Vll bob. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli


Download 149.42 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi149.42 Kb.
#258518

Vll BOB. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI

7.1. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Milliy iqtisodiyotning asosini tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular har qanday jamiyatning hayotiy faoliyatini ta'minlab, inson ehtiyojini qondiradi va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sharoit yaratadi. Barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotda yaratilayotgan va iste'molga taklif etilayotgan ne'matlar hajmi ularga bo'lgan talabga muvofiq kelishi lozim yoki boshqacha qilib aytganda, muvozanatlik holatining quyig'dagi asosiy sharti bajarilishi kerak:

Haqiqatan sarf qilingan xarajatlar Rejalashtirilayotgan harajatlar

Rejalashtirilayotgan harajatlar (E) — bu uy xo'jaliklari, firmalar, hukumat va chet elliklar tomonidan tovar va xizmatlarni harid qilishga rejalashtirilgan mablag'lar miqdoridir (E=C+I+G+Xn).

Haqiqatan sarf qilingan harajatlar esa bu ishlab chiqarish jarayoni bilan bog' liq bo'lgan xarajatlardir. Firmalar sotish hajmi o'zgarishi munosabati bilan o'zlarining tovar-moddiy zahiralarini ko'zda tutilmagan holda ko'paytirsalar yoki kamaytirsalar haqiqatan sarf qilingan xarajatlar rejalashtiri layotgan xarajatlardan farq qilishi mumkin.

Shunday qilib, zahiralar iqtisodiyotning muvozanat holatiga intilishida muhim rol o'ynaydi. Agar firmalar iste'molchilar sotib olishni hohlaganlariga qaraganda ko'proq tovarlar ish lab chiqarishsa, bunda ular o'zlarining tovar-moddiy zahiralarini ko'paytiradi va aksincha, ishlab chiqarish iste'molchilar talabiga nisbatan kam bo'lsa, unda firmalar o' z tovar-moddiy zahiralarining bir qismini sotib yuboradi. Zahiralarning o'zgarishi ishlab chiqarish va daromad miqdorlarini bevosita o'zgarishiga olib keladi, ya'ni zahiralar qanchalik ko'proq jamlansa, ishlab chiqarish va daromad (Y) shuncha ko'p qisqaradi. Mabodo, zahiralar kamayishi ro'y berayotgan bo'lsa, unda firmalar ishlab chiqarishni kengaytirishga majbur bo'ladi va daromadlar oshib boradi. Bunday urinishlar muvozanat holati boshlanmaguncha, ya'ni daromadlar yoki haqiqatan sarf qilingan xarajatlar va rejalashlashtirilgan xarajatlar bir-biriga muvofiq kelmaguncha (Y—E) davom etaveradi.

7.2. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi



Qisqa muddatli davrdagi daromadlar va rejalashtirilayotgan xarajatlar bunday o' zaro bog'liqligining soddalashtirilgan tasviri Keyns xochi nomini Olgan (1 7chizma).

E-C+1+G+Xn

Zahiralarning jamg'arilishi

Zahiralarning kamayishi

Y (daromad, real xarajatlar)

17-chizma. Keyns xochi

Keyns xochi daromadning (Y) rej al ashtiri layotgan xarajatlarga (E—C+I+G+Xn) bog'liqligini aks ettiradi. Investitsiyalar esa bu xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Rejalashtirilayotgan investitsiyalar miqdori foiz stavkasi ya'ni investitsiya Ioyihalarini mol iyalashtirish uchun olinadigan kreditlarga sarflangan xarajatlar bilan aniqlanadi. Foiz stavkasi qancha yuqori bo'lsa, investitsiya qilishni hohlovchilar va rejalashtirilayotgan xarajatlar shuncha kam bo'ladi.

chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg'armalar tengligi saqlanadi. A

85

nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo'ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o' zaro tengligiga erishiladi. Ya'ni, makroiqtisodiy muvozanat ta'minlanadi.



Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y l) uning muvozanat darajasi(Yo)dan ko'p bo'lsa, iste'molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi. Sotilmagan mahsulotlar Tovar moddiy zahiralari ko'rinishiga ega bo'ladi. Zahiralarning o'sishi firmalarda ishlab chiqarish darajasini pasaytirishiga hamda ishsizlar sonini oshishiga Olib keladi. Buning oqibatida YalM hajmi YI dan Yo gacha kamayadi va daromad hamda rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi. O' z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Yo) kam bo' Igan vaziyatda esa, firmalar iste'molchilar talabiga nisbatan kam ishlab ko'ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YalM asta sekin Y2 dan Yo ga qarab o'sadi va va ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.

Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Yo), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste'mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o 'zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birofta omilning miqdorining o'sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig'ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga Olib keladi.



Xarajatlarni qisqarishi daromadlar darajasini tushib ketishiga Olib keladi. Shunday qilib, investitsiyalar fiłnktsiyasi va Keyns xochi asosida foiz stavkasi va daromad darajasi o'rtasidagi teskari bog'liqlik o'rnatiladi

Foiz stavkasi

18-chizma. IS egri chizig'i

86

Bunda narxlarning muvozanatli darajasi PI* dan PB * gacha pasayadi, milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y I žf dan oshadi, ya'ni iqtisodiy o'sish holati mavjud bo'ladi.



Ko'pincha shunday bo'ladiki, ham yalpi talab, ham yalpi tak lif o' zgaradi. Ikki xil o'zgarish, ya'ni yalpi talab va yalpi taklifni qarama- qarshi o'zgarishi va bir xil yo'nalishda o'zgarishi yuz berishi mumkin. Bunda qarama - qarshi o'zgarishni o'zi ikki xil bo'lishi mumkin, ya'ni yalpi talab o'sib, yalpi taklif kamayishi va aksincha yalpi taklif o'sib, yalpi talab pasayishi mumkin. Yalpi talab o'sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o'sib, milliy mahsulot miqdorini o'zgarishi esa ularni o'zgarish nisbatlariga bog'liq bo'ladi. Yalpi taklif o'sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, milliy mahsulot miqdori o'zgarishi ularning o'zgarish nisbatlariga bog'liq bo'ladi. Agar yalpi talab va yalpi taklif bir xil yo'nalishda, ya'ni biri o' ssa ikkinchisi ham o'ssa, biri pasayganda ikkinchisi ham pasaysa narx darajasi va milliy mahsulot miqdorini o'zgarishi bo'yicha aniq xulosa qilish qiyin bu ularning o'zgarish ko'lamlariga bog'liq bo'ladi.

Qisqacha xulosalar

Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli muhim ahamiyatga ega bo'lib, yalpi talab milliy iqtisodiyotdagi barcha yakuniy iste'molchilarning, ya'ni aholi korxonalar, davlat va cheł elliklarning tovar va xizmatlar sotib olishga qiladigan xarajatlarining umumiy miqdorini, yalpi takli f esa davlat va xususiy sektorning milliy iqtisodiyot darajasida sotishga takli f Cl i Igan barcha tovar va xizn-łatlarining umumiy miqdorini puldagi ifodasidir.

Yalpi talab va yalpi taklifga narx darajasiga bog'liq va unga bog'liq bo' Imagan omillar ta 'sir ko'rsatadi.

Narx darajasiga bog'liq omillar ta'sirida yalpi talab va yalpi taklifning o' zi emas, b alkir ularning hajmi o 'zgaradi, natijada yalpi talab hamda yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz bermaydi.

Narx darajasiga bog'liq bo' Imagan omillar ta'sirida yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz beradi.

65

Yalpi taklif egri chizig'ining keynsian kesmasi katta miqdordagi mehnat va moddiy resurslar foydalanilmayotgan bo' Isa, iqtisodiyot pasayish holatida ekanligidan dalolat beradi. Y alpi taklif egri chizig'ining klassik kesmasi ishlab chiqarish quvvatlaridan to' Iiq foydalanilayotgan va narxning har qanday darajasida ham ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoni bo' Imasa, Iqtisodiyotni "to' Iiq bandlik" sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy darajasi nuqtasidagi holatini ifodalaydie



AD-A S modelida yalpi talab o'sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o'sib, milliy mahsulot miqdorini o'zgarishi esa ularni o'zgarish nisbatlariga bog' Iiq bo'ladi. Y alpi taklif o'sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, mil Iiy mahsulot miqdori o'zgarishi ularning o'zgarish nisbatlariga bog' Iiq bo'ladi. Agar yalpi talab va yalpi taklif bir Xil yo'nalishda, ya'ni biri o'ssa ikl

Tayanch so'z va iboralar: yalpi talab, yalpi talabga ta' sir etuvchi omillar, foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi, import xaridlari samarasi, yalpi taklif, yalpi taklifga ta 'sir etuvchi omillar, resurslar narxining o'zgarishi, mehnat unumdorligi va texnologiya, hukumat tartibga solish vositalari, yalpi talab determinantlari, AD-A S modeli, makroiqtisodiy muvozanat.



Nazorat savollari I . Yalpi talab deganda nimani tushunasiz?

  1. Yalpi talabga qanday omillar ta 'sir ko'rsatadi?

  2. Yalpi talabga ta 'sir etuvchi narxga bog' Iiq omillarga nimalar kiradi?

  3. Yalpi talabga foiz stavkasi samarasi qanday ta 'sir ko'rsatadi 9

  4. Qanday omillar ta'sirida yalpi talab egri chizig'i siljishi yuz beradi?

  5. Yalpi talab egri chizig'ining o'ngga yuqoriga siljishi qanday vaziyatlarga xos?

  6. Yalpi taklif deganda nima nazarda tutiladi?

  7. Yalpi taklif egri chizig'i siljishiga nimalar ta'sir etadi?

66

Download 149.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling