Vzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi b. Husanov, V. G‘ulomov muomala madaniyati


Har kimki chuchuk so *z elga izhor aylar


Download 5.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana22.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1794682
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
Muomala-madaniyatiB.HusanovV.G ulomov

Har kimki chuchuk so *z elga izhor aylar
''
Har nechani ag *yor durur yo r aylar
.
S o ‘z qattig‘i el k o ‘ngliga ozor aylar,
YumshogH k o ‘ngillami giriftor aylar.
Xushmuomalalikning aksi qo‘pollik, dag‘allik, badjahllik va 
dilozorlikdir. Bunday nuqsonlar insonning axloqiy sifatlariga ko‘rk 
bag‘ishlamaydi, aksincha, insonni yanada tubanlashtiradi. Shu bois 
xushmuomalalikning insonlar, jumladan, mo‘minlar uchun qanchalik 
ahamiyatga ega ekanligi Imom al-Buxoriyning «Hadislar» to‘plamida 
keng va atroflicha tilga olinib, rivoyatlar orqali bayon qilingan.
Inson ko‘rinishidan hech narsa demasa ham, ichida hamisha 
gapiradi. Bu hoi go‘yo loy qorishgan suv toshqiniga o ‘xshaydi.
1 Bu haqda qarang: Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy. 
Hadis.4-jild. Т.: Qomuslar bosh taxririyati, 1997. 528 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


T o shqinning toza suvi insonning so‘zi (nutqi), balchig‘i esa 
hayvonligidir. Biroq balchiq unda o ‘tkinchi bo‘lib, vaqt kelib ulardan 
asar ham qolmaydi. Yaxshi yoki yomon boiishiga qaramay, so‘zlar, 
hikoyalar va bilimlar qoladi...Odamlarning yomonliklariga sabr 
qilmoq, go‘yo o ‘z nopokligini ularga surtib tozalangan kabidir. Se- 
ning fe’li-xuying tahammul bilan yaxshilanadi. Ulamiki esa zulm va 
yomon muomala sababli buziladi. Buni eslab olding va endi o ‘zingni 
pokla»1 - deydilar Mavlono Jaloliddin Rumiy.
O iladagi va um um an , jam iyatdagi xatarli m uam m olarni 
sin c h ik la b o ‘rganilsa, k o ‘p in c h a ularning kelib chiqishi — 
o ‘ylamasdan, ehtiyotsizlik bilan aytilgan qo‘pol so‘zga borib taqaladi. 
Chiroyli so‘z esa, yaxshi muomala, mehr-oqibat kalitidir.
Takrorlash uchun savollar:
1. Shirinso‘zlik va uning shartlarini ko‘rsating?
2. So‘zning kundalik hayotda fikr almashuv vositasi sifatidagi 
aham iyati nimada
3. Yolg‘onning shaxs kamolotiga salbiy ta’siri nimalarda ko‘rinadi?
4. “Yaxshi gapirish'’ m a'nosini tushuntiring?
5. Chiroyli muomalaning qudrati nimada?
6. Axloq va odobning o ‘zaro bog‘liqligi nimada?
7. Xushmuomalalikning shaxs kamolotiga ta’siri nimalarda ko‘rinadi?
8. Xushmuomalalik va shirinso‘zlikning aksi bo‘lgan tushuncha- 
lam i sharhlang?
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. Shirinso‘zlikning tarixiy-ilmiy manbalari.
2. Insonlararo muloqotda shirinso‘zlikning ahamiyati.
3. Andishasiz va behayo soczlar muomala madaniyatidagi illat 
sifatida.
4. Shirinso^likning mas’uliyati.
5. Chiroyli muomala insoniy fazilat sifatida.
6. Chiroyli muomalani paydo qiluvchi omillar.
7. Muomalada bilimning ahamiyati.
8. Chiroyli muomalaning shaxs kamolotiga ta’siri.
1 Mavlono Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. T.Yozuvchi, 1997. 
67 b
www.ziyouz.com kutubxonasi


7-BOB. NUTQ - INSONLARARO MULOQOTDA 
MUOMALA MADANIYATINING 
M UHIM VOSITASI
7.1. Yozma nutqda muomala madaniyatining 
ahamiyati va zaruriyati
Jahonga Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylarni bergan Mova- 
rounnahr allomalari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lgan Muhammad 
Abu Homid G ‘azzoliy o‘zining «Ixyou ulumid-din» asarining «Hasad 
mazammati bayoni»da xat va noma orqali hasadning axloqiy illat 
ekanligini bir rivoyat misolida ko‘rsatib bergan edi. Rivoyatda 
keltirilishicha, podshohning oldiga kelib yuradigan bir kishi doimo 
unga «Senga yaxshilik qilganga, yaxshilik qil, yomonlik qilguvchiga 
esa, yomonlik qilma, chunki qilgan yomonligi o ‘ziga qaytgusidir» 
der ekan. Bu kishining podshoh huzuridagi obro‘-e ’tiboriga bir 
kimsaning hasadi kelib, uni podshohga yomonlaydi: «U odamlar 
orasida «Podshohning og‘zi badbo‘y» degan gap tarqatib yuribdi: 
Agar so‘zimga ishonmasangiz uni oldingizga chaqirib, yaqinroq 
gapiring, shunda u og‘zini berkitadi» deb ig4vo qiladi. Hasadgo‘yning 
gapiga ko‘ra, podshoh uni huzuriga chorlaydi va unga yaqinroq turib 
gapiradi. Bir kun oldin to ‘yib sarimsoqpiyoz egan haligi odam, o ‘z 
og‘zidan kelayotgan sassiq bo‘ydan uyalib, og‘zini berkitadi, 
podshoh ig‘vogarning gapi «haqiqat» ekanligini anglaydi.
Bu shohning shunday odati bor edi: birovga hadya yoki mukofot 
bermoqchi bo‘lsa, unga o‘z qo4li bilan xat yozib berardi. Bu gal ham 
xuddi shunday qildi. Podshoh «Xatimni olib borgan kimsani so4yib, 
terisini shil va ichiga somon tiqib, mening oldimga jo ‘nat» degan 
mazmunda noma bitib, xatni u kishining qo‘liga tutqazadi. Xat esa 
taqdir taqozosi bilan hasadgo‘yga hadya qilinadi va yaxshi odam qoilb, 
hasadgo‘y o ‘limga mahkum bo‘ladi.
G archand qayg‘uli bo‘lsa-da, ushbu rivoyatni keltirishimizdan 
maqsad shuki, noma va maktublar madaniy inson kashf etgan 
muloqotlarning eng go‘zal, eng ta’sirchan va eng qulay vositasidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sharqda noma yozish Evropadagidek keng urf bo‘lmagan, lekin Sharq 
adabiyoti nom aning g o ‘zal shakllarini yaratgan. 0 ‘rta Osiyo 
adabiyotlarida nomalar garchi mustaqil janr sifatida shakllangan 
bo ‘lsa-da, lekin um um an yozishmalar oddiy xalq o ‘rtasida keng 
tarqalmadi. Noma, maktub va yozishmalarning jahon adabiyotida, 
xususan, Sharq adabiyotidagi mavqei xususida g‘oyatda e’tiborli 
fikrlarni ilgari surgan adabiyotshunos olim I.G ‘afurov deydiki, 
«Yozishmalar ham davrlar, ham davr odamlarining qiyofalarini 
kelajak nasllar oldida ravshan qiluvchi shahodatlardir. Xatlarda 
yozuvchi, ijodkor, uning shaxsi ichki dunyosi shakllanadi. Sharq 
adabiyotlari bu shahodatning inson hayotida qanchalar muhimligini 
ham m adan ilgari angladi. Yozishmalami asarlar ichiga turli shakllar 
va turli mundarija yo‘nalishlarida olib kirdi»1.
Maktub madaniyati — yozuv madaniyati, yozma madaniyatning 
bebaho bo‘lagi. Maktub madaniyati e’tiborsiz joylarda yozma adabiyot 
quloch yozib rivojlanmagan b o £ladi. Maktub, avvalo, fikrlashga, 
atrofga razm solib qarashga, yaxshi-yomonni tanishga, har narsaga 
mustaqil baho berishga, o ‘z flkriga ega bo‘lishga, kuzatuvchanlikka 
o ‘rgatadi. Shular barobarida maktub yozish inson ijtimoiy faolligining 
eng yorqin ko‘rinishlaridan biridir.
Kamolot keltirmagan, saodatni yaqinlashtirmagan, marhamat 
tuyg‘usini uyg‘otmagan har qanday so‘z puch so‘zdir. Puch so‘zlarga 
o‘rganib qolgan xalq qashshoqlik va razolatlardan qutulishda qiynaladi. 
Puch so‘zlar har narsadan yomondir. Atrofimizga e ’tibor bersak, 
o ‘zaro muloqotda siyqasi chiqqan, tuturuqsiz, bachkana so‘zlar bilan 
to ‘lib-toshganligining guvohi bo‘lamiz.
D aholarning bir-birlari bilan bo‘lgan yozishmalariga nazar 
tashlasak. Ular mazmun va mohiyat jihatidan yuksak darajadagi 
insonparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘ularining g o ^ a l 
madaniy namunasini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada Abu Rayhon 
Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari, Ibn Sinoning Bahmanyor 
al-O zorbayjoniyga bitgan maktublari va hokazo xiradmand va 
donishmand kishilaming bir-birlari bilan ilmiy, m a’rifiy va maishiy 
sohalarga doir maktublari xalqimizing madaniy yodgorligi sifatida 
qadrlidir. Ayniqsa, Hazrat Navoiyning «Munshaot» deb nomlangan
1 G‘afurov 1. Hayo - xaloskor. T.:. Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompniyasi bosh tahririyati, 2006. 232 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


asariga jamlangan maktublar o ‘zining ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy- 
ma’rifiy hamda jamoatchilik manfaatlariga ko‘ra yuksak ahamiyatga 
ega. Navoiyning maktublari ko‘proq saltanat valiahdlariga bitilganligi 
qayd qilinadi. Xususan, Badiuzzamon Mirzoga yozgan insholaridan 
Navoiyning o kz zamonasining fozil, hokisor va mehribon hukam o 
kishisi bo‘lganligini ilg‘ash qiyin emas. Navoiyning shahzodalarga 
maktublari bu — shaxzodalarga maktublargina emas, ular o ‘sha 
davrning barcha yoshlariga, barcha el-yurt yo‘lida xizmat qiluvchilarga 
qaratilgan pandlar, deb tushunmoq kerak. Navoiy o‘z xatlarida davr 
nuqtai-nazaridan turib, bebosh shahzodalarni tartibga, shafqatga, 
adolatga va hamkorlikka chaqiradi: bu xatlar Navoiyning ijtimoiy va 
insoniy qarashlarini ifodalaydi.
Bu borada adabiyotshunos olim l.G‘afurovning yuqoridagi kitobiga 
murojaat etmoqcliimiz. I.G ‘afurov Navoiy maktublarining mazmun- 
mohiyati, maqsadi va uning ahamiyatini atroflicha ko‘rsatib bergan. 
Jumladan, Navoiyning Badiuzzamon Mirzoga bitgan xatidagi «Bu 
faqiri hoksor va hokivashi bee’tiborkim, bu davlatlig‘ eshik ostonasig‘a 
tufrog‘dek tushib erdimu xayolimda bu erdikim, magar ajal sarsori 
tufrog‘imni bo‘sag‘adin sovurg‘ay va o ‘lim sayli hoshokimni bu 
eshikdin surgay va lekin xayol botil (bekorchi) ekandur va muddao 
otil (behuda)» so‘zlardan Navoiy shoh xonadoni a ’zolarining fe’l- 
atvorlari, xatti-harakatlari, el-yurtga, saltanatga m unosabat va 
muomala yo‘llarini juda yaxshi bilishi va xatda shahzoda Badiuzzamonga 
og‘ir botmaydigan so‘zlami topib yozishga harakat qilgan: « 0 ‘zini 
davlatlik xonadon ostonasidagi tuproq deb tanitadi»1, shoh xona- 
doniga eng yaqin kishi ekanligini ta’kidlaydi. Bunday munosabat 
Navoiyning nafaqat buyuk shoir, so‘z ustasi, balki kim bilan qan- 
day muomala qilishni o lrgatadigan, muomala madaniyatida o ‘ta no- 
zik shaxs ekanligidan dalolatdir.
Buyuk alloma Mahmudxo‘ja Behbudiyning asrimiz boshlarida yozib 
qoldirgan o ‘quvchilar uchun tuzilgan «Kitobal-ul atfol» darsligi va 
unda bayon etilgan xat yozish shartlari va maktub odoblarini xalqimiz 
muom ala m adaniyatining ziynati sifatida qadrlashi m um kin. 
C h u n o n ch i, m azkur darslikning «Xat yozm oq sh artlari» d a 
«Yozilaturgon so‘zlar ichig‘a har kim bilmayturgon lug‘at mumkin

G ‘afurov I. Hayo - xaloskor. 
Т.: 
Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompniyasi bosh tahririyati. 2006. 884 b. 235 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qadarincha yozmasg‘a va inchunin, avomcha va ko‘chagi iborat va ayb 
sanalaturgon kalima va laqablarni yozmas»likni aytadi. Shuningdek, 
«M aktubg‘a haqorat, ta’na, hazil, fisq va gunohga taluq so‘zlar aslo 
yozilmasun» deb uqtiradi. Behbudiy taklif etgan maktub odobining 
go‘zalligini qo‘yidagi m atnlar orqali bilishimiz mumkin:
Farzandning otaga yo‘llaydigan maktubida:

Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling