Windows operatsion tizimi interfeysi bilan tanishish Windows
Download 150.28 Kb.
|
1.Windows operatsion tizimi interfeysi bilan tanishish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.7-rasm.
- Fayl va papkalari ko‘chirish.
- Fayl va papkalari o‘chirish.
- Отправить-Рабочийстоль (Создатьярлык)
- 2.12-rasm.
Windows operatsion tizimi interfeysi bilan tanishish Windows eng keng tarqalgan, umumiy foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan operatsion tizimdir. Windows tizimida bajariladigan asosiy amallar: Yangi papka yaratish. Buning uchun bo‘sh joyda sichqoncha o‘ng tugmasi bosilb, kontekst menyudan Создать, Папку buyruqlari tanlanadi (2.7-rasm). 2.7-rasm. Yangi papka yaratish. Natijada yangi papka yaratilib, nom kiritilishi so‘raladi (2.8-rasm). 2.8-rasm. Yangi papkaga nom kiritish. Papkaga unikal nom kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Fayl va papkalari nusxalash. Buning uchun mos ob’ektning kontekst menyusidan Копировать buyrug’i tanlanadi. Kerakli joyda kontekst menyu ochilb Вставить buyrug’ibosiladi. Shuningdek, ob’ekt belgilanib, “Ctrl+C” tugmalar kombinatsiyasi, so‘ng kerakli joyda “Ctrl+V” tugmalar kombinatsiyasini bosish orqali nusxalsh ham mumkin. Fayl va papkalari ko‘chirish. Bu ish ham nusxalash kabi bajariladi. Ya’ni, ob’ektning kontekst menyusidan Вырезать buyrug’i tanlanadi. Kerakli joyda kontekst menyu ochilb Вставить buyrug’ibosiladi. Shuningdek, ob’ekt belgilanib, “Ctrl+X” tugmalar kombinatsiyasi, so‘ng kerakli joyda “Ctrl+V” tugmalar kombinatsiyasini bosish orqali ko‘chirish ham mumkin. Fayl va papkalari o‘chirish. Buning uchun ob’ekt tanlanib, klaviaturadan Delete tugmasi bosiladi. Bu holda ob’ektni bexosdan o‘chirmayotganligingizga ishonch hosil qilishi uchun so‘rov oynasi hosil bo‘ladi. Oynada o‘chirishni tasdiqlash uchun Да, bekor qilish uchun Нет bandini tanlash lozim (2.9-rasm). 2.9-rasm. O‘chirish oynasi. Yorliq yaratish. Yorliq bu ob’ekt bilan ishlashga imkon beruvchi nishondir. Ba’zi ob’ektlar juda muhim bo‘lganligi bois ularni ishchi stolda saqlash juda xavflidir. Bexosdan o‘chirib yuborilishdan yoki boshqa ta’sirlardan saqlanish uchun ishchi stolda uning yorlig’igina joylashtiriladi. Bu holda masalan yorliq ochirilganda ob’ektning o‘ziga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Yorliq yaratish uchun ob’ekt kontekst menyusi ochilb, Отправить-Рабочийстоль (Создатьярлык) buyruqlar ketma ketligi tanlanadi (2.10-rasm). 2.10-rasm. Yorliq yaratsih. Bu holda ishchi stolda ob’ektning yorlig’i paydo bo‘ladi Windows ishini tugallash. Buning uchun Пуск-Выключение buyruqlar ketma-ketligi tanlanadi (2.11-rasm). 2.11-rasm. Kompyuterni o‘chirish. Navbatdagi ochilgan muloqot oynadan Выключение bandi tanlanadi. 2.12-rasm. Kompyuterni o‘chirish. Natijada Windows OT va ishlab turgan barcha tizimli va amaliy dasturlar ishi yakunlanadi. Bu holda kompyuter tizimli bloki ham avtomatik o‘chadi. Download 150.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling