Website: econferenceseries com 26
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11 th November, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 29 | P a g e Biroq nima uchun ustuvor bo‘lgan narsa tabiat estetikasi, ularning aynan tabiat estetikasiga qiziqishlarini takomillashtirishdan iborat. Shu sababdan ham tabiat go‘zalligi muammosi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi[14]. Tabiat go‘zalligi uning mutanosib qonuniyatlari, hayotdagi mantiqiy me’yorlar o‘zaro singib ketadi, tabiat estetikasi alohida tabiatdagi garmonik hamohanglik tamoyili yotadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiat estetikasiga qiziqishi ularda quyidagi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi; - kuzatuvchanlik, tabiatni asrash, uning go‘zalligini boyitishda jamoaviylik hissi; - rang - barang olamni estetik his qilish; - mehr va shafqatlilik; - atrof-muhit, tabiatni asrash, uning go‘zalligini boyitishda jamoaviylik hissi; - tabiat go‘zalligi uchun mas’ullik; Bu ijobiy hislatlarning gultojisi estetik ong va tabiat go‘zalligi uchun yo‘naltirilgan mas’ullikdir. Estetik ongga ega bo‘lgan o‘quvchi tashqi dunyo bilan, yangicha fikrlay boshlaydi. Tabiatga bunday yondashuv asosida milliy qadiryatlarni asrash lozim ekanligini tushunib yetadi[15]. Tabiatning anglab yetilgan ijtimoiy qiymati tabiatga munosabat me’yorlarini belgilash axloqiy munosabat, bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilarning tabiatga munosabati natijasida axloqiy qarashlarida ijobiy siljishlar yuz beradi. O‘quvchi asta sekinlik bilan tabiatda yuz beradigan estetik inqiroz haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Tabiatga bo‘lgan vahshiyona munosabat ilmiy asosda asoslamagan xo‘jalik faoliyati tufayli , yer yuzidan takrorlanmas tabiat go‘zalligi yo‘qolib ketayotganligini targ‘ib etadilar. Agar madaniyat stixiyali tarzda rivojlanmasa, ongli ravishda rivojlanmasa, o‘zidan so‘ng sahroni qoldiradi, tabiat materiallaridan nooqilona, g‘ayriinsoniy foydalanish oqibati, tabiat bilan bog‘liq oqibatlarni ko‘rsatib qo‘yadi. Markaziy Osiyoda, jumladan mamlakatimizda tabiatni asrash, uning boyliklaridan tejab - tergab foydalanish borasida muhim qadamlar qo‘yigan. Har bir o‘quvchiga estetik tarbiya berar ekanmiz ularda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni yana ham oshirishimiz kerak. Shundagina o‘quvchilar tabiat boyliklarini asrab avaylashga o‘rganadilar va keyingi avlodlar uchun yetkazib beradilar. Bolalar maktabga kelgan kundan boshlab har bir jixoz, maktab darsliklari, o‘quv qurollari hammasi tabiat mahsuli ekanligini yaxshilab tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling