Volume-23, Issue-2, December 2022 172 boshlang’ich sinf o’quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 76.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.10.2023
Hajmi76.88 Kb.
#1712553
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
172-178

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-23, Issue-2, December - 2022
 
174 
mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr 
talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda 
ta’lim-tarbiya muassasalarining roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura» 
- nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui), jamiyatdagi muayyan siyosiy,huquqiy, 
axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui. 
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-
siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun 
tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy 
tayanch bo’lib xizmat qilishidir. O’quvchilarga ta’limtarbiya berish vazifalaridan biri 
ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda 
maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti — o’quvchini Shaxs sifatida 
muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan 
bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini 
belgilaydi: 

tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini 
ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni 
o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini 
bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi; 

til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til 
tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi; 

til va tafakkur atrofimizni o’rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. 
Tafakkur 
tashqi 
dunyoning 
tushunchadagi 
ifodasi 
hisoblanadi. 
So’z 
tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Dunyoda yo’q narsa ongda ham, 
tilda ham bo’lmaydi. Bu holat o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini 
tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o’rab olgan muhitni, 
voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o’rganilishini 
belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalaridan biriga, 
ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob 
tayyorlash hisoblanadi; materiya - birlamchi, ong - ikkilamchi degan 
tushunchadan o’quvchilarning xabardor bo’lishiga yordam beradi; 

til - barcha tomonlari o’zaro dialektik bog’lanishda va birlikda bo’lgan murakkab, 
ko’p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha 
jihatlari birbiriga o’zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o’zining aloqa 
quroli vazifasini bajara oladi. 
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini 
shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan 
material alohida qimmatga ega. Materialning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi 
o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, histuyg’ulariga ta’sir etadi, atrofmuhit haqidagi 
bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, 



Download 76.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling