Windows o'rnatish
Download 16.76 Kb.
|
4. Windows operatsion tizimini o’rnatish
Windows o'rnatish Windows o'rnatish Ertami-kechmi, baribir Windows operatsion tizimini yangidan o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik buni juda murakkab hisoblasa-da, aslida unday emas. Bu ish hammaning qo‘lidan keladi, o‘zingiz ham urinib ko‘rishingiz mumkin. Bunda esa, sizga ushbu maqolada keltirilgan maslahatlar yordam beradi. Maslahatlarimiz bajariladigan amallar ketma-ketligi tarzida berilgan bo‘lib, rasmlar bilan boyitilgan. Unga qarab Windows operatsion tizimini o‘rnating. O‘rganishga hammamiz uchun suyukli bo‘lib qolgan Windows XPtizimini tanlab olamiz. Windows XP ni o‘rnatish uchun bizga operatsion tizim diski va biroz sabr kerak bo‘ladi. Shunday qilib, boshladik. 1. Diskovodga Windows XP operatsion tizimi diskini qo‘yamiz. 2. Kompyuterni yangidan yoqamiz. 3. Kompyuter ishga tushayotganda F12 klavishasini bosamiz (aynan qachon bosish kerakligini bilmasangiz, kompyuter yoqilishi bilan uni ketma-ket bosib turing va natijasi(menyu) ko‘ringach, keyingi punktga o‘ting). 4. Ishga tushirish menyusi namoyon bo‘ladi (boot), u yerda klaviatura yordamida o‘zimizningCD uzatmamizni belgilaymiz (u turlicha, masalan, CD-DVD NEC kabi nomlanishi mumkin), Enternibosamiz. 5. Shunda boot CD-DVD please press any key button (CD-DVDdano‘rnatish, iltimos, istalgan klavishni bosing) yozuvi chiqishi mumkin, shunda istalgan, masalan, Enter yoki probel klavishlarini bosamiz. 6. Shundan so‘ng «Установка Windows» yozuvli ko‘k ekran paydo bo‘ladi. 7. Windows kompyuterni o‘rnatishga tayyorlashini va keyingi darcha chiqishini kutamiz. 8. Bu yerda bizga zarur bo‘lgan yozuv «Чтобы приступить к установке Windows XP, нажмите <ВВОД>» (Windows XP ni o‘rnatishga kirishish uchun Enter klavishasini bosing) jumlasibo‘lgani sababli, klaviaturadagi Enter klavishini bosamiz. 9. Disk bo‘linmalari aks etgan darcha paydo bo‘ladi, klaviaturadagi strelkalar yordamida C diskni (sistemali diskni) tanlaymiz va yana Enterni bosamiz. 10. Keyingi darchada diskni formatlashtirish taklif etiladi, klaviaturadagi strelkalar yordamida «Форматировать раздел в системе NTFS» (Bo‘linmani NTFS tizimida formatlashtirish)ni tanlaymiz va Enterni bosamiz. 11. Formatlashtirish jarayoni tugashi va fayllar ko‘chirib olinishini kutamiz, shundan keyinkompyuter o‘chib, qayta ishga tushadi va Windows o‘rnatilishi boshlanadi. 12. Yuqoridagi rasmlarda ko‘rsatilgan barcha jarayonlar amalga oshgach, «Языки и региональные стандарты» (Tillar va mintaqaviy standartlar) darchasi paydo bo‘ladi, sichqoncha yordamida Далее > (Keyingi) ni bosamiz. 13. Keyingi darcha – «Настройка принадлежности программ» (Dasturlarning tegishli ekanligini belgilash), undagi «имя» (ism) maydonchasiga o‘z ismingizni kiritasiz, «организация» (tashkilot) maydonchasini ochiq qoldirishingiz mumkin, Далее > tugmasini bosamiz. 14. «Имя компьютера и пароль администратора» (Kompyuter nomi va ma’mur paroli) darchasi paydo bo‘ladi, hech narsani o‘zgartirmaymiz va hech narsa kiritmaymiz, faqat Далее > tugmasini bosamiz. 15. Keyingi darcha – «Настройка времени и даты» (Vaqt va sanani belgilash)da joriy sanani va vaqtni belgilaymiz, shuningdek, soat mintaqasini tanlaymiz: (GMT +05:00) Yekaterinburg, Toshkent, Karochi.Shundan so‘ng Далее > tugmasini bosamiz. 16. Agar sizda «Сетевые параметры» (Tarmoq parametrlari) darchasi paydo bo‘lsa, (Sizda tarmoq adapteri bor yoki yo‘qligiga qarab u paydobo‘lmasligi ham mumkin) Далее> tugmasini bosing. 17. Keyin «Рабочая группа или домен» (Ishchi guruh yoki domen) darchasi chiqadi, unda ham hech narsani o‘zgartirmaymiz, Далее > ni bosamiz. 18. O‘rnatishning yakunlanishini kutamiz, bu vaqtda choy yoki qahva ichib, biroz aylanib kelish ham mumkin :). 19. Dastur o‘rnatib bo‘lingach, kompyuter avtomatik tarzda o‘chib, qayta yoqiladi, Windows ishga tushadi va «Параметры экрана» (Ekran o‘lchamlari) xabari paydo bo‘ladi, OK tugmasini bosamiz. 20. Shundan so‘ng «Параметры монитора» (Monitor o‘lchamlari) xabari chiqadi, tagida soniyalar sanab turilgan bo‘ladi, OK ni bosamiz. 21. Keyin «Вас приветствует Microsoft Windows XP» (Sizni Microsoft Windows XP qutlaydi) darchasi paydo bo‘ladi, Далее ni bosamiz. 22. Keyingi darcha – «Помогите защитить свой компьютер» (Kompyuteringizni himoya qilishga yordam bering). Unda «Отложить это действие» (Bu amal keyinga qoldirilsin) yozuvinitanlaymiz va Далее ni bosamiz. 23. «Проверка подключения к Интернету» («Internetga ulanishni tekshirish» darchasida Пропустить (o‘tkazib yuborish)nibosamiz. 24. Keyingi darchada sizga kompyuterdan foydalanuvchilarniko‘rsatish taklif etiladi, o‘zingizning hisob yozuvingiz nomi maydonchasiga o‘z ismingizni yozing, agar yaqinlaringizdan birortasining o‘z hisob yozuvi bo‘lishini istasangiz, ularning ismlarini Ikkinchi foydalanuvchi, uchinchi, to‘rtinchi .... va hokazo foydalanuvchilar maydonchalariga kiriting va Далее ni bosing. 25. «Спасибо» (Rahmat) darchasida sizni tizim muvaffaqiyatli o‘rnatilganligi bilan tabriklaydilar. Shunchaki Готово (Tayyor) tugmasini bosamiz. 26. Tabriklayman, siz Windows XPni mustaqil o‘rnatdingiz! Download 16.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling