Volume , issue iqro jurnali / 2023


Download 190.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.04.2023
Hajmi190.02 Kb.
#1358672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
730-736

IQRO JURNALI / 2023
VOL – 1 ,ISSUE – 2
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
E-ISSN : 2181-4341
berilgan. Ya’ni ular vazirlar qo’l ostida moliyaviy ishlar bilan shug’ullangan ma’murlarga
berilgan. Asxobi suxbat deb nomlangan uchinchi tabaqaga podshoning doimiy suhbatida
bo’lib turuvchi kishilar kirgan. Ular jumlasiga sadrlar ya’ni shariat ishlari boshlig’i, adolat
ishlari nodiri, qozilar, tabiblar va boshqalar kirgan. Arbobi xizmat deb atalgan to’rtinchi
tabaqaga podshoga xizmat qiluvchilar kirgan. Boburiylar saltanatida uzoq vaqt amalda
bo’lgan mansab va idoralar quyidagilardir. 1. Vaqil-bosh vazir. 2. Vazir-ma’naviy ishlarning
boshlig’i, agar bosh vazir yuk bo’lsa uning o’rnini egallagan. 3. Xoni somon-saroy va unga
bog’liq keng tashkilot rahbari. 4. Miri baxshi-askariy ishlarning harbiy va ma’naviy boshlig’i
5. Sadri Qul-diniy ishlar rahbari. 6. Qoqiul quzzot- adolat ishlari noziri. 7. Muxtasib diniy-
axloqiy ishlar targ’ibotchisi 8. Sorug’a-axborot va xabarlashuv ishlari boshlig’i.
2
Boburiylar
davridagi davlat lavozimlari.
Vakil. Vakil lavozimi egasi podshoh tomonidan tayinlanib, uning nomidan ish ko’rish
vakolatiga ega bo’lgan bosh vazir. Ya’ni Otaliqqa o’xshash davlat lavozimi. Vazir yoxud
devonbegi. Vazir lavozimidagi mansabdor bosh vazir hisoblanib, u moliya ishlariga ham
ma’sul bo’lgani uchun unga devonbegi deb ham qaralar edi-yu, biroq devonbegilarning
hammasi ham bosh vazir maqomiga ega bo’lavermasdi. Aslida “Vazir” lavozimi egasi,
asosan, moliya va davlat xazinasi ishlari uchun mutasaddi bo’lib, keyingi davrlarda unga
qo’shimcha vazifa tarzida boshqa idoralar faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan. Shuning
uchun saltanat ishlarini boshqarish uchun podshohning tajribasi yetarli bo’lmagan yoki
maishatga berilib ketgan paytlarda harbiy vazir, ya’ni qo’shinni boshqarish ishlari bilan ham
shug’ullangan. “Vazir” lavozimi egasi, asosan, fuqorolik ishlari bilan shug’ullanib, soliq
yig’ish va to’lov ishlari bo’yicha hujjatlar uning idorasiga kelib tushar va bu yerdan
viloyatlarning tegishli idoralariga ijro uchun yuborilar edi. Zarur hollardagina u shoh bilan
maslahatlashar va uning buyrug’i asosida ish olib borgan.
___________________________________________________________________
2
G’afurjon Satimov . Boburiylar saltanatida davlat boshqaruvi. – Toshkent-2018.18-bet


2023. volume 1, issue 2

Download 190.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling