Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish
Download 1.01 Mb.
|
valiybolllll
26. KOTIB:
26.1. Joylashishi. Kotib o‘z faoliyatini birinchi hakam qarama – qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashtirilgan stulga o‘tirgan xolda olib boradi (S.1). 26.2. Burchlari. Kotib ikkinchi hakam bilan xamkorlikda qoidaga muvofiq o‘yin bayonnomasini yozib boradi. Kotib o‘zining hakamlik faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan ma’lumotlarni bildirishda o‘yinni to‘xtatish kerak bo‘lib qolsa, tovushi farq qiluvchi xushtak yoki sirenadan foydalanishi mumkin. 26.2.1. Kotib o‘yin va partiyalar oldidan: 26.2.1.1. Bayonnomaga o‘yin va jamoa haqidagi ma’lumotni yozadi xamda sardor va trenerlar imzosini qo‘ydiradi (4.1, 5.1.1, 5.2.2); 26.2.1.2. O‘yinchilarning joylashish tartibi bo‘yicha trener bergan varaqachadagi o‘yinchilar raqamini bayonnomaga yozadi (5.2.3.1, 7.3.1.2, 7.3.2). Agar kotib ushbu varaqachani o‘z vaqtida olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkichi hakamga aytadi. Varaqachadagi o‘yinchilar raqami hakamlardan boshqa kishilarga sir tutiladi. 26.2.1.3. Liberoni raqami va familiyasini bayonnomada qayd etadi (7.3.1.2, 20.3.3). 26.2.2. Kotib o‘yin davomida: 26.2.2.1. Yig’ilgan ochkolarni yozib boradi va xisobning tabloda to‘g’ri aks ettirilishini nazorat qiladi (6.1); 26.2.2.2. O‘yinga to‘p kiritish navbatini nazorat qiladi. Agar navbat buzilsa. zudlik bilan bu haqda hakamlarni xabardor qiladi (13.2, 13.4.1); 26.2.2.3. Tanaffuslarni va o‘yinchi almashtirishlarni bayonnomaga yozib boradi xamda buni to‘g’ri yoki noto‘g’ri ekanligini ikkinchi hakamga aytib turadi (16.1, 16.4.1, 25.2, 25.2.7); 26.2.2.4. Tanaffus noto‘g’ri talab qilingan bo‘lsa, bu haqda hakamlarga xabar beradi (16.6); 26.2.2.5. Hakamlarni partiya tugagani texnik tanaffuslarning boshlanishi va tugash vaqti xamda xal qiluvchi partiyada xisob 8 bo‘lganligi haqida xabardor qiladi (6.2, 16. 4.1, 19.2.2); 26.2.2.6. Xar bir ko‘rilgan jazo choralarini bayonnomada qayd etadi (17.2, 22.3); 26.2.2.7. Ikkinchi hakam ko‘rsatmasiga binoan o‘yinda ro‘y bergan barcha vaziyatlarni (istisno tariqada almashtirish, turli tanaffuslar va xokazo bayonnomaga yozib boradi) (8.2, 18.1.2, 18.2, 18.3). 26.2.3. O‘yin yakunida kotib: 26.2.3.1. Yakuniy xisobni bayonnomaga yozadi (6.3); 26.2.3.2. Agar shikoyat bo‘lsa, uni bayonnomaga qayd etadi va sardorga shu shikoyat moxiyatini bayonnomada ko‘rsatishga ruxsat beradi (5.1.2.1, 5.1.3.2, 24.2.4). 26.2.3.3. Bayonnomaga imzo chekadi, sardor va hakamlarga imzo qo‘ydiradi (5.1.2.1, 5.1.3.2, 24.2.4); Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling