Virusli gepatit A” kasalligidan ogoh bo’ling!
Download 271.08 Kb.
|
Virusli gepatit
Virusli gepatit "A” kasalligidan ogoh bo’ling! Virusli gepatit "A” – o’tkir yuqumli antropanoz kasallik bo’lib, kasallikning qo’zg’atuvchisi viruslardir. Kasallik jigar faoliyatining buzulishi va organizmda umumiy zaharlanish alomatlari bilan kechadi. Sarg’ayish belgisi bilan kechadigan kasalliklar aholiga qadimdan ma’lum bo’lib, bu kasalliklar to’g’risidagi birinchi ma’lumotlar Gippokratning ilmiy asarlarida bayon qilingan. Virusli gepatit "A” virusi o’z xususiyatlariga ko’ra enteroviruslar turiga, pikornaviruslar oilasiga mansubdir. Virusli gepatit "A” virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bo’lib, o’ziga xos yagona antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega. Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfektsiyalovchi vositalarga chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi, ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin. Virusli gepatit "A” kasalligining asosiy manbai bemor odam hisoblanadi. Bemorlar najasida antigenlarini yuqori sezgirlikdagi immunoferment analizi usullari bilan sariqlik paydo bo’lishidan 12-14 kun oldin va sariqlik paydo bo’lgach yana 3 hafta mobaynida aniqlash mumkin. Virusning eng yuqori miqdori bemor najasida yashirin davr oxiri va butun sariqlik oldi davrida kuzatiladi. Bu paytda virusni 100% bemorlarda aniqlash mumkin. Sariqlikning 1-haftasida 50%, 2-haftasida 20% va3-haftasida 5% bemorda virus aniqlanadi, 4-haftasida virusli gepatit "A”-antigeni kamdan-kam hollarda topiladi. Infektsiya manbai sifatida sariqlik oldi davridagi bemorlar hamda "A” gepatitning simptomsiz shakli bilan og’riganlar eng kata xavf tudirishadi. Download 271.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling