Vodorod bogʻlanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat


Download 138.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi138.14 Kb.
#1351451
Bog'liq
Qogʻoz - Vikipediya



Qogʻoz
Qogʻoz
vodorod bogʻlanish bilan
birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat
yupqa materialdir. Yogʻoch, paxta yoki
qogʻozni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi.


Qogʻoz
— asosan, oʻsimlik tolalaridan
tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil
jinsdagi daraxt yogʻochi va bir yillik
oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch
massasidan ishlanadi. Qogʻoz
massasiga oʻsimlik tolalaridan tashqari
turli qoʻshimcha (toʻldirgich)lar, mas, oq
tus beradigan, zich, silliq qiladigan,
boʻyoq olish xususiyatini yaxshilaydigan
mineral moddalar (kaolin, talk va
boshqalar); siyohni yoyiltirmaydigan yoki
qogʻozni puxta va zich qiladigan
yelimlovchi materiallar (kani-fol yelimi,
kraxmal, smola va h.k.); boʻyagichlar,
kimyoviy tolalar va boshqa qoʻshiladi.
Qogʻoz varaq.


Qogʻoz dastlab (2-asr) Xitoyda olingan.
Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli
boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Qogʻoz
olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp
vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr
boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-
asrlarda Qogʻoz ishlab chiqarish
Osiyodagi boshqa mamlakatlarga
tarqaldi. 7-asrning boshlaridan — 19-
asrning 1-yarmigacha Samarqandda
ishlab chiqarilgan Qogʻoz
Turkistondagina emas, balki qoʻshni
mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan.
Keyinchalik Qogʻoz tayyorlash arablar
orqali Eron, Shimoliy Afrika va Kiprga,
keyinroq esa Ispaniya, Marokash va
boshqa mamlakatlarga yoyildi. Qogʻoz


bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan
papirus va boshqa materiallarni siqib
chiqardi. Keyinchalik (taxminan 10-
asrda)Qogʻoz ishlab chiqarish
Ispaniyadan Yevropadagi barcha
mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga
oʻtdi. 15—16-asrlarda kitob bosish kashf
qilinganidan keyin q. ishlab chiqarish
surʼati tezlashdi. 17— 18-asr mobaynida
Gollandiyada yangi tuyish apparati — roll
ixtiro qilindi, fransuz ixtirochisi N. L.
Rober qoʻl bilan uzluksiz aylantirib
turiladigan sim toʻrli Qogʻoz quyish
mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu
sodda mashinaga presslash, quritish,
kalandr va rulon qilib oʻrash seksiyalari
qoʻshildi.


19-asr 60-yillarida Qogʻoz mashinasi
deyarli hozirgi Qogʻoz mashinasi kabi
qismlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik
Qogʻoz mashinasining barcha qismlari
takomillashtirildi. Qogʻoz ishlab chiqarish
tezligi oʻnlarcha marta oshi-rildi. Latta
xom ashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi
tolalari ishlatiladigan boʻldi. Qadimgi roll
mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish
appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik
polimer smola va tolalar borgan sari
koʻproq ishlatiladigan boʻldi va Qogʻoz
ishlash texnikasi takomillashtirildi
(qarang Sellyuloza).
Qogʻozning 600 dan ortiq turi bor. Qogʻoz,
asosan, yozish, daftar va kitoblar


chiqarish uchun ishlatiladi. Koʻpchilik
hollarda Qogʻoz va karton toʻqimachilik,
yogoch ishlash va shisha sanoati mahsu-
lotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli
metall buyumlari oʻrnini egallamoqda,
konstruksion, izolyatsiya-lovchi, qistirma,
filtrlovchi, par-dozlovchi va h.k.
materiallar sifatida ishlatilmoqda.
Qogʻoz qanday maqsadlarda
ishlatilishiga koʻra, massasi (1m;da 4—
250 g). qalinligi (4 mm dan 400 mm
gacha). mexanik xossalari (uzilish uzunli-
gi, sinish, ezilish, titilish. siqilish, buralish),
yelim olishi, kul-liligi, namliligi, rangi, oqlili-
gi, silliqligi, singdirish qobiliya-ti, havo,


bugʻ, yogʻ oʻtkazmasligi, die-lektrikligi va
boshqa xossalari bilan ifo-dalanadi.
Xalqaro tasnifga koʻra, Qogʻoz
quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot Qogʻoz
(bosmaxona, ofset, illyustratsiya,
kartografiya, boʻrlangan Qogʻoz) — juda
silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi
singdirishi bilan ajraladi. Gazeta q. bilan
gul (oboy) Qogʻoz ham shu sinfga oid.
Yozuv Qogʻoz (yozuv, pochta, konvert,
kartochka Q) — yelim olishi, singdirish
xususiyatining kichikligi, juda silliqligi
bilan ajraladi. Chizmachilik-rasmchilik
Qogʻoz (rasm, chizmachilik, chiz-machilik
kalkasi Qogʻoz) — yelimni yaxshi oladi.
Elektroizolyatsion Qogʻoz (kondensator,


kabel, telefon, izo-lyatsion-oʻrov Qogʻoz)
— mexanik mustah-kamligi, dielektriklik
xossasi yax-shiligi bilan ajraladi. Papiros
Qogʻoz (mundshtuk, papiros, sigaret,
chekma Qogʻoz) — bu sinf Qogʻozning
kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish
texnologiyasi turlicha. Shimuvchi Qogʻoz
(filtr, bosma, singdiruvchi Qogʻoz) — fibra,
pergament, sanitariyagigiyena
mahsulotlari va boshqa tayyorlashda
ishlatiladi. Apparat Qogʻoz (telegraf len-
tasi, Krid lentasi, perfokarta Qogʻoz) —
mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi.
Yorugʻlik sezgir Qogʻoz — mexanik
mustahkamligi, yaxshi yelim olishi bilan
ajraladi, fotografiyada ishlatiladi (qarang
Fotografiya). Koʻchirish Qogʻoz


(kopirovka va koʻchirish Qogʻoz) —
maxsus ishlov berib tayyorlanadi. Oʻrov
Qogʻoz — oziq-ovqat mahsulotlari va
sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi.
Sanoat-texnika Qogʻoz (patron, jilvir,
diffuzor tovush yozib olish, ip oʻrashda
ishlatiladigan va h.k.) — paxta tolasi,
asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda
ishlab chiqariladi.
Q boʻtqasini tayyorlash texnologiyasi tola
materiallarini tuyish; tolaga mos
kompozitsiya tuzish; suspen-ziya,
toʻldirgich, boʻyagichlar tayyorlash; q.
braklarini qayta ishlashni oʻz ichiga oladi.
Qogʻoz qogoz tayyorlash mashinasida
olinadi. U uzluksiz ishlaydigan koʻp


seksiyali agregat. Unda sersuv tola
suspenziyasidan q. va baʼzi bir turdagi
karton olinadi. Qogʻoz tayyorlash
mashinasi 2 asosiy turga: yassi toʻrli
(asosiy qogʻoz turlari ishlab
chiqariladigan) va dumaloq toʻrli (baʼzi
qogʻoz turlari va karton ishlab
chiqariladigan) tiplarga boʻlinadi.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 28-Yanvar 2023, 10:24 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Qog%CA%BBoz&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Qogʻoz&oldid=3565181" 
dan olindi

Download 138.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling