Viruslar va antivirus dasturlari


Norton AntiVirus 2.0 for Windows 95


Download 179 Kb.
bet12/17
Sana02.01.2022
Hajmi179 Kb.
#193713
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kompyuter viruslari va antiviruslar haqida ma’lumot. Mundarija

Norton AntiVirus 2.0 for Windows 95

Afzalligi viruslarni juda yaxshi aniqlaydi, ajoyib interfeys, avtomatik yangilanish. Kamchiligi: «yovvoyi» viruslarni 77 % ni yo`q qiladi. Bu dastur tez, ishonchli va sodda muloqotli bo’lib, foydalanuvchi uchun juda qulay. Mutaxassislar esa o`zlariga moslashtirib olishi mumkin.

Norton AntiVirus dasturining interfeysida Live Update funkstiyasi mavjud. Bu funkstiya Web orqali dasturni va viruslar belgilar to`plamini yangilashi mumkin Shu bilan birga viruslar bilan kurash Ustasi (Virus Repair Wizard ) aniqlangan virus haqida to`liq ma’lumot beradi xamda uni yo`q qilish usullarni tanlash imkonini beradi. Bu usullar : viruslarni avtomatik ravishda yo`q qilish ; bosqichma-bosqich yo`q qilish, bu xolda uchirish jarayonini boshqarish mumkin.

Thunder Byte AntiVirus Utilites.

Afzalligi: faylli viruslarni yaxshi aniqlaydi, tekshirishni juda qulayligi. Kamchiligi: viruslarni uchirishi qiyinroq, yangi foydalanuvchilar uchun uchirish jarayoni murakkab. Birinchi bor Karaganda, Thunder Byte AntiVirus Utilites dasturi (100 $ ) yangi virus belgilarni Web yuklash ikoniyatiga ega. Dastur chuqurroq o`rganilganda, u paketda odatdagi ba’zi bir funksiyalar yo`q , ammo bir qator yangi mukammal funksiyalarga ega. Bu dastur Windows 95 sistemasining «Provodnik» dasturiga o`xshash interfeysiga ega bo’lib, boshqa paketlarda mavjud bo’lmagan bir qator qulayliklarga ega. Tekshirishda siz aloxida disklarni , fayllarni yoki papkalarni belgilashingiz mumkin. Thunder Byte o`tkazilgan test natijalariga ko`ra yuklovchi sektordagi viruslarni 100% ni aniqlaydi, ammo ularni uchira olmaydi. Shu bilan birga dastur siqilgan fayllarni tekshirmaydi, bu esa arxivlangan fayldagi virusni aniqlanmasligiga olib keladi. Thunder Byte dasturi kompyuterda cheklangan ( koorporativ ) holatda foydali bo`lishi mumkin. Faylli viruslarni (makro - viruslardan tashqari) uchirishdan avval TBCLEAN nomli aloxida DOS utilitali disketa xosil qilish kerak. Disketadan yuklanish, tekshirish jarayonida xotiradagi virusni faollashishiga imkon kamayadi, chunki bunda zararlangan yuklovchi sektor va fayllarga murojaat bo`lmaydi.




Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling