Volume , issue iqro jurnali / 2023
Download 190.02 Kb. Pdf ko'rish
|
730-736
IQRO JURNALI / 2023
VOL – 1 ,ISSUE – 2 GUVOHNOMA № 060680 https://wordlyknowledge.uz/ E-ISSN : 2181-4341 berilgan. Ya’ni ular vazirlar qo’l ostida moliyaviy ishlar bilan shug’ullangan ma’murlarga berilgan. Asxobi suxbat deb nomlangan uchinchi tabaqaga podshoning doimiy suhbatida bo’lib turuvchi kishilar kirgan. Ular jumlasiga sadrlar ya’ni shariat ishlari boshlig’i, adolat ishlari nodiri, qozilar, tabiblar va boshqalar kirgan. Arbobi xizmat deb atalgan to’rtinchi tabaqaga podshoga xizmat qiluvchilar kirgan. Boburiylar saltanatida uzoq vaqt amalda bo’lgan mansab va idoralar quyidagilardir. 1. Vaqil-bosh vazir. 2. Vazir-ma’naviy ishlarning boshlig’i, agar bosh vazir yuk bo’lsa uning o’rnini egallagan. 3. Xoni somon-saroy va unga bog’liq keng tashkilot rahbari. 4. Miri baxshi-askariy ishlarning harbiy va ma’naviy boshlig’i 5. Sadri Qul-diniy ishlar rahbari. 6. Qoqiul quzzot- adolat ishlari noziri. 7. Muxtasib diniy- axloqiy ishlar targ’ibotchisi 8. Sorug’a-axborot va xabarlashuv ishlari boshlig’i. 2 Boburiylar davridagi davlat lavozimlari. Vakil. Vakil lavozimi egasi podshoh tomonidan tayinlanib, uning nomidan ish ko’rish vakolatiga ega bo’lgan bosh vazir. Ya’ni Otaliqqa o’xshash davlat lavozimi. Vazir yoxud devonbegi. Vazir lavozimidagi mansabdor bosh vazir hisoblanib, u moliya ishlariga ham ma’sul bo’lgani uchun unga devonbegi deb ham qaralar edi-yu, biroq devonbegilarning hammasi ham bosh vazir maqomiga ega bo’lavermasdi. Aslida “Vazir” lavozimi egasi, asosan, moliya va davlat xazinasi ishlari uchun mutasaddi bo’lib, keyingi davrlarda unga qo’shimcha vazifa tarzida boshqa idoralar faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan. Shuning uchun saltanat ishlarini boshqarish uchun podshohning tajribasi yetarli bo’lmagan yoki maishatga berilib ketgan paytlarda harbiy vazir, ya’ni qo’shinni boshqarish ishlari bilan ham shug’ullangan. “Vazir” lavozimi egasi, asosan, fuqorolik ishlari bilan shug’ullanib, soliq yig’ish va to’lov ishlari bo’yicha hujjatlar uning idorasiga kelib tushar va bu yerdan viloyatlarning tegishli idoralariga ijro uchun yuborilar edi. Zarur hollardagina u shoh bilan maslahatlashar va uning buyrug’i asosida ish olib borgan. ___________________________________________________________________ 2 G’afurjon Satimov . Boburiylar saltanatida davlat boshqaruvi. – Toshkent-2018.18-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling