Vodorod oksid, H2O vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat


Download 327.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi327.21 Kb.
#257804
1   2   3   4
Bog'liq
Suv - Vikipediya

Obi hayot tanqisligi

Hisob-kitoblar shuni kỹrsatmoqdaki, 2020

—2025 yillarga keliboq, barcha chuchuk

suv resurslari inson faoliyati uchun

egallab boʻlinadi, yaʼni suv ham

investitsiya manbaiga aylanishi va






sotilishi ehtimoli bor. Dunyo miqyosida

soʻnggi 100 yilda suv sarflanishi olti

marotaba oshgan. Bu ketishda 2050 yilga

kelib insoniyatga hozirgiga nisbatan ikki

barobar koʻproq suv zarur bỹladi. Suv esa

kamaygandan kamayib boraveradi.

Hozirning oʻzida dunyo miqyosida 1.1

milliard inson doimiy ravishda suv

tanqisligi bilan kurashmoqda. 2 milliard

odam bu muammoga vaqti-vaqti bilan

duch kelib turibdi. Bu sayyoramiz

aholisining yarmi chuchuk suvga

zoriqqanligidan dalolat beradi. Har kuni

6000 nafarga yaqin odam (asosan

bolalar) bu muammoning u yoki bu

oqibatlari tufayli nobud boʻlmoqda. 2030

yilga kelib 500 ml ga yaqin odam suv



izlab qitʼadan qitʼaga koʻchib yuradi. Bu

muammo butun insoniyatni oʻylantirib, 22

mart kuni Butun jahon suv kuni deb eʼlon

qilingani bejizga emas. Umuman olganda,

dunyo miqyosida ichimlik suvi taʼminoti

kelajakda qanday boʻlishi boʻyicha

mutaxassislar quyidagi ikki taxminni

bildirmoqdalar (eng qizigʻi, har ikkala

taxminda Xitoy bilan Hindiston omili bor.

Aynan shu ikki davlat aholisi eng koʻp

boʻlishi bilan birga, rivojlanish surʼati

boʻyicha ham etakchilik qilishmoqda).

Yirik shaharlardagi qashshoqlik va suv

tanqisligi, Afrikadagi qurgʻoqchilik.

Hozirdanoq dunyodagi aholisi 10 mln.

kishidan ortiq 22 megapolisli ichimlik suvi

tanqisligi va oqava tizimlar



etishmasligidan aziyat chekmoqda. Eng

murakkab vaziyat Xitoyda yuz berayapti.

Mamlakatdagi 600 shahardan 550 tasi

yuqoridagi muammoga ozmi-koʻpmi duch

kelgan. Hindistonda ham bu boradagi

ahvol havas qilgudek emas. Kelajakda

suvga boʻlgan talabning oshib borishi,

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yaʼni oziq-

ovqat muammosini keltirib chiqaradi. Bu

muammo insonlarning yanada kuchli

tabaqalanishiga olib keladi. Shundoq

ham qashshoqlik hukm surayotgani

kamlik qilayotgandek, yildan-yilga

qurgʻoqchilik avj olayotgan Afrika

qitʼsidan millionlab muhojirlar Evropa va

Osiyoga qarab yoʻl olishadi. Bu esa oʻz

navbatida ijtimoiy muammolarni, irqiy



ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Xitoy suvni

qayta ishlash borasida etakchilikni qoʻlga

oladi. Dunyo suv isteʼmoli boʻyicha yangi

tizimni ishlab chiqadi Ichimlik suvining

tanqisligi butun dunyo olimlarining diqqat

markazida boʻladi. Shỹr suvni

chuchuklashtirishga milliardlab

investitsiya ajratiladi. Neft hozirda

qanchalik koʻp sohalarni qamrab olgan

boʻlsa, kelajakda suv taʼminoti ham katta

industriyaga aylanadi. Suvni

chuchuklashtirish tannarxi kamaya

boradi. Suvni chuchuklashtirish uchun

sarf qilingan 1 dollar 5 dollardan 30

dollargacha foyda keltira boshlaydi. Bu

borada ham Xitoyliklar oldinga oʻtib

ketishadi. Suvni tejab ishlatish bỹyicha



yangi gʻoyalar egalariga olamshumul

shuhrat va mablagʻ keltiradi. Suv

taʼminotini nazorat qilish davlatlarning

asosiy ishlaridan biriga aylanadi. Bu

hozircha ayrim olimlarning taxminlari

boʻlib tuyulgani bilan kelajakda ana

shunday muammoga duch kelishimiz

mumkin. Shu bois suvning, yaʼni erdagi

obi hayotning bir qatrasini ham uvol

qilmaslik, uni behuda narsalarga

sarflamaslik barchamizning

zimmamizdagi ulkan masʼuliyatdir.

Barchamiz suvning hatto bir tomchisini

ham isrof qilmaylik. Uni kelgusi

avlodlarga ham yetishini taʼminlaylik. Oʻz

farzandlaringiz uchun suvni tejang.





Download 327.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling