Darcha qismlari.
Har bir darcha umumiy qismlarga ega bo’lishi mumkin:
Bunda:
A - Sistemali menyu B - Kursor
V - Menyu satri G - Sarlavha satri
D - Darcha nomi Ye - Darchaning ish maydoni
J - Darcha hoshiyalari Z - Kichraytirish tugmasi
I - Kattaltirish tugmasi K – Sichqoncha belgisi
M - Gorizontal o’tkazgich N - Vertikal o’tkazgich
Sistemali menyu - darcha o’lchamlarini o’zgartirish, joyni almashtirish, yopish va masalalar ro’yxatiga o’tish imkonini beradi.
Sarlavxa satrida - dastur yoki xujjat nomi sistemali menyu, kichraytirish-kattalashtirish tugmachalari joylashadi. Agar ekranda bir necha darcha bo’lsa, joriy darcha sarlavo’a satri rangi va tusi bilan farqlanadi.
Darcha nomi - uning turiga bog’liq bo’lib, dastur yoki xujjat nomi, guruh, katalog nomidan iborat bo’lishi mumkin. Agar xujjat xotiraga yozilmagan bo’lsa, odatda unda «Bez imeni» (nomsiz) yozuvi turadi.
Menyu satrida mavjud menyu ro’yxati keltiriladi. Odatda dasturlar Fayl, Pravka yoki Redaktirovaniye (taxrirlagich), ? yoki Spravka (Yordam yoki ko’rsatma) va boshqa maxsus menyularga ega.
O’tkazgich-xujjatning darchaga sig’magan qismlarini ko’rish imkonini beradi.
Kichraytirish va kattalashtirish tugmalari yordamida joriy darcha o’lchamini piktogrammaga kichraytirish yoki yoyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |