Vositalari


Download 442.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana28.10.2023
Hajmi442.57 Kb.
#1730387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
vS88Pyx7FHb0GH6S9gUE7fy8L4GLggbxIjTDMM0R

Test topshirig‘i – bu testning tarkibiga kirgan har qanday topshiriq turi.
Test (baholash) topshiriqlari – ta’lim natijalarini xolisona nazorat 
qilishning didaktik va texnologik vositalaridan hisoblanadi.
Test sinovlari yordamida barcha o‘quvchilarning bilimini bir vaqtda 
tekshirish, ularni mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga, mustaqil o‘qish 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatish, intizomini mustahkamlash kabi 
imkoniyatlar yaratiladi.
Matematikadan test (baholash) topshiriqlarining turlari
Javobning berilishiga qarab test topshiriqlari ochiq yoki yopiq turda 
bo‘lishi mumkin. 
1. Yopiq test topshiqlari 
Bu turdagi test topshiriqlari asosiy savol va unga bir nechta muqobil 
javoblardan tuziladi. Berilgan javob variantlari ichidan eng to‘g‘risini (yoki 
to‘g‘rilarini) tanlash talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan javob variantlari 
cheklangan, ya’ni yopiq bo‘ladi. 
2. Ochiq test topshiriqlari 
Bu turdagi testlar javobi tanlanadigan yopiq testlardan farqli ravishda oddiy 
savoldan (masaladan) iborat bo‘ladi, ya’ni savol (masala) ning javob variantlari 
berilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, javob variantlari cheklanmagan, ya’ni ochiq 
bo‘ladi.
Bunda javobni taxminan belgilash imkoniyati bo`lmaydi. Bunday testlar 
javobini topish uchun o‘quvchilardan aniq va asosli bilimlar bo`lishi talab etiladi. 
Ochiq test topshiriqlari savoliga yozma ravishda barafsil javob berish yoki qisqa 
javob berish talab qilinishi mumkin.
Masalan, matematik masala berilib, agar uning yechimi to‘liq va batafsil 
yozish talab qilinsa, bu topshiriq – batafsil test topshirig‘i, agar masalaning faqat 
oxirgi javobini (so‘z yoki sonlar bilan) yozish talab qilinsa – qisqa javobli test 
topshirig‘i bo‘ladi. Yopiq yoki javobi yoziladigan testlardan ko`proq oraliq va 
yakuniy nazoratlarda samarali foydalanish mumkin. 

Download 442.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling