Vositalari faoliyati tarixi


Download 304.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.11.2023
Hajmi304.67 Kb.
#1795896
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2274-Текст статьи-6275-1-10-20230418 (1)



Образование и инновационные исследования (2023 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
23
http://interscience.uz
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT 
VOSITALARI FAOLIYATI TARIXI
Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich,
katta leytenant, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Matbuot 
xizmati boshlig‘i
Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari 
faoliyatining o’zgarish va muammolar qisqacha ko’rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: ommaviy axborot vositalari, mustaqillik, tarix, madaniy meros.
Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik 
programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot 
vositalari deganda qonunshunos «keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, 
audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi». Ommaviy axborot 
vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish 
hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki 
tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta 
hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib 
o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. 
Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining 
komplekslari «ommaviy informatsia va propaganda vositalari» yoki «Ommaviy 
axborot vositalari» deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul 
qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi 
bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon 
roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab 
chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan 
axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari 
bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik 
ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, 
ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, 
siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi 
Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab 
chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus 
qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi.
Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, 
hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish 
yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan 
materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni 
targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga 
tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy 
filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash 
programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar 
yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va 
fotos`yomka yerdamida tayorlangan, mavjud jo`rnalist huquqi yordamida ijtimoiy 
muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, ishonchli manba tariqasida mish-mish 
tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi. 
Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, 
yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi, 
hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida 
ishlatish taqiqlanadi.
Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil 
etadi, ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon 



Download 304.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling