Web dasturlash asoslari fanidan tayyorlagan
Sport klubiga a’zo bo‘lish hamda a’zolarning huquq va majburiyatlari
Download 331.91 Kb.
|
Xudoyberganov Shohrux
Sport klubiga a’zo bo‘lish hamda a’zolarning huquq va majburiyatlariSport klubiga sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan va faoliyat olib borayotgan o‘n yoshga to‘lgan o‘quvchilar, talabalar, pedagoglar va boshqa xodimlar ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkin.Sport klubiga a’zo bo‘lish voyaga yetgan jismoniy shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning yozma arizalari hamda sport klubi rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. O‘quvchi (talaba)lar bir ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki ta’limning keyingi bosqichiga o‘tganida ushbu sport klubi safidan chiqariladi hamda tanlangan davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klubiga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Davlat ta’lim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar boshqa ta’lim muassasasida o‘rindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, o‘rindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klubiga ham a’zo bo‘lishi mumkin. Davlat ta’lim muassasasida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlar sport musobaqalari va tadbirlarida asosiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klubi nomi bilan ishtirok etadi. Bir vaqtning o‘zida boshqa ta’lim muassasasida o‘rindosh sifatida mehnat faoliyatini yuritayotgan pedagoglar va boshqa xodimlarning sport tadbirlari va musobaqalarida bir vaqtning o‘zida ikkita davlat ta’lim muassasasi huzuridagi sport klublari nomidan ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sport klubi a’zolari teng huquqli bo‘lib, ular quyidagi huquqlarga ega:o‘z xohishiga ko‘ra sport klubi a’zoligidan chiqish; sport klubi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, sport tadbirlari va musobaqalarida, shuningdek, xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarida sport klubi nomi bilan qatnashish. Sport klubi a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Sport klubi a’zolari quyidagilarga majbur: sport klubi faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablarga amal qilish;sport klubi tomonidan o‘tkaziladigan turli sport tadbirlari, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish. Download 331.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling