Web-sahifa tuzilishi
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob
frame=”ko‘rsatgich“
Uning quyidagi standart atributlari mavjud: void – ramka yo‘q holat; above – ramkaning ustki tomoni; below – ramkaning pastki tomoni; hsides – ramkaning yuqori va pastki tomoni; vsides – ramkaning chap va o‘ng tomoni; lhs – ramkaning chap qismi; rhs – ramkaning o‘ng qismi; border yoki box – ramka butunlay ko‘rsatilgan. Agarda frame atributi bo‘lmasa, jadval atrofidagi ramka to‘liq chiqariladi. rules atributi jadvalning ichidagi katakchalararo to‘rning ko‘rinishini aniqlashga imkon beradi va u ham bir qancha ko‘rsatgichlarga ega: none – to‘rlar yo‘q holat; groups – katakchalar guruhi atrofidagi to‘r; rows – qatorlar orasida gorizontal chiziqlar; cols – ustunlar orasida vertikal chiziqlar; all – oddiy ko‘rinishdagi to‘r. 24 Jadvalga izoh berish atributi ham mavjud bo‘lib, uning matni ekranga chiqarilmaydi, balki u maxsus sintezator programmalar yordamida ko‘rsatilishi mumkin (masalan, so‘z sintezatori dasturi yordamida): summary=“Izox matni” Mumkin bo‘lgan standart atributlar esa quyidagilar: id, class, lang, dir, title, style va hodisalar atributlari. ishlatiladi. Ushbu element TABLE elementi ichida joylashgan bo‘lishiga qaramay, jadval nomi ekranga jadval ramkasidan tashqarida chiqariladi. Jadval nomining joylashuvini quyidagi atributlar yordamida boshqarish mumkin: align=“top” – Nom jadval yuqorisida align=“botton” – Nom jadval pastida align=“left” – Nom tepada bo‘lib, chapga tekislangan align=“right” – Nom pastda joylashgan va o‘ngga tekislangan Elementning boshqa atributlari quyidagilardir: id, class, lang, dir, title, style va hodisalar atributlari. Quyida ko‘rib chiqiladigan bir qancha atributlar esa jadval katakchalaridagi ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirish uchun xizmat qiladi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling