Vodorodning xususiyatlari


Download 43.5 Kb.
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1272420
  1   2   3   4
Bog'liq
VODOROD OLISH TEXNOLOGIYASI


VODOROD OLISH TEXNOLOGIYASI

Reja:
1. Vodorodning xususiyatlari.


2. Vodorodni tabiatda uchrashi.
3. Vodorodni ishlatilishi.
4. Vodorodni olish usullari.


VODORODNING XUSUSIYATLARI.

Vodorod D.I. Mendeleyev davriy sistemasida birinchi o‘rinni egallaydi. Uning atomi juda oddiy tuzilgan: yadro atrofida bitta elektron aylanadi yoki yangi tasavvurlarga asosan atom yadrosi pulsatsiyalanuvchi elektron bulut bilan to‘sib olingan. Vodorodning elektron formulasi 1 S1 dir.


Vodorod ba’zi sharoitlarda metall xossalarini (elektron berganda), boshqa sharoitda esa metallmas xossalarini (elektron biriktirib olganda) namoyon qiladi. Lekin u xossalari jihatidan ishqoriy metallardan ko‘ra galogenlarga ko‘proq o‘xshaydi. Shu sababli, vodorod D.I. Mendeleyev davriy sistemasining 7-gruppasiga joylashtiriladi. 1 gruppasida esa vodorodning simvoli qavs ichiga olingan bo‘linadi.
Fizik xossalari: vodorod oddiy sharoitda rangsiz, mazasiz, hidsiz gazdir. Xavodan 14,4 marta yengildir; vodorodning atom og‘irligi 1,00797 u.b. ga tengdir va u eng yengil gazdir. Suvda kam eriydi(1l suvda 200С da 18 ml vodorod eriydi), -252,80С da atmosfera bosimida vodorod suyuqlikka aylanadi. Suyuq vodorod rangsiz bo‘ladi. Massa soni 1 bo‘lgan vodoroddan tashqari, massa soni 2 ga teng bo‘lgan deytriy D va 3 ga teng bo‘lgan tritiy T kabi izotoplari ham bordir.
Kimyoviy xossalari: vodorod birikmalarida doimo 1 valentli bo‘ladi. Uning o‘ziga xos oksidlanish darajasi Q 1 ga teng, lekin metallarning gidridlarida - (LiH, NaH, KH, CaH2 va boshqalarda) oksidlanish darajasi -1 ga tengdir. Vodorod molekulasi 2 atomdan tashkil topgan. Ular orasidagi bog‘lanish vujudga kelishi elektronlarning umumlashgan jufti (yoki elektron bulut) hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi: N : H yoki Н2.
Elektronlarning bunday umumlashuvi vodorod molekulasini alohida atomlarga qaraganda energetik jihatdan barkarorroq bo‘lishiga olib keladi: 1 mol vodorodda molekulani atomga ajratish uchun 431 kj energiya sarflash kerak:

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling