Where haqida yozmoqchiman. Bu operatorni o‘rganishda bizga “test
Download 26.34 Kb.
|
Where operatori
SQL so’rov komandasi: where haqida akmx 20.10.2015 SQL so’rov komandasi: where haqida2015-10-20T11:17:47+00:00SQL Fikr bildirilmagan Bu maqola davomida sql so‘rov tilining asosiy shart qo‘yish operatori(where) haqida yozmoqchiman. Bu operatorni o‘rganishda bizga “test” nomli quyidagi jadval kerak bo‘ladi. Shu jadvalga so‘rovlar berish orqali “where” operatorini o‘rganamiz. “Where” operatori so‘rovni 2 ga bo‘lib beruvchi hisoblanadi. Undan so‘ng so‘rovga qo‘yiladigan shartlar yoziladi. Uning umumiy ko‘rinishi: select * from test where …; Har doim jadval nomidan so‘ng “where” ishlatiladi. Misol ko‘ramiz, “test” jadvalidagi, “maosh” ustuni 25000 ga teng bo‘lgan barcha qatorlarni chiqarish kerak.
Agar sonli ustun emas balki, biror matn yo so‘zga tegishli bo‘lgan ustunga shart qo‘yib chiqarmoqchi bo‘lsak, matn yo so‘z opostrof ichiga olinadi, aks holda xotolik yuzaga keladi.
Yuqoridagi shartlardan tashqari, yana quyidagi solishtirish belgilari orqali ham shart qo‘yish mumkin bo‘ladi. = — tenglik belgisi > — kichik belgisi >= — kichik yoki tenglikni anglatuvchi belgi < — katta belgisi <= — katta yoki teng belgisi <> — teng emasni anglatuvchi belgi. Yuqoridagi belgilarga misol ko‘ramiz. “test” jadvalidagi, yoshi 20 dan kichik bo‘lgan, insonlarning familiyasini chiqaruvchi so‘rov quyidagicha bo‘ladi.
Yoki bo‘lmasa, ismi “David” bo‘lmagan insonlar haqida ma’lumotni ekranga chiqarish so‘rovi.
Agar biz biror aniq qiymatni bilmasak, u holda qandaydir oraliq orqali bizga kerak qiymatni topib olishimiz mumkin bo‘ladi. So‘rovda biror oraliqni ishlatish uchun “between” va “and” operatorlaridan foydalanamiz. Misol, yoshi 20 dan 25 gacha bo‘lgan insonlarning maoshini chiqaruvchi so‘rov tuzish kerak.
Natijani ko‘ramiz: Oraliq qiymatlar emas aksincha bir necha aniq qiymatlar berib, shu orqali kerakli ma’lumotlarni chiqarish kerak bo‘lsa, “in” operatoridan foydalanamiz. Misol, yoshi 18 va 30 ga teng bo‘lgan ism va familiyalarni ekranga chiqaruvchi so‘rov quyidagicha bo‘ladi
Agar biror ustunga hech qanday ma’lumot kiritilmagan bo‘lsa, shu bo‘sh ustunga tegishli qolgan ma’lumotlarni chiqarish kerak bo‘lsa, “null” kalit so‘zidan foydalanami. Misol, maoshi kiritilmagan ustunga tegishli bo‘lgan boshqa ustun ma’lumotlarini chiqaramiz.
Bu maqolani shu yerda to‘xtatamiz, lekin bu “where” ga tegishli bo‘lgan barcha so‘rov turlari emas. Qolgan tanlash operatorlari haqida keyingi maqolalarda tanishishingiz mumkin bo‘ladi. Download 26.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling