Viruslarga qarshi vaksinalr va ularni ishlab chiqiSh Reja: Viruslar haqida umumiy ma’lumot Viruslarning keltirib chiqaradigan kasalliklari Viruslarga qarshi kurashish
Viruslarga qarshi vaksinalr va ularni ishlab chiqiSh Reja: 1. Viruslar haqida umumiy ma’lumot 2. Viruslarning keltirib chiqaradigan kasalliklari 3. Viruslarga qarshi kurashish
Vaksinalar (lot. vaccina — sigirga oid), emlashda ishlatiladigan moddalar —infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, oʻldirilgan, kimyoviy V. va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik V. (chechak, poliomiyelit, qizamiq, gripr, toun, tulyaremiya, silga qarshi V.) kasallik qoʻzgʻatish xususiyatini yoʻqotgan, biroq immunogen xossalarga ega boʻlgan, qoʻzgʻatuvchiga qarshi himoya antitelolar hosil qiladigan maxsus kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sunʼiy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik V. qoʻllanilganda immunitet barqaror boʻlib, uzoq saqlanadi.
Oʻldirilgan V. bakteriyalar va viruslarga yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, formalin, spirt yoki b. moddalar taʼsir ettirib tayyorlanadi (ich terlama, koʻkyoʻtal va b. kasalliklarga qarshi V.). Kimyoviy V. (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqshol va b. kasalliklarga karshi V.), mikroorganizmlar yoki ularning mah-sulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponentlardir.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |