Volume-26, Issue-2, January–2023 1


Jo'raqulova Gulbaxor Sattorovna


Download 5.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/194
Sana09.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1760210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

Jo'raqulova Gulbaxor Sattorovna 
Toshboyeva Saida Xurramovna 
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tili 
darslarida 
ijodkorligini 
oshirish,innovatsion 
metodlardan 
foydalanish 
va 
samaradorligini ta’minlashning ahamiyati xususida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: mulohaza yuritish, ko`nikma, o`zlashtirish, ijodiy topshiriqlar
boshlang’ich ta’lim, pedagogik tayyorgarlik, metodika,bilim ko`nikma. 
Istiqlol tufayli xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Bu esa, o‘z 
navbatida, ta’lim tizimiga, jumladan, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning 
maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
hamda Xalq ta’limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to‘g‘risidagi qarori 
va talablaridan kеlib chiqib, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan yangi ona tili 
darsliklari nashr qilinmoqda. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qo‘yilmoqda. 
Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda bеrilgan o‘quv topshiriqlari o‘quvchini faol 
ishlashga, shuningdеk, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o‘rgatadigan shaklda 
tuzilmog‘i zarur. Hozirda amaldagi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari zamon 
talablariga javob bеradimi dеgan savolga javob izlash maqsadida mazkur darsliklarni 
tahlil qilamiz. Ma’lumki, boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning keng 
miqiyosda mulohaza yuritish va mustaqil fikrlash, qarorlar qabul qilish ko’nikmalari 
to’liq shakllanmagan bo’ladi. Shu bois, birinchi sinf ona tili darslarida o’quvchilarda 
asosan mashq ustida ishlash ko’nikmasi shakllantiriladi. Bunda ko’proq o’qituvchi 
tomonidan bolalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlarni tayyor holda beradi, o’zi 
savollar qo’yadi, savol va topshiriqlarning yechimini topish yo’llarini ham 
o’qituvchining o’zi ko’rsatadi. Bu bilan o’quvchilarga ta’lim berishda yuqori 
samaradorlikka yerishib bo’lmaydi. Chunki, hozirgi kunning talabi o’quvchilarni faol 
harakatga keltirishdan iboratdir. Shunday yekan, ona tili mashg’ulotlarida 
o’quvchilarni faol harakatga keltiradigan, ularni mustaqil fikrlashga undaydigan
mulohaza yuritishga chorlaydigan topshiriq va mashqlarni tavsiya yetish maqsadga 
muvofiqdir. Ona tili darslarida ijodiy topshiriqlar o’quvchilarning tafakkur doirasini, 
og’zaki va yozma nutqini va mustavil fikrlashga o’rgatishda muhim o’rin tutadi.



Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling