Vositalari faoliyati tarixi
Download 304.67 Kb. Pdf ko'rish
|
2274-Текст статьи-6275-1-10-20230418 (1)
Образование и инновационные исследования (2023 год №1) ISSN 2181-1717 (E) 23 http://interscience.uz MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATI TARIXI Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich, katta leytenant, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Matbuot xizmati boshlig‘i Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyatining o’zgarish va muammolar qisqacha ko’rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: ommaviy axborot vositalari, mustaqillik, tarix, madaniy meros. Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos «keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi». Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat. Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari «ommaviy informatsia va propaganda vositalari» yoki «Ommaviy axborot vositalari» deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi. Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi. Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotos`yomka yerdamida tayorlangan, mavjud jo`rnalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi. Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi, hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida ishlatish taqiqlanadi. Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil etadi, ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon Download 304.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling