Vositachisi bo’lmish olmosh so’z turkumi bo’yicha ba’zi mulohazalar yuritilgan
Download 421.29 Kb. Pdf ko'rish
|
olmosh-so-z-turkumi-haqida-ba-zi-mulohazalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatish ma’nosini anglatuvchi olmosh - (
- O’zlik olmoshi.
- So’roq olmoshi.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1252 w www.oriens.uz December 2022 2. Ko’plikni ifodalovchi olmosh birlik uchun qo’llanadi: Bu ishni biz uddaladik. Ushbu gapda men o’rnida ishlatilgan biz maqtanish, kibr ma’nosini ifoda etmoqda. 3. Men o’rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada yechimni kutayotgan muammoni olib chiqdik. 4. Sen o’rnida siz, u o’rnida ular omoshi ishlatilib, hurmat ma’nosini ifodalaydi: Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko’raman. Ular ham meni sevadi. 5.Siz olmoshi, ko’pincha , birlik sonda hurmat ma’nosida qo’llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko’plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz. 6. Kishilik olmoshiga { - lar } qo’shimchasi qo’shilganda turli ma’no voqealanadi: - Senlarga aytyapman ( kamsitish ma’nosi ). - Sizlarda insof bormi? ( ko’plik ma’nosi ). 7. O’zbek tilida III shaxs ko’plik olmoshi , aslida birlik sondagi olmoshning ko’plik shaklidir: u + lar. II. Ko’rsatish ma’nosini anglatuvchi olmosh - ( [ bu ], [ shu ], [ mana ], [ u ], [ o’sha ], [ hov ] va boshqalar ) shaxs, predmet, belgini alohida ko’rsatish, ta’kid ma’nosi uchun xizmat qiladi. Ular ifodalovchi ( ishoraviy ) noma ham turlicha: - Shaxs yoki predmetga ishora qiladi: - Siz o’shami? ( A.Qodiriy ) - Belgiga ishora qiladi: - Menda ham shunaqa kitoblar bor. - Vaqtga ishora qiladi: - Shu – shu Fotima kelmay qoldi. - O’ringa ishora qiladi: - Siz – unda, biz – bunda. III. O’zlik olmoshi. Bu olmosh turi “ ta’kid”, “ tegishlilik” ma’nosini bildiradi: Mening o’zim bilaman. “ o’xshatish” ma’nosini ham matndagi o’z so’zi orqali hosil qilinadi: Onasining o’zi. “ Umumiylik”, “ noaniqlik” kabi ma’no – O’zim. ( shunchaki) turdagi gapda ro’yobga chiqadi. V. So’roq olmoshi. Shaxs, predmet, belgi, harakatni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Ular quyidagiga bo’linadi: - Shaxsga nisbatan qo’llanuvchi olmosh ( [ kim ], [ kimlar]) ; - Voqea – hodisa, predmetga nisbatan qo’llanuvchi olmosh ( [nima ], [ nimalar ]); - Belgini amiqlashga qaratilgan olmosh ( [ qanday ], [ qanaqa ]); - Sabab va maqsadni aniqlashga qatarilgan olmosh ( [ nega ], [ nima uchun ] ); - Miqdorga nisbatan ishlatiluvchi olmosh ( [ necha ], [ qancha ]); - Harakat – holatga nisbatan ishlatiluvchi olmosh ( [ nima qildi ], [ nima bo’ldi ]); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling