Web saytlarni (xizmatlarni) loyihalash, yaratish, onlayn serverlarga yuklash va ularga xiz


Download 20.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi20.83 Kb.
#1056104
Bog'liq
document



WEB DASTURLASH
Web saytlarni (xizmatlarni) loyihalash, yaratish, onlayn serverlarga yuklash va ularga xiz-
mat ko'rsatish web dasturlash deb ataladi. Web dasturlash ikki qismdan iborat: frontend
va backend. Frontend bu  web dasturning yuzi bo'lib bevosita foydalanuvchilar bi-
lan muloqot qilishga, dasturning Backend qismi esa sahna ortida bo'ladigan jarayonlarga
javob beradi. Demak, web dasturchilar ham 3 turga bo'linadi: Frontend, Backend va
ikkisini ham qamrab oladigan Full-stack dasturchilar. Python dasturlash tili backend va
full-stack uchun ishlatilgani uchun, quyida biz aynan shu yonalishdagi dasturchilar bilishi
kerak bolgan texnologiyalar bilan tanishamiz.
Web saytlar: foydalanuvchilar kompyuter orqali murojaat qlishi mumkin bolgan, on-
layn serverlarda joylashgan hujjatlar va malumotlar toplami. Serverlar: websaytlarga
oid malumotlarni ulkan tarmoqda saqlaydigan kompyuterlar. Brauzerlar: Web saytdagi
hujjatlar va malumotlarni foydalanuvchiga korsatuvchi kompyuter dasturi.
Web dasturlashga qadam qoygan har bir inson HTML va CSS yordamida sodda sahi-
falarni yaratishni bilishi shart.
HTML (HyperText Markup Language)  web sahifalarning tuzilishiga (sarlavhalar, matnlar,
paragrar, rasmlar joylashuvi, sahifalar ortasidagi boglamalar va hokazolarga) javob be-
radi. CSS (Cascading Style Sheets) esa sahigafa ko'rkam berish uchun ishlatiladi (ranglar,
fonlar, shriftlar, tugmalar va hokazo)
HTML va CSS saytimizning tashqi ko'rinishiga javob bersa, Javascript dasturlash tili yor-
damida saytimizni interaktiv (foydalanuvchi bilan muloqot qiluvchi) qismini dasturlashimiz
mumkin. Masalan, turli menular, animasiya, rasmlar galereyasi va slayderlar aynan JS
da dasturlanadi.
Javascript kodlari backend serverda emas, bevosita foydalanuvchining kompyuterida
ishga tushirilgani sababli tez ishlaydi. Bugungi kunda Javascript backend dasturlashda
ham keng qo'llanilmoqda.
Javascript o'rganish uchun Samar Badriddinovning Javascript: From 0 to Hero
kursini tavsiya qilamiz.
Pythonda Web dasturlashga qadam qo'yishdan avval, albatta dasturlash asoslari va
OOP (Obyektga yo'naltirilgan dasturlashni) ham bilish talab qilinadi. Bu bilimlar sizning
backendda web dasturlash sari qo'ygan ilk qadamingiz bo'ladi.
Python tilini o'rganish uchun mohirdev.uz sahifasidagi Dasturlash Asoslari kursini
tamomlashni tavsiya qilamiz.
1

Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling