Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi
III – BOB VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISHDA HARAKATLI O‘YINLARNI AHAMIYATI
Download 220.5 Kb.
|
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
III – BOB VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISHDA HARAKATLI O‘YINLARNI AHAMIYATI.
3.1 Harakatli o‘yinlar o‘quv – mashg‘ulotlarida yordamchi vosita sifatida. Harakatli o‘yinlar o‘quv – mashg‘ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Chunki o‘yin shug‘ullanuvchilarning qiziqishini oshiradi, ularga zavq bag‘ishlaydi, ish qobiliyatlarini tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O‘yin tufayli charchashni unitadilar, shug‘ullanish mashqlarini diqqat bilan bajaradilar. Hamma o‘yinlar shug‘ullanuvchilarning organizmlariga kompleks ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘yinlarga umumiy jismoniy ta'sir ko‘rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Bironta o‘yin yo‘qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo‘lib hisoblanmasin. Masalan, oddiy “Chiziqdan tartib o‘tkazish” o‘yinida faqat kuchli bo‘libgina qolmasdan, balki chidamli va irodali bo‘ladi. Kuchli tarbiyalashda trener kerakli mushak guruhlarining rivojlanishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan o‘yinlarni o‘ynatish lozim. Kuchni rivojlantiruvchi o‘yinlarda shug‘ullanuvchilar o‘z tana og‘irligini, bironta tashqi og‘irlikni yoki raqib og‘irligini yengadi. Kuchni rivojlantirish uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi. “Xo‘rozlar jangi”, “Doiraga tort”, “Kim kuchli”, “Doiradan turtib chiqarish” va boshqalar. Tezkorlikni tarbiyalash. Siginalga binoan tezlikda javob berilishini muayyan vaqt birligi ichida ko‘p harakatlar bajarilishini hamda butun tana yoki uning bir qismini fazoda tezlik bilan harakat qilishini talab qiladigan o‘yinlar o‘quvchilarda tezkorlik sifatini rivojlantiradi. Tezkorlikni tarbiyalash uchun mashqlar maksimal suratda bajarilishi lozim. Shuning uchun ham ikki tomonning faol musobaqalashishga olib keladigan o‘yinlar o‘tkazilgani ma'qul. Harakatdagi ob'ektga nisbatan bo‘lgan reaksiyani tarbiyalovchi o‘yinlar bu o‘rinda yaxshi natija beradi. Tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi o‘yinlar muayyan vazifani hal qilishda katta yordam beradi. Bu o‘yinlar o‘quv mashg‘ulotlarining dastlabki qismida shug‘ullanuvchilar charchab qolmasdan avval o‘tkazilishi kerak. Tezkorlikni tarbiyalash uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: “Nomerlarni chaqirish”, “Hujum”, “Ovchilar va o‘rdaklar”, “To‘p uchun kurash” va boshqalar. Chaqqonlikni tarbiyalash. Aniq harakat qilish kerak bo‘lgan bajarish sharoitlari o‘zgaruvchan sport turlarida chaqqonlik yaxshi rivojlangan bo‘lish kerak. Shundan kelib chiqqan holda chaqqonlikni tarbiyalash uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: “Ikki lager”, “Qal'a himoyasi”, “Komandalar bilan yugurish” va boshqalar. Chidamlilikni tarbiyalash. Aksari o‘yinlarda nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik sifatlari tarbiyalanadi. Bunday o‘yinlarda og‘irliklar ham asta – sekin oshirib boriladi. Chunonchi: maydonni kattalashtirish: maydonni kichraytirmay turib o‘yinchilarni sonini kamaytirish: sport jihozlarini sonini ko‘paytirish: yugurish masofani uzaytirish: to‘siqlar sonini oshirish: murakkab mashqlarni qo‘llash va ularning sonini ko‘paytirish va hokozo. Yuqorida ko‘rsatilgan metodik usullar izchillik bilan qo‘llanilganda maqsadga tezroq erishiladi. Egiluvchanlikni tarbiyalash maqsadida ayrim mushak guruhlari va bo‘g‘inlariga ta'sir ko‘rsatuvchi o‘yinlar tanlab olinadi. Bu o‘yinlar asosan maxsus sport jihozlari yordamida o‘tkaziladi. Og‘irliklar o‘rnida shug‘ullanuvchilarning o‘zlari ham qatnashishi mumkin. Aktiv egiluvchanlik mushaklarning kuchiga bog‘liq. Mushaklarning cho‘ziluvchanlik xususiyatlari esa markaziy nerv sistemasining ta'sirida o‘zgaradi. Shuning uchun o‘yinlarda zavq – shavq bilan qatnashilganda egiluvchanlik yuqori bo‘ladi. Egiluvchanlikni talab qiladigan o‘yinlardan oldin tegishli mashqlar bajarilishi lozim. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun “To‘plarni uzatish” va boshqa mashqlar tavsiya etiladi. Download 220.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling