Vositalarining ishlatilishi
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Download 499.09 Kb. Pdf ko'rish
|
erkin-vohidov-she-riyatida-tilning-tasviriy-vositalarining-ishlatilishi
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tilda biror predmetning boshqa predmetlardan ajralib turadigan o’ziga xos xususiyatini ta’kidlash uchun uning maxsus belgisini ko’rsatib turuvchi so’zlardan foydalaniladi, yoki shu predmet belgisini o’zidan-uzoq gaplar vositasidan izohlab o’tirmasdan, uni boshqa biror predmetga o’xshatish bilan konkretlikka, aniqlikka erishiladi. [2] Shoirni o'zi bayon qilayotgan fikrni tinglovchiga ixcham, aniq, ta'sirchan va tushunarli qilib yetkazib berishga harakat qiladi. Masalan, ko'pincha biror narsa, belgi, SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 431 xususiyatini tinglovchi yoki o'quvchiga tushunarli, aniq qilib tasvirlab berish uchun uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Shunday vaqtlarda so'zlovchi va yozuvchi ayni shu fikrni bayon qilib berishda aytganimizdan birdan ortiq, uzundan-uzoq gaplarni qatorlashtirib tashlashdan qochadi-yu, ammo shu fikrni boshqa vositalar bilan ifodalaydi. Bu tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda – tasviriy vositalar deyiladi.Maxsus ifoda – tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo'linadi. Maxsus ifoda – tasviriy vositalar, tilda obrazlilik, hissiylikni keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta'sir qiladi.[6] NATIJALAR Erkin Vohidov asarlarini o‘qiganingizda, ularda inson azobini ko‘rgandek bo‘lasiz. Shoir she’rlarini o‘qib, go‘yo afsonaviy olamga tushib qolgandek bo‘lasiz. Shoirning tili erkindir. U har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlatishni bilgan, shoir esa so‘zlarni takrorlashdan qochgan. E.Vohidov ijodining asosiy xususiyati shundan iboratki, so‘zda so‘zning ichki shakli yo‘qolguncha tilning she’riy tabiati saqlanib qoladi va aksincha, ichki shaklning ramziy xususiyatini unutib qo‘yish yoki yo‘qotib qo‘yish nasriy xususiyatga olib keladi. so'z. Shoir she'riyat va nasrga bo'linib, tillar o'rtasidagi farqni, bir tomondan - san'atni , ikkinchi tomondan - ma'naviyatni tushundi. Umuman san’atda bo‘lgani kabi she’riy tilda ham obraz asosiy rol o‘ynaydi. Demak, E.Vohidov rasmda tasvirlangan kompozitsiyani, voqea va personajlarni mazmunni ko‘rsatish usuli sifatida obrazga, obrazlar tufayli yuzaga kelgan his-tuyg‘u va fikrlarni esa mazmunning o‘ziga bog‘laydi.[3] MUHOKAMA Erkin Vohidov soʻzning chinakam jozibasini oʻziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning dilidagini sheʼrga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, oʻlmas satrlarda muhrlagan qalb meʼmoridir: El-ustozim, men esa tolib, Soʻz durlarin termoqdir ishim. Odamlarning oʻzidan olib, Odamlarga bermoqdir ishim. [4,] Haqiqatan ham, shoirning hassos qalbi hamisha uni eʼzozlagan Ona xalqi bilan birga boʻldi, u xalq kechmishlarini qalban his etdi, uning dardlari bilan yondi va ularni oʻziga xos uslubda ifoda etdi: Mayli, umrim abadiy emas, Mayli, yashay faqat bir nafas, Lekin meni oyga qilib teng, Shuʼlalardan yasab koshona. Quyosh sari uzatgan xalqning Boshi uzra boʻlay parvona. [4,]. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 499.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling