Web saytlarni (xizmatlarni) loyihalash, yaratish, onlayn serverlarga yuklash va ularga xiz
Download 20.83 Kb. Pdf ko'rish
|
document
WEB DASTURLASH Web saytlarni (xizmatlarni) loyihalash, yaratish, onlayn serverlarga yuklash va ularga xiz- mat ko'rsatish web dasturlash deb ataladi. Web dasturlash ikki qismdan iborat: frontend va backend. Frontend bu web dasturning yuzi bo'lib bevosita foydalanuvchilar bi- lan muloqot qilishga, dasturning Backend qismi esa sahna ortida bo'ladigan jarayonlarga javob beradi. Demak, web dasturchilar ham 3 turga bo'linadi: Frontend, Backend va ikkisini ham qamrab oladigan Full-stack dasturchilar. Python dasturlash tili backend va full-stack uchun ishlatilgani uchun, quyida biz aynan shu yonalishdagi dasturchilar bilishi kerak bolgan texnologiyalar bilan tanishamiz. Web saytlar: foydalanuvchilar kompyuter orqali murojaat qlishi mumkin bolgan, on- layn serverlarda joylashgan hujjatlar va malumotlar toplami. Serverlar: websaytlarga oid malumotlarni ulkan tarmoqda saqlaydigan kompyuterlar. Brauzerlar: Web saytdagi hujjatlar va malumotlarni foydalanuvchiga korsatuvchi kompyuter dasturi. Web dasturlashga qadam qoygan har bir inson HTML va CSS yordamida sodda sahi- falarni yaratishni bilishi shart. HTML (HyperText Markup Language) web sahifalarning tuzilishiga (sarlavhalar, matnlar, paragrar, rasmlar joylashuvi, sahifalar ortasidagi boglamalar va hokazolarga) javob be- radi. CSS (Cascading Style Sheets) esa sahigafa ko'rkam berish uchun ishlatiladi (ranglar, fonlar, shriftlar, tugmalar va hokazo) HTML va CSS saytimizning tashqi ko'rinishiga javob bersa, Javascript dasturlash tili yor- damida saytimizni interaktiv (foydalanuvchi bilan muloqot qiluvchi) qismini dasturlashimiz mumkin. Masalan, turli menular, animasiya, rasmlar galereyasi va slayderlar aynan JS da dasturlanadi. Javascript kodlari backend serverda emas, bevosita foydalanuvchining kompyuterida ishga tushirilgani sababli tez ishlaydi. Bugungi kunda Javascript backend dasturlashda ham keng qo'llanilmoqda. Javascript o'rganish uchun Samar Badriddinovning Javascript: From 0 to Hero kursini tavsiya qilamiz. Pythonda Web dasturlashga qadam qo'yishdan avval, albatta dasturlash asoslari va OOP (Obyektga yo'naltirilgan dasturlashni) ham bilish talab qilinadi. Bu bilimlar sizning backendda web dasturlash sari qo'ygan ilk qadamingiz bo'ladi. Python tilini o'rganish uchun mohirdev.uz sahifasidagi Dasturlash Asoslari kursini tamomlashni tavsiya qilamiz. 1 Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling