Vodorod xlorid va uning suvda eruvchanligi


Download 46.11 Kb.

Sana24.05.2018
Hajmi46.11 Kb.

Vodorod xlorid va uning suvda eruvchanligi. 

Vodorod xlorid olish uchun qurilma yasang. Kolbaga 5-6 g natriy xlorid va 10-

12  ml  70%li  sulfat  kislota  eritmasini  joylashtiring.  U-simon  trubkaga  suvsiz  kaltsiy 

xlorid joylashtiring. 25-50 ml li qalin devorli shisha idishni ajralib chiqayotgan vodorod 

xloridi bilan to‘ldiring. Idish to‘lganini qanday bilamiz? 

Idishni  kapillyarli  probka  bilan  berkiting.  Kapillyar  idish  ichiga  kirishi  kerak. 

Idishning  tagini  tepaga  qilib  ag‘daring  va  uning  tomog‘ini  suvli  vannaga  botiring, 

kuzatilgan hodisani tushintiring. Vodorod xloridning suvda eruvchanligi qanday? 

 

Vodorod yodidning olinishi va xossalari 

 

1. Probirkaga 1-2 g yod va 0,5 g qizil fosfor soling. Tomizgich voronkasiga bir 



necha  ml  suv  soling.  Boshqa  probirkaga  3-5  ml  suv  soling.  Trubkaning  teshigi 

priyomnikning suv yuzasiga iloji boricha yaqinroq turishi kerak. Nima uchun uni suvga 

tushirib qo‘yish mumkin emas? 

Tomizgich  voronkasidan  ehtiyotlik  bilan bir tomchi  suvni  tomizing  va  qanday 

xodisa ro‘y berishini kuzating. 

Kuchli reaksiya sodir bo‘lishi tugaganidan so‘ng tomizgich voronkasidan yana 

suv  tushirish  mumkin.  Barcha  suv  tushirilgandan  so‘ng  probirkani  qizdirish  kerak. 

Qanday gaz ajraladi? U suvda yaxshi eriydimi? Reaksiya tenglamasini yozing. 

Olingan  eritmani  lakmusga  sinab  ko‘ring.  Uni  metallarga  munosabatini 

o‘rganing  (rux,  magniy).  Uchta  probirkaga  1  ml  dan  yodid  kislotasining  erimasidan 

quying va birinchi probirkaga natriy atsetat va qo‘rg‘oshin atsetat eritmalaridan quying, 

ikkinchisiga  1-2  tomchi  kumush  nitrat  eritmasidan,  uchinchisiga  kichikroq  marmar 

bo‘lakchasidan tashlang. Barcha jarayonlar uchun reaksiya tenglamalarini yozing. 

2.  Probirkaga  ozgina  kaliy  yodid  soling,  unga  60%li  ortofosfat  kislotasidan 

quying  va  kuchsiz  qizdiring.  Qanday  gaz  ajraladi?  Reaksiya  tenglamasini  yozing  va 

uning sodir bo‘lishini tushuntiring. 

Fosfat  kislotasini  sulfat  kislotasi  bilan  almashtirish  mumkinmi?  Shunga  mos 

keladigan reaksiyani o‘tkazing va reaksiya tenglamasini yozing. 

Galogenvodorodlarning qaysi biri eng kuchli qaytaruvchi? Galogenvodorodlarni 

barqarorlik  qatoriga  joylashtiring.  Galogenvodorodlar  molekulasining  barqarorligini 

o‘zgarishini 

ion 


va 

atom 


radiuslariga 

bog‘liqligini 

tushuntiring. 

Galogenvodorodlarning dipol qiymatlari qanday? 

 

 

7. 



 

Sulfat kislotaning xossalari 

(2 a), v), g) va d) tajribalarni mo‘rili shkafda o‘tkazing) 

 

a) Konsentrlangan sulfat kislotasini metallmaslar bilan reaksiyasi. 



Chinni  idishda  ehtiyotlik  bilan  qizdirib  kons.  sulfat  kislota  va  metallmaslar 

orasida  reaksiya  o‘tkazing:  birinchisida  oltingugurt,  ikkinchisida  ko‘mir  bilan. 



Yehtiyotlik bilan qanday gaz chiqayotganini xididan aniqlang. Reaksiya tenglamalarini 

yozing. Bu reaksiyalarda kons. sulfat kislotasi qanday xossalarni namoyon qiladi. 

b)  Suyultirilgan  sulfat  kislotani  metallarga  ta’siri.  O‘qituvchidan  metall 

namunalaridan  (mis,  rux,  temir,  alyuminiy  va  b.)  oling.  Ularni  metallarning  aktivlik 

qatoridagi  o‘rniga  ko‘ra  suyultirilgan  H

2

SO



4

  bilan  reaksiyaga  kirishishi  haqida 

mulohaza qiling. Tajriba yo‘li bilan suyul. 2n H

2

SO



4

 hamma olgan metallaringiz bilan 

reaksiyaga kirishishi yoki kirishmasligini isbotlang. 

Reaksiya  turli  tezliklarda  sodir  bo‘lishiga  e’tibor  bering  va  standart  elektrod 

potensiallar  qiymatidan  foydalanib  olingan  natijalarni  izohlang.  Reaksiya  natijasida 

qanday gaz chiqishini tajribada isbotlang. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli 

ko‘rinishlarda yozing. Bu reaksiyalarda qaysi ion oksidlovchi vazifasini o‘taydi? 

v) Konsentrlangan sulfat kislotasini metallarga ta’siri 

1) Probirkada kuchsiz qizdirib mis bilan kons. sulfat kislotasi orasida reaksiya 

o‘tkazing. Yehtiyotlik bilan xididan qanday gaz ajralayotganini aniqlang. 

Tajribadan so‘ng probirkani sovitib eritmadan 2-3 ml boshqa probirkaga quying, 

5-6 ml suv solib chayqating. Yeritma rangini aniqlang va eritmada qanday ion borligiga 

e’tibor bering. Mis bilan kons. sulfat kislotasi orasidagi reaksiya tenglamasini yozing. 

2)  Konsentrlangan  sulfat  kislotani  ruxga  ta’sir  ettiring.  Probirkani  bir  oz 

qizdiring.  Qanday  gaz  chiqayotganini  ehtiyotlik  bilan  xididan  aniqlang.  Qizdirishni 

davom  ettiring.  Yeritmani  loyqalanishini  kuzating  va  sababini  tushuntiring. 

Qo‘rg‘oshin tuzi bilan namlangan filtr qog‘oz yordamida yoki ehtiyotlik bilan xididan 

vodorod sulfid ajralayotganini aniqlang. 

Rux bilan konsentrlangan sulfat kislotasi orasidagi reaksiyani sulfat kislotasining 

qaytarilishi mahsulotlarini turlichaligiga e’tibor berib yozing. Yelektronlarning o‘tish 

sxemasini keltiring va koeffitsiyentlar tanlaganingizni tushuntiring. 

Rux  bilan  misning  kons.  sulfat  kislotasi  bilan  reatsiyasidagi  farqni  standart 

elektrod potensiallari qiymatlarini o‘zaro solishtirib tushuntiring. 

Bu  reaksiyalarni  metallarni  suyultirilgan  sulfat  kislotasi  bilan  reaksiyasidan 

prinsipial farqi nimadan iborat? 

g) Sulfat kislotasini degidratlash xossasi. 

1) Sulfat kislotasining kletchatkaga ta’siri. 

Sulfat  kislotasining  (1:1)  eritmasi  bilan  shisha  tayoqchani  namlang  va  filtr 

qog‘ozga  nimanidir  yozing  va  gaz  alangasida  quriting.  Kletchatkaning  umumiy 

formulasi (S

6

N

10



O

5

)



x

 ekanligiga e’tibor berib, kuzatganinigizni izohlang. 

2) Sulfat kislotasini shakarga ta’siri. 

Hajmi  100-150  ml  bo‘lgan  kimyoviy  stakanga  10  g  maydalangan  shakar 

joylashtiring, 1 ml suv va 4-5 ml kons. H

2

SO



4

 quying. Bir xil massa hosil bo‘lgunga 

qadar  shisha  tayoqcha  bilan  aralashtiring  va  tayoqchani  olmang.  So‘ngra  sodir 

bo‘layotgan  xodisani  kuzating.  Shakarning  formulasi  S

12

N

22



O

11

  ekanligini  e’tiborga 



olib  reaksiya  tenglamasini  yozing.  Chiqayotgan  gazlardan  qaysi  birini  xididan  bilsa 

bo‘ladi? Yehtiyot bo‘ling. 



d)  Sulfat  kislotasini  boshqa  kislotalarning  tuzlari  bilan  ta’sirlashishi. 

Laboratoriyada  bor  tuzlardan  foydalanib,  ularning  qaysilari  konsentrlangan  sulfat 

kislotasi  bilan  reaksiyaga  kirishishi  mumkinligini  aniqlang.  Probirkaga  ozroq  qattiq 

tuzdan  joylashtiring.  Konsentrlangan  sulfat  kislotasidan  qo‘shib,  suv  hammomida 

qizdiring.  Ajralib  chiqayotgan  uchuvchan  moddalarning  rangiga  va  ehtiyotlik  bilan 

xidiga e’tibor bering. Ho‘llangan indikator qog‘ozi bilan hosil bo‘lgan moddalarning 

xarakterini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing va izohlang. 

 

 



Nitrat kislotasining olinishi. 

81 rasmdagidek asbob yig‘ing. Retortaga 15-20 g NaNO

3

 va voronka yordamida 



tuzni berkitadigan darajada konsentrlangan H

2

SO



quying. Retorani ehtiyotkorlik bilan 

qizdiring.  Idishda  ozroq  kislota  yig‘ilganidan  so‘ng  qizdirishni  to‘xtating,  retortani 

soviting,  qurilmani  tarkibiy  qismlariga  ajriting.  Kislotani  keyingi  tajribalar  uchun 

saqlab  qo‘ying.  U  nima  uchun  rangga  bo‘yalganligini  tushuntiring?  HNO

3

  ni 



kiyimingizga  yoki  qo‘lingizga  tomib  ketishidan  ehtiyot  bo‘ling.  U  matoni  tezda 

parchalaydi, qo‘lingizda sariq dog‘ va kuyish kuzatiladi.  

Reaksiya  tenglamasini  yozing.  Nima  uchun  eritmalar  ishlatilmay  NaNO

3

  va 



konsentrlangan  H

2

SO



4

  olinishini  tushuntiring.  Nima  uchun  reaksiyani  unchalik 

qizdirirmasdan o‘tkaziladi? 

 

Rasm. 81.Nitrat kislotasi 



olish uchun asbob. 

 

11. Nitrat kislotasining xossalari. 



(Tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin.) 

a)  Qizdirilganida  parchalanishi.  Probirkaga  oldingi  tajribada  olingan  nitrat 

kislotasidan  1-2  ml  quying  va  uni  shtativga  tik  holda  o‘rnating.  Kislotani  kuchsiz 

qizdiring. Probirkani qisqichda ushlab turib cho‘g‘ tuting. Nima kuzatildi? HNO

ning 


parchalanish reaksiyasini yozing. 

b) Konsentrlangan nitrat kislotasini metallarga ta’siri. Bitta probirkaga bir bo‘lak 

rux,  ikkinchisiga  qalay  soling  va  so‘ngra  konsentrlangan  nitrat  kislotasidan  quying. 


Qanday gaz ajraladi? Ikkinchi probirkada H

2

SnO



 hosil bo‘lishini e’tiborga olgan holda 

reaksiya tenglamasini yozing. 

v)  Suyultirilgan  nitrat  kislotasini  metallarga  ta’siri.  Probirkaga  ozgina  temir 

kukunidan yoki qirindisidan soling va unga o‘rtacha suyultirilgan  HNO

3

 eritmasidan 



quying. Qanday gaz ajraladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 

Bitta  probirkaga  rux  bo‘lagidan,  ikkinchisiga  qalay  bo‘lagidan  soling  va 

ikkalasiga  ham  kuchli  suyultirilgan  HNO

3

  eritmasidan  quying.  Bir  necha  daqiqa 



mobaynida  suyuqlikni  chayqating,  eritmani  boshqa  idishga  quyib,  unda  NH

4

Q



  ioni 

borligini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing. 

g) Alyuminiyni «bug‘lanayotgan» nitrat kislotasida passivlanishi.  

Probirkaga  ozroq  2  n  HCI  eritmasidan  quying  va  unga  alyuminiy  bo‘lagidan 

soling. Nima kuzatildi? So‘ngra alyuminiyni kislotadan chiqarib olib, suv bilan yuving, 

filtr  qog‘oz  bilan  artib,  tajribada  olingan  HNO

3

  ga  tushuring.  3-4  daqiqadan  so‘ng 



alyuminiyni  ehtiyotlik  bilan  olib,  suv  bilan  chayqatmasdan  yuving  va  yana  HCI  ga 

tushiring. Яна водород ажраладими? Олинган натижанi tushuntiring. 

d) Konsentrlangan nitrat kislotasini metallmaslarga ta’siri. 

Chinni kosachaga ozroq konsentrlangan HNO

3

 quying, oltingugurt bo‘laklaridan 



bir bo‘lagini solib qizdiring. Qanday xodisa ro‘y beradi? Suyuqlik sovigandan so‘ng 

uni suvli probirkaga quying va unda H

2

SO

4



 borligini aniqlang. Reaksiya tenglamasini 

yozing. 


e) Nitrat kislotasining murakkab moddalarga ta’siri. 

Probirkaga  ozroq  suyultirilgan  HNO

3

  olib  qizdiring  va  unga  Kipp  apparatida 



olingan  H

2

S  oqimini  o‘tkazing.  Nima  kuzatildi?  Kuzatilgan  xodisani  izohlang. 



Reaksiya tenglamasini yozing. Nitrat kislotasi qanday vazifani bajaradi? 

Probirkaga ozroq mis (II) sulfid (CuS) soling va 1-2 ml konsentrlangan HNO

3

 

quying. CuS ni erishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. 



Bir  necha  konsentrlangan  HNO

3

  kislota  tomchisini  ozroq  lakmus  yoki  fuksin 



eritmasiga quyib chayqating. Nima kuzatildi? Izohlang. 

j) Organik moddalarni nitrat kislotasida parchalanishi. 

Sherst  matoga  konsentrlangan  HNO

3

  dan  shisha  tayoqchada  bir  tomchi 



tushuring. Matoga nima bo‘lishini kuzating. Ro‘y bergan xodisani izohlang. 

 

5. 



 

Fosfor kislotalarini olinishi 

( b) tajriba mo‘rili shkafda bajarilsin) 

a) Fosfor kislotasini fosfor (V) oksididan olinishi.  

3-tajribada olingan fosfor (V) oksidini, voronka devorlaridan disstillangan suv 

bilan yuvib, probirkaga tushiring. Yeritma tiniqlashgandan so‘ng, ozginasini boshqa 

probirkaga quyib oling, eritmani bir necha tomchi soda eritmasi bilan kuchsiz kislotali 

muhitigacha  neytrallang  (indikator  qog‘ozi  yordamida).  Tajriba  natijasida  qanday 

modda hosil bo‘lganligini isbotlang. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing. 

Yeritmaning qolgan qismini stakanga soling, 10-15 ml suv va 1-2 ml kons. HNO

3

 

eritmasidan qo‘shing (birikish reaksiyasini tezlashtirish uchun). Oz-ozdan suv qo‘shib 



5-10  daqiqa  qaynating.  So‘ngra  eritmadan  ozginasini  probirkaga  olib,  soda  eritmasi 

bilan,  kuchsiz  kislotali  muhitgacha  neytrallang  va  AgNO

3

  eritmasini  qo‘shing. 



Cho‘kmaning  rangiga  qarab,  birikish  reaksiyasi  tugallanganligini  va  qanday  kislota 

hosil  bo‘lganligini  aniqlang.  Agar  birikish  reaksiyasi  tugallanmagan  bo‘lsa,  qolgan 

eritmani yana 5-10 daqiqa qaynating, so‘ngra hosil bo‘lgan eritmani qaytatdan analiz 

qiling. Reaksiya tenglamalarini yozing. 

b) Qizil fosforni oksidlab, ortofosfat kislotasining olinishi. 

Chinni  kosachada  ozgina  qizil  fosforni  5-6  ml  kons.  HNO

3

  eritmasi  bilan 



qizdiring. Agar fosforning xammasi reaksiyaga kirishmagan bo‘lsa, yana ozroq HNO

3

 



eritmasidan  qo‘shing  va  eritmani  bug‘lating  (nima  uchun?).  Qoldiqni  suv  bilan 

suyultiring,  kuchsiz  kislotali  muhitgacha  soda  eritmasi  bilan  neytrallang  va  AgNO

3

 

eritmasi bilan sinab ko‘ring. Tajriba natijasida qanday kislota hosil bo‘ldi? Reaksiya 



tenglamalarini yozing. 

v) Fosforit yoki suyak kulidan ortofosfat kislotasining olinishi. 

Probirkaga ozgina suyak kulidan yoki maydalangan fosfritdan soling va ustiga 

sulfat kislotasi eritmasidan (1:1) qo‘shing. Aralashmani qaynating, cho‘kmani filtrlab 

ajrating. Ammoniy molibdat eritmasidan foydalanib, filtratda fosfat kislotasi borligini 

isbotlang. Reaksiya tenglamalarini yozing. 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling