Windows operatsion tizim avlodlari, Windows operatsion tizimini kompyuterga o‘rnatish


Download 376.76 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi376.76 Kb.
#1194601
Bog'liq
Windows operatsion tizim avlodlari


Windows operatsion tizim avlodlari, Windows operatsion tizimini kompyuterga o‘rnatish.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan.
Windows operatsion tizim avlodlari quyidagilar:

  • 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi;

  • 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi;

  • 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi;

  • 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi;

  • 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi;

  • 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP;

  • 2005-yilda yaratilgan Windows Vista dasturi;

  • 2010-yilda yaratilgan Windows 7 dasturi;

  • 2013-yilda yaratilgan Windows 8.1 dasturi;

  • 2015-yilda yaratilgan Windows 10 dasturi;

  • 2021-yilda yaratilgan Windows 11 dasturi;


Windows operatsion sistemasining taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayonining soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
Download 376.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling