiyalar chaqirmaydi, qo'shimcha asoratlar qoldirmaydi va bir necha xil mikroblar antigenlarini birlashtirib, ulardan hamkorlikda ta'sir qiladigan vaksinalar tayyorlash mumkin. Gen injeneriyasi yo'li bilan olinadigan vaksinalar. Fanda erishilgan ko'plab yutuqlarning ahamiyati evaziga yuzaga keldi va vaksinalar ishlab chiqishning biotexnologik 4 – avlodi hisoblanadi. To'rtinchi avlod vaksinalarini olishda quyidagilarga amal qilinadi: patogent mikroorganizmlarning protektiv xossalariga javob beradigan antigeni aniqlanadi. So'ngra antigenni sintez qiluvchi “gen” ajratib olinib, odam normal mikroflorasi tarkibiga kiradigan, bakteriya genomi (masalan, ichak tayoqchasiga yoki achitqi zamburug'lari” ga biriktiriladi. Mikroorganizm ko'payishi natijasida sintez qilinadi. So'ng bu omillar alohida ajratib olinib, boshqa oqsillardan tozalanadi va vaksina sifatida ishlatiladi. Hozir achitqi zamburug'i genomiga kiritib, olingan gepatit “V” ga qarshi rekombinant vaksina dunyoda keng qo'llanilmoqda. Yuqumli kasalliklar profilaktikasida bir necha tarkibli vaksinalar ham ishlatiladi. Masalan, monovaksinalar bitta antigenga qarshi tayyorlangan bo'lib, organizmni shu antigenga xos kasallik qo'zg'atuvchisidan himoya qiladi. (Masalan, chinchechak, quturish, sil va qoqsholga qarshi), rivaksinalar ikkita antigen tutadi. (Bo'g'ma va qoqshol anatoksini). Trivaksinalar uchta antigendan tuzilgan, masalan AKDS (adsorbirovannaya koklyushno-difteriyno-stolbnyachnaya vaksina) ko'kyo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi vaksina. Assosiatsiya qilingan polivaksinalar hozirgi kunda bir muncha qulay va samarador hisoblanadi. Chunki, ular organizmda bir vaqtning o'zida bir nechta patologiyalarga qarshi immunitet hosil qiladi. Autovaksina vaksinaning o'ziga xos turi bo'lib, odamdan ajratib olingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Autovaksinalar ko'pincha stafilakokk, so'zak kasalliklarini davolashda qo'llaniladi. Vaksinalar teri ustiga, teri ostiga, mushaklar orasiga, og'iz orqali burun, tomoq shilliq qavatlariga, yuqori nafas yo'llariga immunizasiya qilinadi. Emlash yoshiga va epidemiologik holatga ko'ra o'tkaziladi. Tana harorati ko'tarilganda, og'ir yuqumli kasalliklardan so'ng, og'ir kechadigan surunkali infeksiyalarda, yurak etishmovchiligi va ba'zi a'zolar faoliyati buzilganda, homiladorlik vaqtida, ko'krak suti bilan emizayotgan paytda, allergik holatlarda, organizmda immunitet tanqisligi kuzatilganida, stress paytida emlash man etiladi. Xulosa Vaksinalarga qarshi kuchli immunitet hosil bo'lishi organizmning immun tizimiga vaksinaning tarkibi va sifatiga, to'g'ri va etarli miqdorda yubrilganiga, vaksinatsiya va reavaksinatsiya qilish orasidagi vaqtga ham bog'liq. Vaksinalarni samarali ishlatish juda ko'p yuqumli kasalliklarning oldini olgan, millionlab odamlarning hayotini saqlab qolgan. Olimlar vaksinani juda murakkab va og'ir sharoitlarda ehtiyot choralarini qo'llagan holda tayyorlashadi. Ular ba'zan o'z hayotlarini xavf ostiga qo'yishadi, hatto dastlabki ishlab chiqilgan vaksinani o'z tanasida sinab ko'rishdan ham qo'rqishmaydi. Shu jihatdan ularning mehnati e’tiborga sazovor. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati https://uz.wikipedia.org/wiki/Vaksinalar https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/node/1496 https://yuz.uz/uz/news/vaktsina--tibbiyot-tarixida-muhim-kashfiyot https://uzpharmagency.uz/index.php?/oz/news/vaksinalar-tarixi-ular-dunyoga-qanday-naf-bergan Download 340.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling