Web-sayt dizayni bilan ishlash
Download 1.02 Mb.
|
Xoliyorova Yulduzxon 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS SHIORI:Informatika taraqqiyotning
. Mavzu: KATTA YOSHDAGILAR TA’LIMI.ANDROGOGIKA Kattalarni o‘qitish, o‘rgatish sohasi hisoblangan androgogikaning modeli quyidagi beshta asosga tayanadi: 1) o‘rganuvchilarga biror narsani o‘rganish nima uchun muhimligi bildiriladi; 2) o‘rganuvchilarga ma’lumotlar ichida o‘zlarini qanday boshqarishni ko‘rsatadi; 3) mavzu o‘quvchilar tajribasiga bog‘lanadi; 4) odamlar to o‘rganishga tayyor bo‘lmagunicha yoki motivlanmagunicha ishga kirishmaydilar; 5) Bu esa o‘rganish bo‘yicha to‘siqlarni, xatti harakatlar va e’tiqodlarni bartaraf etishni talab qiladi. Demak, pedagogikadan farqli ravishda androgogikaning ta’limiy maqsadi o‘rganuvchilarga mazmunni qabul qilishga va unga tanqidiy fikr bildirishga zamin yaratish hamda uni hayotda amaliy qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi. “Androgogika” tushunchasi ilmiy rusumga nemis pedagogika tarixshunosi A.Kapp tomonidan kiritilgan. U “pedagogika” so‘ziga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, grek tilidan kelib chiqqan (andros – erkak, odam; agogeyn – olib borish, yetaklash). So‘zma-so‘z tarjima qilinganda androgogika – bu “katta odamni boshqarish, yetaklash”ni bildiradi. Bu atama pedagogik voqelikdan vujudga kelgan ekan, unda so‘z katta yoshdagi odamni ta’lim orqali boshqarish, yetaklash to‘g‘risida boradi. Shu yilning 26-28 mart kunlari Andijon davlat universiteti o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida Germaniya Federativ Respublikasi Xalq universitetlari Nemis Assatsatsiyasi (DVV)ning O‘zbekistondagi Filiali bilan hamkorlikda Katta yoshdagilar ta’lim loyihasi dasturi asosida “Interfaol ta’lim metodlari” mavzusida mintaqaviy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari O‘MKHT tizimi androgogik ta’lim jarayonida faoliyat olib borayotgan 21 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Bugungi kunda yurtimizda kattalar ta’limini rivojlantirish, kattalar uchun qo‘shimcha ta’limning mavjud tashkiliy shakllarini tushunish, tartibga solish, uslubiy asoslar va ilmiy-metodik vositalarni ishlab chiqish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda kattalar ta’limini takomillashtirish borasida rivojlangan Sharq va G‘arb tajribasini o‘rganish, qiyosiy tahlil qilish hamda milliy xususiyatlarga moslash kabi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida kreativ, nostandart fikrlaydigan, o‘z sohasida yangi usullarni taklif qila oladigan professional mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortmoqda. Har bir soha uchun kadrlarni tayyorlash ta’lim beruvchining zimmasiga yuklatilgan vazifadir. Chunonchi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida katta yoshli ta’lim oluvchi rahbar hamda pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash mobaynida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish omillaridan biri andragogik tamoyilllarga tayanish hisoblanadi. “Andragogika” atamasi nemis pedagogika tarixshunosi A. Kapp tomonidan kiritilgan. Mazkur atama grek tilidan andros – erkak, odam; agogeyn – olib borish, yetaklash ma’nosini anglatadi. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda andragogika – “katta odamni boshqarish, yetaklash” ma’nosini bildiradi. Bu atama pedagogik voqe’likdan vujudga kelgan ekan, unda so‘z katta yoshdagi odamni ta’lim orqali boshqarish, yetaklash to‘g‘risida boradi. Aynan kattalarga ta’lim beruvchi pedagog andragog hisoblanadi O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan didaktik metodlar qandaydir maqsadga erishish, aniq vazifani yechish usuli sifatida tushunishdan kelib chiqib, S.I.Zmeyov unga quyidagicha tarif beradi: “o‘qitish metodi – bu o‘quv jarayonining faol ishtirokchilarining (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi) bilim, malaka, ko‘nikma, sifatlar va axloqiy qadriyatlarni egallash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish usulidir” [1,2]. O‘qitishning adragogik modeli bo‘yicha ta’lim jarayonni tashkil etishda asosiy rol ta’lim oluvchiga qaratiladi. Katta yoshdagi ta’lim oluvchi ta’lim jarayonining teng huquqli ishtirokchisi, faol elementi hisoblanadi [1,2]. Shunday ekan kattalar ta’limini samarali tashkil etishda turli xil ta’lim metodilaridan foydalaniladi. Dunyoda andragogik ta’limni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish, malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy sharoitda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun muhim hisoblangan kattalar ta’limida o‘qitishning intensiv usullarini ishlab chiqish, tinglovchilarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish tobora ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. . Biroq bu boradagi ishlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, xorijiy tajribani o‘rganish zarurati to‘liq qondirilmayapti. Xorijiy tajriba tahlilining ahamiyati N.E. Vorobyov, B.L. Vulfson, A.N. Dzjurinskiy, A.M. Mitina, M.V. Klarin kabi MDH mamlakatlari tadqiqotchilari tomonidan qayd etilgan Agar bizda katta yoshdagilar uchun norasmiy ta’limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish haqida endi so‘z borayotgan bo‘lsa, Yevropada bu masala o‘tgan asrda ko‘tarilgan. Jumladan, 1953 yilda Yevropa katta yoshdagilar ta’limi assotsiatsiyasi tashkil etilib, bugungi kunda u 34 mamlakatdagi 100 dan ortiq filiallarni birlashtirgan va butun Yevropa bo‘ylab 50 milliondan ziyod erkak va ayollardan iborat katta yoshdagilar ta’limini qamrab olgan [3]. Buni Germaniyadagi xalq universitetlari misolida ham ko‘rish mumkin. Germaniyada kattalar ta’limida oliy xalq maktablari (Volkshochschulen) yoki xalq universitetlari muhim rol o‘ynaydi. Bu muassasalarning birinchisiga 1844 yilda Daniya jamoat arbobi va o‘qituvchi N. Grundtvig asos solgan. Bunday maktablar qaysidir ma’noda kasb-hunar maktablarining peshqadamlari bo‘lgan. Bu mamlakatdagi 900 dan ortiq shunday muassasalar ma’lum firma va korxonalar uchun xizmat safarlari va sayohatlar ko‘rinishida «buyurtma bo‘yicha ta’lim» shaklida kadrlarni qayta tayyorlash kurslari va seminarlarni taklif etadilar [4]. Ularda har qanday yoshdagi odam tahsil olishi mumkin. Hatto ishlab turgan odamlar, ishsizlar, oila qurgan ayollar va erkaklar, shuningdek, pensionerlarga yo‘naltirilgan alohida kurslar mavjud. Janubiy Koreyada butun hayot davomida uzluksiz ta’lim haqidagi qonunga binoan, ushbu sohadagi milliy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan maslahat organi faoliyat olib boradi. 70-yillarning boshidan Janubiy Koreya ta’lim vazirligi ta’lim muammolarni hal qilish uchun ilmiy-pedagogik tadqiqot markazlarini tashkil etishni boshladi. 90-yillarda ta’limni isloh qilish bo‘yicha to‘rtta reja taqdim etildi [5]. Oliy ta’lim sohasidagi asosiy vazifalar ochiq ta’lim tizimini yaratish, universitetlarni ixtisoslashtirish, demokratik va avtonom ta’lim hamjamiyatini yaratish, o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, turli ta’lim dasturlarini yaratish, talaba va buyurtmachiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini yaratish, ta’limdan teng foydalanishga erishish, kasbiy va ijtimoiy ta’limni kuchaytirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish choralari ko‘rildi. 2020 yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaror imzolandi [6]. Hujjatga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududlarda «Ishga marhamat» monomarkazlarini, kasb-hunarga o‘qitish markazlarini, Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Eng ahamiyatlisi, mazkur Qaror bilan birinchi marta qonunchilik darajasida ushbu sohada xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilib, imtiyozlar rag‘batlantirish choralari sifatida kiritildi. Biroq, katta yoshdagilarga ta’lim berish imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun, tegishli kasbiy vakolatlarga ega bo‘lgan kattalar bilan ishlaydigan andragog-pedagoglarni tayyorlash muammosini hal qilish kerak. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling