Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


V-bob.TANAFFUSLAR VA TO‘XTALIShLAR


Download 1.01 Mb.
bet29/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
valiybolllll

V-bob.TANAFFUSLAR VA TO‘XTALIShLAR.
16. O‘YINDAGI TANAFFUSLAR.
O‘yindagi tanaffuslar TAYM-AUT va o‘yinchilarni almashtirishga ketgan vaqtlardan iborat (16.4, 16.5)
16.1. O‘yindagi tanaffuslar soni.
O‘yindagi tanaffuslar soni ikkita TAYM-AUT va har partiyadagi 6 tagacha o‘yinchi almashtirishga ketadigan vaqtdan iborat (16.4, 16.5, 6.2).
16.2. Tanaffusni talab qilish tartibi.
16.2.1. Tanaffuslar faqat trener yoki jamoa sardori tomonidan talab qilinishi mumkin. Talab qilingan tanaffus to‘p o‘yindan chiqqanda yoki to‘pni o‘yinga kiritishdan avval beriladi (16, 5.1.2, 5.2, 9.2, 13.3).
16.2.2. O‘yinchini almashtirish haqidagi talab partiya boshlanishidan avval ham qondiriladi (13.3, 13.1).
16.3. Tanaffuslarning kegma-ketligi.
16.3.1. Bir vaqtnin go‘zida 2ta taym-aut va bir o‘yinchini almashtirish haqidagi talab. ketma—ket o‘yini tiklanmasdan qondirilishi mumkin (16.4, 16.5).
16.3.2.Bir tanaffus davomida ikki yoki undan ko‘p o‘yinchi almashtirilishi mumkin (16.5, 8.1.1).
16.4. Taym—autlar va texnik taym—autlar
16.4.1. Taym—aut (tanaffus) 30 soniya davom etadi.
FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida taym—autlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1—4partiyalarda 2 ta 60 soniyali «texnik taym — aut»lar beriladi. Bu tanaffuslar jamoalardan bir 8 va 16 ochko to‘plaganda avtomatik ravishda beriladi (6.3.1).
Hal qiluvchi (5—partiya) partiyada «texnik taym —aut»lar berilmaydi. Bu partiyada har bir jamoa 2 ta 30 soniyali tanaffus talab qilishi mumkin (6.3.2).
16.4.2. Ikki turdagi «taym-aut» tanaffuslari vaqtida jamoalar o‘yinchilari o‘z o‘rindiqlari oldida bo‘lishlari kerak.
16.5. O‘yinchi almashtirish (8.1. Liberoni almashtirish – 20.3.2, 20.3.3)
16.5.1. O‘yinchini almashtirish mahsus belgilangan joyda amalga oshirilishi kerak (1.4.3, S.1).
16.5.2. O‘yinchini almashtirishga ajratiladigan vaqt jarayonni o‘yin bayonnomasiga yozish, zaxiradagi o‘yinchining maydonga kirishi va maydondagi o‘yinchinin o‘yindan chiqishiga ketgan vaqt bilan o‘lchanadi (16.5.3, 26.2.2.3).
16.5.3. O‘yinchini almashtirish to‘g’risidagi talab vaqtida maydonga kiruvchi o‘yinchi tayyor bo‘lishi va trnerning oldida bo‘lishi kerak (7.3.3, 8.1.3).
Agar ushbu shartlarga rioya qilinmasa, o‘yinchini almashtirish bekor qilinadi, jamoa esa o‘yinni cho‘zgani uchun jazolanadi (14.3.3, 17.2).
FIVBning jahon miqyosidagi musobaqalarida o‘yinchini almashtirish jarayonini osonlashtirish maqsadida o‘yinchilar raqamlari yozilgan dastak — tahtachalardan foydalaniladi.
16.5.4. Agar trener bittadan ortiq o‘yinchini almashtirish istagini bildirsa, u. Almashtiriladigan o‘yinchilar sonini ko‘rsatishi lozim. Bu holda o‘yinchilarni almashtirish navbatma – navbat amalga oshiriladi (5.2, 16.2.1, 16.3.2).

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling