Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet


Umumlashtirish darajasiga


Download 125.32 Kb.
bet19/34
Sana08.01.2022
Hajmi125.32 Kb.
#253693
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi Word

Umumlashtirish darajasiga ko`ra ham badiiy obrazning qator ko`rinishlari – individual obraz, xarakter, tipik obraz kabilar ajratiladi. Biroq, aytish kerakki,  ularning orasidagi farq doim ham yaqqol ko`zga tashlanavermaydi, ya'ni bu xil bo`linishda muayyan darajada shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deyilganda o`zigagina xos bo`lgan fe'1-atvori, gap-so`zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon bo`luvchi obrazlar tushuniladi (mas., “O'tmishdan ertaklar”dagi Babar, «Mening o`g`rigina bolam» hikoyasidagi Roqiya bibi). Xarakter deganda esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o`zida uyg`un mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Tipik obraz deyilganda, muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o`zida namoyon etgan obraz nazarda tutiladi.

Umumlashtirish darajasiga ko`ra yana badiiy obrazning motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko`rinishlari ham ajratiladi. Yuqorida ko`rib o`tganimiz individual, xarakter va tipik obrazlar bir asar doirasi bilan cheklansa, keyingi uchalasi adabiy-madaniy an`anaga ko`ra muayyan turg`un shaklga aylanib, asardan asarga ko`chib yurish xususiyatiga ega.



Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg`unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir. Masalan, Cho`lpon ijodi uchun «yo'l» obrazi motiv sanalishi mumkin. Ayni shu obraz uning ham she'riy, ham nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki Cho`lpon ijodiga xos bo`lgan «yulduz», «yo'lchi» motivlari 20-30-yillar she`riyatida, xususan, A.Fitrat, Oybek va U.Nosir asarlarida ham uchraydi.

Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo`lib, u umuman milliy madaniyatda, katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. Shu jihatdan, o`zbek mumtoz she'riyatidagi payg`ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi qator takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin.


Download 125.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling