- Vitaminlar-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo’lib, butun organizmda moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalarni tuzilishi, funksiyasi, mikdoriy o’zgarishlarini o’rganuvchi fan vitaminologiya deyiladi.
- Moddalar va energiyani almashinuv jarayonini me’yor darajada kechishini izdan chiqishi ko’pincha vataminlarning organizmga kirib kelishini yetarli bo’lmasligi yoki umuman oziqa tarkibida bo’lmasligi bilan bog’liq.
- Vitaminning organizmga kirib kelishini umuman to’xtashi avitaminoz kasalligini, ularning yetarlicha kirib kelmasligi-gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqaradi. Odamda amaliy jihatdan kasallikning ikki xili uchraydi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim xududlarida aholi ko’pincha o’simlik mahsulotlaridan iborat bo’lgan va hamisha bir xil oziq-ovqatlarni iste’mol qiladilar. Shu sababli bu vohalarda vitaminlarning tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |