Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar


Download 467.8 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi467.8 Kb.
#1754846
  1   2
Bog'liq
Viruslar keltirib chiqaradigan


Viruslar keltirib chiqaradigan epidemiyalar neolit davrida, taxminan 12 000 yil oldin odamlar zichroq holatda kun kechiradigan qishloq xoʻjaligi jamoalari shakllana boshlagan davrda paydo boʻla boshlagan. Bunday hayot tarzi viruslarning tez tarqalishiga va keyinchalik endemik koʻrinish olishiga sabab bo'ldi. 
Oʻsimliklar va chorva hayvonlarining viruslari ham koʻpaydi. Odamlarning tirik qolish bilan bogʻliq mehnat faoliyati tufayli qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka qaram boʻlib qolishlari kartoshka potiviruslari va qoramol o'lati kabi kasalliklarning halokatli oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻldi.
Chechak va qizamiq viruslari odamlarga yuqadigan eng qadimgi virus turlaridan hisoblanadi. Ular ming yillar oldin Yevropa va Shimoliy Afrikada boshqa jonivorlardan odamlarga yuqqan.
Viruslar keyinchalik Ispaniya istilolari davrida yevropaliklar tomonidan Yangi Dunyoga olib kelingan, ammo mahalliy aholi tomonidan tabiiy qarshilik koʻrsatilmaganligi sababli millionlab odamlar epidemiyalar paytida nobud boʻlgan. 
Gripp pandemiyasi ilk bor 1580-yilda qayd etildi va keyingi asrlarda uning koʻrsatkichlari tobora yuqorilab bordi. 1918—1919-yillardagi pandemiya davrida bir yildan kamroq vaqt ichida 40—50 million kishi halok boʻldi, bu tarixdagi eng halokatli pandemiyalardan biri edi.
Louis Pasteur va Edward Jenner virusli infeksiyalardan himoya qiluvchi vaksinalarni birinchi boʻlib ishlab chiqdilar. 1930-yillarda elektron mikroskopning ixtiro qilinishi va buning natijasida virusologiya fanining jadal rivojlanguniga qadar viruslarning tabiati odamlar uchun nomaʼlum edi.
XX asrda koʻplab avvaldan maʼlum va yangi kasalliklar viruslar sababli yuzaga kelganligi aniqlandi.
Birgina poliomielit epidemiyalarini 1950-yillarda bu kasallikka qarshi vaksina ishlab chiqilgandan so'ng nazoratga olishga muvaffaq boʻlindi. OIV asrlar davomida paydo boʻlgan eng patogen yangi viruslardan biri bo'lgan.
Odatda, viruslar tufayli koʻplab kasalliklarning yuzaga kelishi olimlar tomonidan oʻrganilsa-da, koʻpchilik viruslar foydalidir. Ular turlararo genlarni tashish orqali evolyutsiyani boshqaradi, ekotizimlarda muhim rol oʻynaydi va hayot uchun zarurdir.
Soʻnggi 50 000—100 000-yillar davomida hozirgi koʻrinishdagi takomillashgan odamlar soni ortib, butun dunyo boʻylab tarqalib ketganligi sababli yangi yuqumli kasalliklar, shu jumladan, viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklar paydo boʻldi. Ilgari odamlar kichik, izolyatsiya qilingan jamoalarda yashagan va u davrlarda epidemiya kasalliklarining aksariyati mavjud emas edi.
Kishilik tarixidagi eng halokatli virusli infeksiya boʻlgan chechak birinchi marta Hindistondagi qishloq xoʻjaligi jamoalari orasida taxminan 11 000 yil oldin paydo boʻlgan.
Faqat odamlarni zararlagan virus, ehtimol, kemiruvchilarning poxviruslaridan kelib chiqqan. Odamlar kasallik tashuvchi kemiruvchilar bilan aloqa qilishgan degan taxminlar bor. Ushbu „turlar toʻsigʻi“ni kesib oʻtganda viruslarning taʼsiri jiddiy boʻlishi 6 va odamlarda tabiiy qarshilik kam boʻlishi mumkin. Zamonaviy odamlar kichik jamoalarda yashagan, infeksiyaga duchor boʻlganlar yo vafot etgan yoki kasallikka nisbatan immunitet orttirgan. Ushbu orttirilgan immunitet faqat ona sutidagi antikorlar va onaning qonidan tugʻilmagan bolaning yoʻldoshi orqali oʻtadigan boshqa antikorlar orqali avlodlarga vaqtincha oʻtgan. Shuning uchun, ehtimol, har bir avlodda sporadik epidemiyalar sodir boʻlgan. Taxminan miloddan avvalgi 9000-yillarda koʻpgina odamlar Nil daryosining unumdor tekisliklariga joylasha boshladilar, aholining zich joylashuvi natijasida sezgir odamlarning yuqori konsentratsiyasi tufayli viruslar doimiy ravishda mavjud boʻlishi mumkin edi. Odamlarning katta konsentratsiyasiga bogʻliq boʻlgan virusli kasalliklarning boshqa epidemiyalari, masalan, parotit, qizilcha va poliomielit ham birinchi marta shu vaqtda sodir boʻlgan.
Taxminan miloddan avvalgi 9500-yilda Yaqin Sharqda boshlangan neolit davri odamlar dehqonchilik bilan shugʻullangan paytlarga toʻgʻri keladi. Ushbu qishloq xoʻjaligi inqilobi monokulturaning rivojlanishi bilan kechdi va oʻsimlik viruslarining bir nechta turlari tarqalishi uchun imkoniyat yaratdi. Sobemoviruslarning divergensiyasi va tarqalishi (masalan, janubiy loviya mozaik virusi) shu vaqtdan boshlangan. Kartoshka va boshqa meva va sabzavotlarning potiviruslarining tarqalishi taxminan 6600-yillar oldin boshlangan.
10 000 yillar oldin Oʻrta yer dengizi havzasi atrofidagi yerlarda yashagan odamlar yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirishni boshladilar deb hisoblanadi. Choʻchqalar, qoramollar, echkilar, qoʻylar, otlar, tuyalar, mushuklar va itlar asirlikda saqlangan va koʻpaytirilgan. Oʻz oʻrnida, bu hayvonlar oʻzlari bilan viruslarini olib kelishgani taxmin qilinadi. Viruslar hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin, ammo bunday zoonotik infeksiyalar kamdan-kam uchraydi, shuningdek, garchi gripp kabi sezilarli istisnolar mavjud boʻlsa-da, hayvonlar viruslarining odamdan odamga yuqishi holatlari bundan ham kam kuzatiladi. Aksariyat viruslar turlarga xosdir va odamlar uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Bu viruslar odamlarga toʻliq moslashmaganligi sababli hayvonlardan yuqtirish yoʻli bilan kelib chiqadigan kamdan-kam uchraydigan virusli kasalliklar epidemiyasi qisqa muddatli boʻlgan va inson populyatsiyalari infeksiya zanjirlarini saqlab qolish uchun juda kichiklik qilgan.
Boshqa, nisbatan qadimgiroq viruslar kamroq xavf tugʻdiradi. Gerpes viruslari birinchi marta zamonaviy odamlarning ajdodlari tomonidan 80 million yil oldin yuqtirilgan. Odamlarda bu viruslarga nisbatan toqatlilik paydo boʻlgan va aksariyat kishilar gerpesning kamida bitta turi bilan kasallangan 18. Bugungi kunda mazkur yengilroq virusli infeksiyalarni qayd etish holatlari kamdan-kam uchraydi, ammo hozirgi odamlar erta gominidlar keltirib chiqaradigan shamollash, gripp va diareyadan qanday aziyat chekishsa, ilgarigi davrlarda gerpesda ham shunday aziyat chekishgan. Epidemiya va pandemiyalarni asosan yaqinda paydo boʻlgan viruslar keltirib chiqaradi.
Antik davrda

Misr stellasida poliomielit bilan kasallangan odam tasvirlangan degan taxminlar bor. 18-sulola (miloddan avvalgi 1580—1350-yillar).
Virusli infeksiyalar bilan bogʻliq eng qadimgi yozuvlar orasida 18-suloladan (miloddan avvalgi 1580—1350-yillar) boʻlgan misrlik ruhoniy tasvirlangan Misr stellasi mashhur sanalib, unda poliovirus infeksiyasiga xos boʻlgan oyoq tushishi deformatsiyasi tasvirlangan. 19-sulola hukmdori Siptahning mumiyasi ham oʻzida poliomielit belgilarini namoyon qiladi. Bundan 3000-yillar ilgali koʻmilgan Ramses V va boshqa baʼzilarning mumiyalari chechakning alomatlarini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 430-yilda Afinada yuz bergan chechak epidemiyasi armiyaning chorak qismi va shaharning koʻplab tinch aholisini qirib yuborgan. Milodiy 165—180-yillarda roʻy bergan Antonine vabosi (katta ehtimol bilan yana bir chechak pandemiyasi) Buyuk Britaniya, Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani oʻz ichiga olgan Rim imperiyasida besh millionga yaqin odamning vafotiga sabab boʻldi. Pandemiya hozirgi Iroq hududida boshlangan qoʻzgʻolonni bostirish uchun yuborilgan Rim askarlari Dajla daryosi boʻyidagi Salavkiya shahrini talon-toroj qilishi va bir vaqtning oʻzida kasallik yuqtirishidan keyin boshlanib ketgan. Ular oʻzlari bilan infeksiyani Rim va Yevropaga olib kelishdi, bu hududlarda kuniga 5000 ga yaqin kishi kasallik natijasida halok boʻldi. Tarqalish choʻqqisiga chiqqanida pandemiya Hindiston va Xitoygacha yetib bordi.
Qizamiq qadimgi kasallik hisoblanib, uni birinchi marta X asrda fors shifokori Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy (865—925-yillarda yashagan) aniqlagan. Roziy qizamiq uchun arabcha hasbah (حصبة) atamasini qoʻllagan. Shuningdek, qizamiqning boshqa koʻplab nomlari bor, lotincha rubeus — „qizil“ va morbilli — „kichik vabo“ soʻzidan olingan rubeola shular jumlasidandir. Qizamiq virusi, it kasalligi virusi va qoramol virusi oʻrtasidagi yaqin oʻxshashliklar qizamiq birinchi marta odamlarga uy hayvonlari yoki qoramollardan yuqqan degan taxminlarni keltirib chiqaradi. Qizamiq virusi XII asrga kelib oʻsha paytda keng tarqalgan qoramol virusidan butunlay ajralib chiqqani taxmin qilinadi.
Qizamiq infeksiyasidan soʻng kishida umrbod immunitet hosil boʻladi. Shu sababli virus endemik koʻrinish olishi uchun yuqori aholi zichligini talab qiladi va bu, katta ehtimol bilan, neolit davrida sodir boʻlmagan. Yaqin Sharqda paydo boʻlganidan soʻng virus miloddan avvalgi 2500-yilda Hindistongacha yetib bordi. Qizamiq oʻsha davrlarda bolalar orasida shunchalik keng tarqalgan ediki, hatto u kasallik sifatida ham tan olinmagan. Misr iyerogliflarida mazkur kasallik inson rivojlanishining normal bosqichi sifatida tasvirlangan. Virus bilan kasallangan oʻsimlikning eng qadimgi taʼriflaridan birini yapon imperatori Koken (718—770) yozgan sheʼrda topish mumkin — asarda yozda barglari sargʻaygan oʻsimlik tasvirlanadi. Keyinchalik Eupatorium lindleyanum sifatida aniqlangan oʻsimlik koʻpincha pomidorning sariq barglari jingalak virusi bilan kasallangan.

Oʻrta asrlar. Yogʻochdan ishlangan quturgan it tasviri.
Yevropa aholisining tez oʻsib borayotganligi, shaharlar va ulardagi odamlar sonining koʻpayishi koʻplab yuqumli kasalliklar, jumladan, ehtimol, eng mashhur bakterial infeksiya sanalgan qora oʻlimning tarqalishi uchun qulay zamin yaratdi. Chechak va grippdan tashqari viruslar sabab boʻlishi maʼlum boʻlgan infeksiyalarning hujjatlashtirilgan epidemiyalari kamdan-kam uchraydi. 4000 yil ilgari qayd etilgan quturma Yevropada keng tarqalgan infeksion kasalliklardan biri edi va bu holat 1886-yilda Lui Paster tomonidan vaksina ishlab chiqilgunga qadar davom etdi. Oʻrta asrlarda Yevropada oʻrtacha umr koʻrish 35 yoshni tashkil etgan; bolalarning 60 foizi 16 yoshga toʻlmasdan vafot etgan, ularning aksariyati olti yoshgacha umr koʻrgan, xolos. Shifokorlarning ozchilik qismi davo choralarini qoʻllashda oʻz cheklangan tibbiy bilimlariga va, shuningdek, astrologiyaga ham tayangan. Infeksiyalarni davolashning baʼzi usullari orasida kirpi yogʻida qovurilgan mushukdan tayyorlangan malham ham bor edi . Bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan kasalliklar orasida qizamiq, gripp va chechak kabilar maʼlum boʻlgan. Salib yurishlari va musulmonlarning istilolari Yevropada V—VII asrlarda qitʼaga kirib kelganidan keyin tez-tez uchrab turgan epidemiyalarning sababi boʻlgan chechakning tarqalishiga yordam berdi.
Qizamiq butun Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi aholi zich joylashgan mamlakatlarda epidemik ahamiyat kasb etardi 39. Angliyada oʻsha paytlar „mezils“ nomi bilan tanilgan kasallik haqidagi maʼlumotlar birinchi marta XIII asrda tilga olingan va bu, ehtimol, 526—1087-yillar oraligʻida sodir boʻlgan vabodan biri edi. Qizamiq virusi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan boshqa bir virus sabab yuzaga kelgan qoramol kasalligi Rim imperiyasi davridan beri maʼlumdir. Osiyoda paydo boʻlgan kasallikni Yevropaga birinchi marta 370-yilda bosqinchi xunlar olib kelgan. Keyinchalik Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul bosqinlari 1222, 1233 va 1238-yillarda Yevropada pandemiyalarga sabab boʻldi. Infeksiya keyinchalik qitʼadan qoramol olib kelinganidan soʻng Angliyagacha yetib bordi. Oʻsha paytda teri zararkunandalari halokatli kasallik sababchilari hisoblanib, oʻlim darajasi 80—90 foizni tashkil etar edi. Oqibatda qoramollarning qirilib ketishi ocharchilikka olib keldi.

Download 467.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling