Viruslar va antivirus dasturlari


Download 343.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana11.01.2023
Hajmi343.66 Kb.
#1087785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Viruslar va antivirus dasturlari

Qattiq diskni tekshirish  
Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish 
darkor. Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlariga 


xuddi yangidek qarash kerak. Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini 
testdan o'tkazing, shuningdek, hamma disketalarni virusdan detektor-dasturlar 
bilan tekshiring. Vinchesterni testdan o'tkazish chog'ida, albatta, yozuvdan 
saqlangan, toza sistema disketalari yordamida yuklanadi. 
Himoyalashning o'ziga xos usullari: 
Disketaning normal holati - uning yozuvdan himoyalangan holatidir. Himoya 
faqat axborotni yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat yozishdan himoyalangan 
disketalarni ishlatib, antivirus dasturlari, sistemali disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi 
uchun ehtiyot qilib saqlash joiz. 
Axborotlarni tiklash: 
Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda 
ham tiklash mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema 
dasturchilaridan yuksak mahorat talab etadi.
Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar sistemali bloklarni 
formatlash jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib ketish ehtimoli 
ham bor. 
Yuqorida aytganimizdek, dasturni saqlashning eng yaxshi yo'li - uni arxivlab 
qo'yish. Lekin shunday bo'lsa ham har ish kuni so'ngida dastur va fayllarning 
joylashishini birma-bir ko'zdan kechirish darkor.
Antivirus dasturlari 
Antivirus programmalar. 
Kompyuter viruslaridan ximoyalanish, ularni yo`q qilish va aniqlash uchun bir 
necha maxsus programmalar yaratilgan. Bunday programmalar antiviruslar deb
ataladi. Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan 
o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar 
tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi 
vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin: 


- - noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va 
boshqalar); 
- internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; 
- elektron-pochta orqali; 
- lokal tarmoq orqali; 
- noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish 
oqibatida;
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy 
ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 
1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi 
sekinlashtiradi. 
2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish 
ancha murakkab. 
3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar. 
4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 
5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i 
orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar. 
Antivirus programmalari turlarga bulinadi: 
- programma detektorlar; 
- doktor-programmalar yoki fagi
- revizor programmalar; 
- filtrlovchi programmalar; 
- vaksina yoki immunitet programmalar. 
Detektor-programmalar - Aniq virusning harakterli holatini qidiradi. Operativ 
xotira yoki fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday antiviruslarning 
kamchiligi shundaki, ular o`zlariga ma’lum bolgan virusnigina aniqlaydi. 
Doktor-programmalar yoki fagi xamda vaksina-programmalar nafaqat 
viruslarni aniqlaydi balki, davolaydi, fayldagi virus tanasini uchiradi, faylni asl 
holaticha saqlab qoladi. Doktor programmalar ko’p miqdordagi viruslarni aniqlash 
va yo`q qilish imkoniyatiga ega. Bunday programmalarga: AVP, AidsTest? Scan? 
Norton Antivirus, Doctor Web kiradi. 


Yangi viruslar paydo bo`lgan sari yuqoridagi antiviruslarning yangi 
versiyalari ishlab chiqish talab etiladi. 
Revizor programmalar - viruslardan ishonchli ximoya vositasi xisoblanadi. 
Revizorlar dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo`limi holatini kompyuter 
virusdan zararlanmasdan avval eslab qoladi. Shundan keyin, foydalanuvchining 
xoxishiga binoan oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O`zgargan holatlarni 
ekranga chiqaradi. Fayllarni holatini solishtirishda uning uzunligi, modifikastiya 
vaqti va sanasi, hamda boshqa parametrini solishtiradi. Revizor programmalar 
yetarlicha murakkab algoritmlarni xatto stels-viruslarni xam yo`q qiladi, virus 
buzib yuborgan fayllarni o`z holatiga keltiradi. Bunday antivirusga ko’p tarqalgan 
Rossiyaning Adinf programmasi misol bo`ladi. 
Filtr-programmalar yoki «tozalovchi» o`zida ko’p bo’lmagan rezident 
dasturlarni mujassamlashtiradi. Kompyuterning shubxali va virus ҳarakterno’y 
beruvchi ishini aniqlaydi. Bunday holatlarga: 
1. SOM va EXE kengaytmali fayllar tartibi bo`yicha; 
2. Fayl atributlarini o`zgarganiga qarab; 
3. Aniq manzil orqali diskka yozish bo`yicha; 
4. Diskning yuklovchi sektoriga yozish bo`yicha; 
5. Rezident programmaning yuklanishiga qarab. 
Biror bir programmaning ishlash davomida «tozalovchi» ishning ruxsat 
etilishi yoki mumkin emasligi xaqida ma’lumot beradi. Filtr-programmalar foydali 
xisoblanadi, u virusni ko’payib ulgurmasidan oldin aniqlash imkoniyatini beradi. 
Faqat ular disk va fayllarni olmaydi. Viruslarni yo`q qilish uchun boshqa 
programmalar kerak bo`ladi. 
Vaksina yoki immunitet programmalar zararlangan fayllarni davolaydi. 
Vaksinalar doktor-programmalardan yaxshiroq davolaydi. Vaksina faqat mashxur 
viruslarni aniqlaydi, bunda virus vaksinalangan fayl yoki diskni olib zararlay 
olmay qoladi. Xozirda vakstinalar kam qo`llaniladi. Zararlangan fayl va 
disklardan, ҳar bir virus tushgan kompyuterlardan uzoqroq yurish virus 
epidemiyasidan saqlanish demakdir. 

Download 343.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling