Volume-23, Issue-2, December 2022 172 boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 76.88 Kb. Pdf ko'rish
|
172-178
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-23, Issue-2, December - 2022 177 muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining milliy istiqlol g’oyasi va mafkura asoslari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, o’quvchilarda ularga nisbatan munosabatni shakllantirish samarali yo’l hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida lmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og’zaki ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta. Kelajagi buyuk davlatni barpo qilguvchi mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, din, oldi-sotdi bilangina shug’ullanavermasdan eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm- fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma’rifatga birinchi darajali e’tibor berish tufayligina ko’tarilish mumkinligini tushunish ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga kiradi. Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki, uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo’lmay, balki ko’pchilik, ijtimoiy fikr tomonidan bajariladigan ijtimoiy-tarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko’p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan O’zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo’lishi davr taqozosidir, chunki shaxsiy dunyoqarashga ega bo’lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir bo’ladilar.Respublikada olib borilayotgan siyosatning bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz”. Oradan oylar, yillar o‘tib Yurtboshimiz ko‘rsatib bergan, belgilab bergan xaritalar o‘z mevasini bermoqda. Ta’lim tizimida tarbiyani nimadan boshlash kerakligi, nimalarga e’tibor berishligi, qanday mutaxassislar bilan ish olib borish, kimlarning o‘gitlarini yoshlarga o‘rgatish o‘z izniga tushdi. Oila, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllandi, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o‘tib borishi ta’minlanmoqda. Farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish, vatanparvarlik ruxida tarbiyalar maqsadga muvofiq ekan har bir ota-onaga baxtli oila bo‘lishiga tilakdoshmiz, farzandlar tarbiyasida donolik bilan ish olib borishini so‘rab qolamiz. Download 76.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling