Vositalari


Download 442.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana28.10.2023
Hajmi442.57 Kb.
#1730387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
vS88Pyx7FHb0GH6S9gUE7fy8L4GLggbxIjTDMM0R


25-30 
81 -100% 

 
5- sinfda “Oddiy kasrlar” bobiga doir o‘quvchilar yutuqlarini 
baholash bo‘yicha 7-nazorat ishi variant namunasi 
Odatda nazorat ishining bir-biriga teng kuchli bo‘lgan 2 xil variantda 
tuziladi. Lekin, ob’ektivlikni ta’minlash uchun variantlar sonini 4 ta qilib tuzgan 
ma’qul. Quyida shunday variantlardan birini namuna sifatida keltiramiz. Undan 18 
ta rang-barang topshiriq o‘rin olgan. Topshiriqlar qoloq o‘quvchilardan toptib, 
a’lochi o‘quvchilargacha moslab tuzilgan.
Topshiriqlar soni nega buncha ko‘p? Bu topshiriqlarni tahlil qilib 
chiqqandan so‘ng bu savolga javob topishingiz mumkin. Nazorat ishini bajarish 
uchun a’lochilar uchun ham vaqt yetar-yetmas bo‘lishi muhim. Shunda hamma ish 
bilan mashg‘ul bo‘lib, ko‘chirmachilikka vaqt qolmaydi.
Bunday nazorat ishi topshiriqlarini o‘tkazishda quyidagi tashkiy ishlarga 
ham e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Topshiriqlar ko‘p bo‘lgani uchun, ularni 
daftarga ko‘chirib yozish ham ko‘p vaqtni olib qo‘yadi. Vaqtdan yutish maqsadida 
har bir o‘quvchiga nazorat ishi topshiriqlarini alohida bir varaq qog‘ozga 
bosmadan chiqarib tarqatish lozim bo‘ladi. Bir varaq qog‘oz ikkiga buklanib
tepada dastlab nazorat ishi nomi yoziladi, so‘ng esa nazorat ishi topshiriqlari to‘liq 
keltiriladi. Nazorat ishi varag‘ida o‘quvchilar o‘z ism familiyalari, sinfi va nazorat 
ishi nomerini yozishadi. So‘ng har bir topshiriqqa ajratilgan joylarni talab qilingan 
yozuvlar bilan to‘ldiradilar. Yuqorida keltirilgan variantda javoblar uchun maxsus 
joylar tashlab ketilgan. Topshiriq turidan kelib chiqib, tegishli javoblar doiraga olib 
belgilanadi, topshiriqda aytilgan tegishli sohalar bo‘yaladi, shakllar chiziladi, 
chiqiqlar chizib mosliklar o‘rnatiladi, qoldirib ketilgan belgi va sonlar yoziladi
sonli qisqa javoblar (yechimsiz) ajratilgan joyga yoziladi, to‘liq yechimlar esa 
qoldirilgan joyda keltiriladi. Dars oxirida varaqlar yig‘ib o‘qituvchiga topshiriladi.
Shuningdek, agar maktabda kompyuter sinflari yyetarli bo‘lsa, bunday 
nazorat ishlarini kompyutyerda o‘tkazgan ma’qul bo‘ladi. Bu holda, albatta
topshiriqlarini kompyutyerda tekshirishga moslab qayta tuzish lozim bo‘ladi. 
Kompyutyerda test olisga mo‘ljallangan ko‘plab tayyor kompyuter dasturlari 
mavjud. Masalan, iSpring QuizMarker deb nomlangan dastur juda qulay va 
ko‘rgazmali qilib ishlangan bo‘lib, 12 xil tipdagi topshiriqlar asosida nazorat ishini 
o‘tkazishga mo‘ljallangan.



Download 442.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling